Home / Media / Samarqandda “hayosiz sahnalar”ni kursatgan STV efiri tukhtatildi

Samarqandda “hayosiz sahnalar”ni kursatgan STV efiri tukhtatildi

Uzbekistonda ochilgan birinchi mustaqil televidenie – STV (Samarqand televideniesi) faoliyati “hayosizlikni targib qiluvchi” materialni uzatgani uchun “nomuayyan muddat”ga tukhtatildi.

be8400c4-9711-4ebe-a38b-e48f89e99681_w1023_r1_s

Kun.uz, Gazeta.uz nashrlarining khabar qilishicha, telekanal 21 iyul kuni coat 09:17 da “hayosizlikni targib qiluvchi, ayniqsa yoshlar odob-akhloqiga, tarbiyasiga salbiy tasir etuvchi” Sausage party nomli khorij multfilmini efirga uzatgan.

Nashrning Matbuot va akhborot agentligiga tayanib yozishicha, “multfilm qahramonlarining hayosizlikni targib qiluvchi beukhshov qiliqlari, behayo suhbatlari, narkotik moddalarni qabul qilish, surbetlarcha qovushish sahnalari ochiq-oshkora namoyish etilgan”.

Bundan tashqari, ayni kanalda 22 iyul kuni soat oqshomgi soat 22:45da “Ya legenda” (Men afsonaman) nomli mashhur khorijiy film ham namoyish qilingan. Unda “virus tarqalgan hududda odamkhurlar va vahshiy hayvonlarning odamga hujum qilish, uni eyishga urinish bilan bogliq vahshiylik, shavqatsizlik sahnalari mavjudligi aniqlangan”.

Khabarda aytilishicha, bu film “Uzbekkino” Milliy agentligi ekspert komissiyasi tomonidan «Uzbekiston Respublikasi hududida namoyish etish, kupaytirish va tarqatish tavsiya etilmagan filmlar ruykhati”ga kiritilgan.

Shuningdek, 27 iyul kuni Akhborot faoliyati va malumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish buyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi yigilish utkazib, STV telekanali bilan birga Sevimli khususiy telakanalini ham muhokama qilgan.

Bu kanalda 15 iyul kuni oqshom coat 21:10 da berilgan “Hurliqo” (I feel pretty) khorijiy filmida “behayo mazmundagi sahna” namoyish qilingan va buning ortidan telekanalning bir necha khodimi ishdan olingan edi.

Endilikda, Master media production and broadcast masuliyati cheklangan jamiyati muassisligida tashkil etilgan Sevimli va STV telekanallari bir qator qonun talablari buzgan, degan qarorga kelingan.

Kun.uz nashrining yozishicha, ekspertlar khulosalari natijalariga kura, telekanallar tomonidan nomlari qayd etilgan film va multfilmlarni efirga uzatish oqibatida Uzbekiston Respublikasi «Ommaviy akhborot vositalari tugrisida”gi qonunining 6-moddasi, «YOshlarga oid davlat siyosati tugrisida”gi qonunining 5-moddasi, «Bolalarni ularning sogligiga zarar etkazuvchi akhborotdan himoya qilish tugrisida”gi qonunining 16-moddasi, «Akhborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tugrisida”gi qonunining 14- va 15-moddalari talablari buzilgan.

“Yuqoridagi qonunbuzilish holatlaridan kelib chiqib, Idoralararo Komissiya qaroriga asosan Master media production and broadcast masuliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi STV telekanalini efirga uzatish nomuayyan muddatga tukhtatildi. Sevimli telekanali masul khodimlariga keskin choralar qullanilgani inobatga olinib, bunday holatlarga qayta yul quymaslik sharti bilan telekanal rahbariyati qattiq ogohlantirildi”, deb khabar qiladi nashr.

Ozodlik shu yilning 16 iyul kuni Sevimli TV khususiy telekanali 15 iyul kuni efirga berilgan khorijiy filmdagi intim sahna qirqib tashlanmagani uchun uzr suragani, telekanal “milliy ahloqqa zid sahnani utkazib yuborib, khatolikka yul quygan” khodimlarini ishdan bushatgani haqida khabar qilgan edi.

STV telekanali 1991 yilning 15 mayida ish boshlagan va u Uzbekstondagi ilk khususiy telekanal hisoblanadi. Bu telekanalning Uzbekistonda mediamagnat sifatida tanilgan Firdavs Abduholiqovga tegishli ekani aytiladi.

Asl kasbi rus filologi bulgan 55 yashar Firdavs Abduholiqov Uzbekistondagi ilk nodavlat telekanal va gazetani ochish bilan birga 2003 yildan buyon mamlakatdagi 60dan ortiq akhborot vositasini birlashtirgan Uzbekiston elektron ommaviy akhborot vositalari milliy assosiasiyasiga rahbarlikqilib keladi.

Check Also

Pedagog-maslahati-702x336

Pedagog

Saytimizning aziz mukhlis va mukhlisalari! Sizni qiziqtirgan savollarga saytimizning «Pedagog maslahatlari» bulimi ostida Arofat Saydullaevna …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари