Aralash jang sanati (MMA) jangchilari — Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor 6 oktyabr kuni ringda uchrashadi. Buni UFC kompaniyasi tasdiqladi, deya khabar bermoqdaMeduza.

Avvalroq MMA’ning eng taniqli ikki vakili urtasidagi jang aynan shu sanada utishi haqida Habibning otasi va murabbiyi aytgan edi. Jang Las-Vegasda, UFC 229 musobaqasi doirasida bulib utadi.

Rossiyalik Habib Nurmagomedov — MMA’dagi taniqli jangchilardan biri, engil vaznda UFC’ning amaldagi chempioni. U faoliyati davomida 26 ta jang utkazib, ularning birortasida maglub bulmagan. U chempionlik sovrinini 2018 yil aprelida qulga kiritgan edi.

Irlandiyalik Konor Makgregor — MMA’ning eng asosiy yulduzlaridan biri. 2016 yili engil vaznda UFC chempionlik sovrinini qulga kiritgan, biroq uzoq vaqt davomida chempionligini himoya qilish jangini utkazmagani uchun, sovrindan mahrum bulgan.

Makgregor 2017 yili MMA’dagi ishtirokini vaqtincha tukhtatib, klassik boks qoidalari asosida bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang utkazgan (va yutqazgan).