Home / Madaniyat / Zakariyo alayhissalomning duo qilish odoblari

Zakariyo alayhissalomning duo qilish odoblari

duo-odob— Alloh taolo aytadi «U robbiga makhfiy duo qilgan chogini esla» (Maryam surasi, 3- oyat).

Zakariyo alayhissalom duolarini sir tutdilar, duo qilishda shunday bulmogi lozimdir.

Alloh taolo aytadi: «Robbingizga tazarru ila makhfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas» (Arof surasi, 55- oyat).

— Khojalari (mavlolari) va Kholiqlariga (yaratuvchilariga) uzlarining zaifliklari va muteliklarini izhor qildilar. «Ey Robbim, mening suyaklarim murtlashdi, boshga oq tutashdi» (Maryam surasi, 4- oyat).

— Alloh taologa oldin qilgan yakhshiliklarini vosita qilib, iltijo qildilar: «Ey Robbim, senga duo qilish-la badbakht bulmaganman» (Maryam surasi, 4-oyat).

Yani ey Robbim, albatta, sen sakhovatli va oliyjanob Zotdirsan. Meni mahrum qilishlik va quruq qaytarishlik bilan badbakhtlardan qilmading, Sendan suragan barcha narsalarimdan berding (dedilar).

— Savollarining sababini aniq-ravshan bayon qildilar: «Va, albatta, men ortimdagi qarindoshlardan qurqdim» (Maryam surasi, 5-oyat). Yani qarindoshlarim va ota urugim mendan sung dinga amal qilmasliklaridan qurqdim. Bas, ey Robbim, zurriyotimdan ilmimni va nabiyligimni meros qilib oladigan, qavmimda adolat va yakhshilikni ushlab turadigan va buyrugingni bajarib, amringga rioya qiladigan bir valiyni (ortda qoluvchi) khohladim.

—  Ayollarining holini ham bayon qildilar: «Ayolim tugmas edi» (Maryam surasi, 5- oyat), yani u tugmas bulsa ham, Sening rohatingdan hech qachon noumid bulmayman (dedilar).

— Ugilni u bilan maqtanish, fakhrlanish va insonlardan ustun bulish uchun emas, balki «U menga va Yaqub oilasiga meroskhur bulsin, ey Robbim, uni Uzing rozi buladigan qil», deb suradilar (Maryam surasi, 6- oyat).

   Zakariyoning duolari qabul buldi va suraganlaridan ham afzal va yakhshiroq, suraganlaridan ham kuproq qilib berildi. Alloh taolo aytadi: «Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bulgan bir ugilning khushkhabarini beramiz. Bundan oldin unga ismdosh qilgan emasmiz» (Maryam surasi, 7-oyat).

«Va unga gudakligidayoq hukm berdik» (Maryam surasi, 12-oyat). «Unga mehribonlik va poklik (berdik). Hamda u taqvodor edi. U ota-onasiga mehribon bulib, jabr-sitam qilguvchi va isyonchi emas edi. Unga tugilgan kunida ham, uladigan kunida ham, qaytariladigan kunida ham, salomlar bulsin» (Maryam surasi, 13, 14, 15 — oyatlar).

   Allohning nemati va fazli ana shunday. Alloh taolo aytadi: «Agar bandalarim sendan meni surasalar, men, albatta, yaqinman. Duo qiluvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat (qabul) qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, tugri yulni topsalar» (Baqara surasi, 186-oyat).

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари