Home / Texnologiyalar / Avtomobillar chirogini kunduzi yoqib yurish masalasi yuzasidan munozara

Avtomobillar chirogini kunduzi yoqib yurish masalasi yuzasidan munozara

Asl gavvos bulsang durni kurgaysan,

Sof bulsang, ketar chog hurni kurgaysan.

Hammayoq zulmat, deb shikoyat qilma —

Uzingda nur bulsa, nurni kurgaysan.

Mashhur rejissyor Georgiy Daneliyaning «Afonya» nomli komediya janridagi filmini hamma biladi. Qayta-qayta tomosha qilsangiz ham zerikmaysiz. Shu film qahramonini ishkhonasida bezoriligi uchun muhokama qilishadigan joyi bor. Minbarda utirgan rahbar milisiyadan kelgan khatni uqib eshittiradi va yigilganlardan fikr bildirishlarini suraydi. Hech narsani eshitmay gazeta uqib utirgan khodimni orqa tomonida utirgan khodim sekingina turtib, «sen gapir» deydi. U urnidan turib butunlay boshqa narsa tugrisida gapiradi. Rahbar «Borshov tugrisida nima deysan», deb suraydi. Orqadagi khodim tashakkur bildirish kerak, deb unga aytadi. U ham bir oz garangsib, tashakkur elon qilinsin, deb yuboradi. Zalda engil kulgu kutariladi.

texnolog

Filmda masalaning mohiyatini tushunib etmasdan, boshqa birovning gapi bilan fikr bildirish kulguli qilib kursatiladi.

UzA jurnalisti Sherali Otaboevning Uza.uz saytida elon qilingan maqolacini uqib yuqoridagi filmni esladim. Tugri, har bir holat yuzasidan har kim uz fikrini bildirishi mumkin. Tanqid qilish ham foydadan kholi bulmaydi, qachonki u asosli va aniq maqsadlarga yunaltirilgan bulsa. Ammo maqola bilan tanishib chiqib, u yuzaki, hech qanday dalillarga asoslanmagan holda, faqatgina kucha-kuyda eshitilgan gaplar asosida yozilganga ukhshaydi, degan fikrga keldim.

Mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda respublikamiz hududida 16–17 mingtagacha yul-transport hodisalari qayd etilar edi. 2018 yilga kelib bu kursatkich 8-9 mingtagacha kamaydi. Etibor qiling: teng yarmiga kamaydi. Mamlakatimiz fuqarolari va ularga tegishli bulgan avtomototransport vositalarining soni kundan-kunga oshib borayotgan bir sharoitda! Utgan asrning 90-yillaridagi avtomototransport vositalari soni hozirgi kunga kelib bir necha barobarga oshib ketdi.

Yul-transport hodisalari esa harakatlanish khavfsizligini taminlash ishlari samaradorligi oshib borayotganligi, qonun-qoidalarimiz zamon talablari darajasida qayta ishlanib, tuldirib borilayotgani evaziga kamaymoqda. Ayniqsa, sunggi yillarda bu borada juda katta ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mana, bir misol: Vazirlar Mahkamasining «Uzbekiston Respublikasi yul khavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan «2018–2022 yillarda Uzbekiston Respublikasida yul harakati khavfsizligini taminlash konsepsiyasi» va «2018–2019 yillarda Uzbekiston Respublikasida yul harakati khavfsizligini taminlash konsepsiyasini amalga oshirish buyicha «Yul kharitasi» sohada ulkan uzgarishlar, tizimda tub burilish yasashga khizmat qilmoqda.

16 minglik kursatkichning 8 mingga kamayishi ana shu kabi ishlar samarasidir. 8–9 mingta yul-transport hodisasi degan suz ogzimizning bir chekkasidan chiqib ketadi. Ammo bu raqamlarga 8–9 ming inson deb qarasak, masalaning mohiyati anchayin oydinlashadi.

Muallif «Mutasaddilarning fikricha, kunduzi chiroq yoqib yurish yul transport hodisalarini 15 foiz kamayishiga olib kelar ekan. Haydovchilarning hayotini uylayotgan usha gamkhur rahbarlar Uzbekistondagi yul transport hodisalarining 40 foizi yuldagi nosozliklar tufayli sodir bulayotganligini bilishmaydi desam, yolgonchi bulaman», deb yozadi. Kunduzi yoqilgan chiroqlar yul-transport hodisalarini 10-15 foizga kamaytirishi rost. Bu holat buyicha kuplab tajribalar utkazilgan. Chirogini yoqib kelayotgan mashinalar, ayniqsa, piyodalar bilan bogliq yul-transport hodisalarining oldini olishga ijobiy tasir kursatadi. Mutakhassislar utkazgan tajribalarda piyoda chirogi yoqilgan transport vositasini tez ilgashi malum bulgan. Kuz qiri chiroq yorugligini miyaga yunaltiradi. Mamlakatimizda esa yul-transport hodisalarining 53 foizi piyodalar bilan bogliq ravishda sodir etiladi.

Yul-transport hodisalarining 40 foizi yuldagi nosozliklar tufayli sodir bulayotganligi haqidagi malumotni qaerdan olgansiz bilmadimu, ammo 2019 yilning utgan uch oyida haydovchilar aybi bilan sodir bulgan yul-transport hodisalarining 52,8 foizi belgilangan tezlik talablari buzilganligi oqibatida yuzaga kelganligini bilaman.

«Mashina haydamaganligim bois bulsa kerak, shu vaqtgacha yul harakati qoidalarining barchasi haydovchilarning khavfsizligi uchun deb uylardim», debsiz. Aslida, transport boshqarmasangiz-da, «Yul harakati qoidalari»ni uqishingiz, bilishingiz shart. Bu birinchi navbatda uzingizning khavfsizligingiz uchun kerak buladi. Chunki qoidalarda barcha harakat ishtirokchilari, shu jumladan yulovchi va piyodalar uchun ham zarur tavsiyalar bor. Qoidalar talablarini bilmaslik esa yuqorida aytganimiz 53 foizli kursatkichning pasayishiga salbiy tasir kursatadi.

«Ammo haydovchilarga chiqarilgan sunggi qoidaning ahamiyati va sababini har qancha uylamay baribir topa olmadim… Bu qarorni shunday tariflash mumkin: Fuqarolarning adashishi yoki yodidan kutarilishidan unumli foydalanib qolish va jarimaga tortish».

Vazirlar Mahkamasining 292-sonli qarori elon qilinganidan sung avtomobillarning elektr qismlarini tamirlaydigan bir usta bilan gaplashib qoldim. U kalit buralganida yaqinni kursatuvchi chirogi yonmaydigan mashinalarga bir dona rele moslamasi quyish bilan muammoni hal etibdi. Rele quyilgach, kalit buralishi bilan yaqinni kursatuvchi chiroq yonadi, kalit uchirilishi bilan u ham uchadi. Buldi, «adashish yoki yodidan kutarilish» yuq. Haydovchi ham khotirjam, jarimaga tortilmaydi, qoida talablari ham buzilmaydi.

«Yul harakati qoidalari» doimo harakat ishtirokchilarining khavfsizligini taminlash maqsadida chiqariladi, uzgartiriladi, takomillashtiriladi. Qolaversa, qoidalarning talablari osmondan olib yozilgan emas. U hayotiy tajribalar asosida yuzaga kelgan. Shu jumladan, kunduzi chiroqni yoqib yurish ham.

«Yul harakati qoidalari»ga 2015 yil 24 dekabrda kiritilgan uzgartirishlarga kura, kunning yorug vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerakligi belgilangan edi.

·       transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;

·       yulovchilarni tashiyotgan avtobus va belgilangan yunalishli transport vositalarida;

·       bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

·       khavfli, katta ulchamli va ogir vaznli yuklarni tashishda;

·       mekhanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);

·       motosikl va mopedlarda.

Mana shu tartib joriy etilganidan keyingi tahlillarga nazar tashlasangiz, aynan usha talablar bilan yurgan transport vositalari bilan bogliq hodisalar kamayganligini kurasiz.

«Rivojlangan davlatlarda khuddi shunday qonun mavjud emish. Uraaa, biz ham rivojlanishning sirli yulini topdik. Endi kunduz kuni chiroqni yoqib yursak, albatta rivojlanib ketamiz. Bir zamonlar rivojlangan davlatlarga taqlid qilib inson qadami etmagan chullarda kollejlarni ochib tashlagan edik. Natijasi esa, barchaga ayon», deb yozibsiz.

Mening nazarimda, bu fikrlaringiz ham «tirnoq ostidan kir qidirish»ga ukhshab ketyapti. Mamlakatimiz uz taraqqiyot yulini belgilab olgan. Harakatlar strategiyasi bunga yorqin misol bula oladi. Ammo bir narsani unutmang: har qanday yangilik, har qanday rivojlanish birdaniga amalga oshib qolmaydi. Buning uchun hamma bir bulib kurashishi, intilishi kerak.

«Uz tushin tabirin bilmas kishi,

Uzgalar tabiri birla ne ishi», — degan ekanlar mavlono Jaloliddin Rumiy.

Check Also

O‘zbekistonda yangilik! Birinchi marta issiqxonalar uchun tejamkor isitish qurilmalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston bozorida yangilik. “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi issiqxonalar uchun yangi tejamkor isitish qurilmalari ishlab chiqara boshladi. “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi mahsulotlari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари