Home / Siyosat / Samarqand viloyati hokimi urinbosarlari uzgardi

Samarqand viloyati hokimi urinbosarlari uzgardi

Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimining ikki urinbosari uzgardi.

Viloyat hokimi matbuot khizmati khabar qilishicha, Jamshid Rajabovich Uroqov viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari buyicha birinchi urinbosari lavozimiga tayinlangan. U Past Dargom tumani hokimligiga utkazilgan Shunqor Farmonovich Khudoyberdiev urnida ish boshlagan. Shunqor Khudoyberdiev 2016 yilning noyabridan buyon viloyat hokimi urinbosari edi.

Jamshid Uroqov Rajabovich

Jamshid Uroqov 1972 yili Samarqand shahrida tugilgan, iqtisod fanlari nomzodi. 2009-2014 yillarda ham Samarqand viloyati hokimi urinbosari sifatida ishlagan. 2015-2017 yillarda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligi bulgan, 2017 yildan hozirgacha palata raisining urinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Oybek Erkinovich Khodjaev viloyat hokimining investisiyalar, innovasiyalar, khususiylashtirilgan korkhonalarga kumaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2018 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Otabek Burkhonovich Boboev urnini egallagan.

Oybek Erkinovich Khodjaev

2018 yilning avgustida ham Samarqand viloyati hokimining uch urinbosari uzgargandi. Viloyat hokimining qishloq va suv khujaligi masalalari buyicha urinbosari vazifasida ishlab kelgan Kamoliddin Qurbonov urniga Abdumajid Alibekovich Nurqulov hokim urinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

1 avgust kunidan Akmal Gayratovich Shukurov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal khujalik masalalari buyicha urinbosari vazifasini bajaruvchisi sifatida ish boshlagan, Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari buyicha urinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseev urnida Botirjon Utkirovich Nurullaev ish boshlagandi.

Utgan yilning dekabrida esa hokimning yana bir urinbosari uzgardi. Samarqand viloyati khotin-qizlar qumitasi raisi Hamrotosh Norboevna Shodieva urniga Gavhar Zayirovna Alimova yangi rais etib saylandi.

Shu tariqa, viloyat rahbarligiga Erkinjon Turdimov kelganidan buyon hokim urinbosarlarining 6 nafari uzgardi, faqat ikkisi uz joyida qolmoqda. Bular 2011 yildan hozirgi vaqtgacha Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar buyicha urinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Shuhrat Dustmuratovich Kulmatov hamda 2018 yil 16 apreldan buyon Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar buyicha urinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Rustam Rajabboevich Qobilovdir.

Check Also

kk7G3uIXxIjKK_Berg4K_r9IKcVFK1MB

Rashid Qodirov qachon korrupsion skhema haqida hikoya qiladi?

Bosh prokuratura Akhborot khizmati rahbari Hayot Shamsuddinov sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televidenie orqali qachon …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари