Home / Madaniyat / Ayollar namozni qanday uqishadi?

Ayollar namozni qanday uqishadi?

ayollar-namoz1. Niyat

Kaba tomonga yuzlanib «Kholis Alloh uchun falon namozining ikki (uch, turt) rakaat farzini (sunnatini) uqishga niyat qildim» mazmunida niyat qilinadi.

2. Tahrima (takbiri tahrima)

Namozkhon ayol tik turgan holida uzi eshitadigan qilib, ikki qulning kaftini qiblaga qaratib, barmoqlarni bukmay, ularning orasini keng ochmay va jipslashtirmay, uz holicha quyib, elka barobaricha kutarib, «Allohu akbar» deb takbir aytish bilan namoz boshlanadi.

3. Qiyom

Namozkhon ayol oyoqlarini juftlab, ung qul kaftini chap qul kafti ustiga quyib, siynalari ustiga quyib, «Sano» («Subhanakallohumma…») uqiydi. Keyin taavvuz («Auuzu billahi…»), basmala («Bismillah…») bilan «Fotiha» surasi uqiladi va «valad doliyn»dan keyin ohista «amin» aytilib, taavvuz va basmalasiz birorta zam sura uqiladi. Qiyomda ikki kuzni sajda urniga tikib turadi.

4. Ruku

Namozkhon ayol «Allohu akbar» deya oyogini sal bukadi va qul barmogini jipslashtirib, tizzasi ustiga quyadi va bilagini tanasiga yopishtirib turadi. Keyin eng kami uch marta «Subhana robbiyal-aziym», deydi.

5. Qovma.

Namozdagi rukuda uch bor tasbih aytib bulgach, «Samiallohu liman hamidah» aytib, yana qayta tiklanadigan holat «qovma» deyiladi. Qovmada qullar boglanmay, yonda tutiladi. Qovmaga tiklangach, «Robbana lakal-hamd» deyiladi. Tula tiklanib bulgach «Robbanaa lakal hamd», deyiladi.

6. Sajda.

«Allohu akbar» deb erga avval tizzalar, keyin kaftlar, sung burun va peshona quyilib, sajda qilinadi. Bunda namozkhon ayol erkaklar kabi qultiqlarini ochiq tutmaydilar, bilaklarini erga, qorinlarini sonlariga tekkizib sajda qilishadi. Sajdada kamida uch marta «Subhana Robbiyal-ala», deyiladi.

8. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh kutariladi va ikkala oyogini yonboshlatib ung tarafga chiqarishadi. Namozdagi ikki sajda urtasida bir muddat utirish «jalsa» deyiladi.

9. «Allohu akbar» deb ikkinchi marta sajda qilinadi.

10. «Allohu akbar» deb hech narsaga suyanmay ikkinchi rakaatni uqish uchun urindan turiladi.

11. Ikkinchi rakaatda ham «Bismillah…» bilan «Fotiha» surasi, orqasidan Qurondan biror sura yoki uzunroq oyat uqiladi.

12. Birinchi rakatdagiga ukhshash ruku, sajdalar qilinadi.

13. Sajdadan sung ikkala oyogini yonboshlatib ung tarafga chiqarib, chap quyruqlariga utirishadi va avval tashahhud («Attahiyyatu…»), ortidan ikki salavot («Allohumma, solli alaa…» va «Allohumma, baarik alaa…»), keyin duolar («Robbanaa, aatina…») uqiladi.

Sungra avval tikkadan boshlab, ung tomondagilarni va farishtalarni niyat qilib, ung tarafga, keyin tikkadan boshlab chap tomondagilar va farishtalarni niyat qilib, chap tarafga «Assalomu alaykum va rahmatulloh», deb salom beradi, shu bilan ikki rakaatlik namoz yakunlanadi.

Agar namoz uch yoki turt rakaatli bulsa, ikkinchi rakaat sajdasidan sung faqat tashahhud («Attahiyat») uqib, takbir bilan uchinchi rakaatga turiladi. Farz namozi bulsa, uchinchi va turtinchi rakaatlarda ham Fotiha surasini uzi uqiladi, zam sura qilinmaydi. Sunnat namozida esa Fotiha surasidan keyin zam sura qilinadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари