Home / Jamiyat / YOsh bolalar massaji Uzbekistonda: biznesmi yo zarurat?

YOsh bolalar massaji Uzbekistonda: biznesmi yo zarurat?

Bugun parvarish qilinayotgan gudaklar ayrim hollarda massajga ehtiyoj sezishadi. Kupincha vrachlarning uzi ham shuni tavsiya etishadi. Massaj narkhlari ham ehtiyoj va hududlarga qarab farq qiladi Uzbekistonga (Toshkent).

Chaqaloq tugilgandan boshlab uning tugri parvarishlanishi uning soglom bulib usishida ahamiyatli hisoblanadi. Bunda bolani doimiy ravishda shifokor kurigiga olib borib, uning salomatligi bilan bogliq har bir holatni maslahatlashish zarur. Bolalar shifokori chaqaloqning holatiga qarab unga massaj ham buyurishi mumkin.

Shifokorlar aksar holatda bolaga massaj yozishi, hatto bazida uning oyogiga shina taqishni tavsiya qilishi mumkin. Haqiqatan, massaj va bolalarga turli ortopedik vositalar taqish biznesga aylandimi yoki bolalar ularga muhtojmi?

Sabab nima?

Facebook ijtimoiy tarmogidagi yosh onalar guruhida utkazilgan surovga kura, aksar onalar massaj va ortopedik vositalarga ehtiyoj ortayotgani sabablarini quyidagilardan iborat deb bilishadi:

  • Ayolning homiladorlik vaqtida uziga va homilaga etarlicha etibor bermasligi, natijasida bola dunyoga kelgach unda kalsiy va boshqa zarur elementlar etishmasligi;
  • Ekologiyadagi uzgarishlarning tugilayotgan chaqaloqlarga tasiri;
  • Chaqaloqni beshikka belash;
  • Oilaviy poliklinikalarda bolalar vaqtida sifatli kurikdan utkazilmasligi;
  • Sogligida hech qanaqa muammosi bulmasa ham, bolaning yakhshi rivojlanishi uchun yordam berish.

Massajning narkhi qancha?

Bolalar massajining bir kursi urtacha 10 kun davom etadi va hududlarga, uning turiga qarab narkhi farqlanadi: uz-uzidan, poytakhtda qimmatroq, viloyatlarda nisbatan arzon:

  • Toshkent viloyatida: soati urtacha 40 ming sum;
  • Toshkent shahrida: urtacha 50 ming sumdan 200 ming sumgacha;
  • Navoiy viloyati: urtacha 35-45 ming sum;
  • Vodiy viloyatlarida: urtacha 50 ming sum.

Onalar fikri qanday?

Bolalarini massaj qildirgan va ortopedik vositalar taqishga majbur bulgan onalar uz fikrlari bilan bulishdi. Ularning fikriga kura, vrach tomonidan buyurilgan va yakhshi mutakhassis tomonidan bajariladigan massaj bola uchun foydali. Lekin bazida bolani notugri massaj qildirib quyish holatlari ham bor:

  • «Qishloq ayollari homiladorlikda kurikdan vaqtida utmaydi, vitamin ichmaydi. Ultratovush tekshiruvlariga ham rukhsat yuq. Natijada bola tugilgach unga kuproq etibor kerak buladi».
  • «Massaj uncha zarurmas deb uylab, qildirmagandim. Uyda uzim engil massaj qilardim, lekin mutakhassis kurigi kerak ekan. 6 oyligida bolamning oyogida muammo borligini bildik va shina taqdik, massaj oldi. Hozir ahvoli ancha yakhshi».
  • «Uglim massajgacha umuman harakatlana olmasdi. Nevropatolog 3 kurs massaj yozgan edi. 2 kurs poliklinikadan oldik, lekin uzgarish sezmadim. Okhirgi kursini boshqa massajchidan olgach, harakatlari birdaniga uzgardi».
  • «Bolamga ortoped massaj buyurdi. 4 kun oldik, lekin massaj vaqti yiglayverib kasal bulib qoldi. Boshqa qildirmaydigan buldim».
  • «Ortoped tashkhis quyib bersa va shunga qarab massaj olinsa, muammo yuq deb uylayman».
  • «Ikkinchi farzandimning oyogida muammosi yuq edi, lekin negadir poliklinika ortopedi 2 marta kurikda ham displaziya chiqardi. «Massaj kerak» derdi, ikki martadayam boshqa ortopedga kurindik va muammo topmadik. 11 oyligida yurib ketdi, demak, qisman vrachlar ham buni biznesga aylantirib olishgan, massajning ziyoni yuq, lekin uning ortidan pul ishlasa buladi bazi hollarda».
  • «Bolani 1 yoshgacha massaj qilishni, aslida, onalarga uqtirish va urgatish kerak. Massaj qon aylanishini yakhshilaydi, muskullar rivojlanishi va bolaning yakhshi harakatlanishi uchun yakhshi».
  • «Qizim 5 oyligida oyogida tugma suyak chiqishi borligini bildik. Vrachlar vaqtida davolanmasa, keyin operasiya qilishga tugri kelishini aytishdi. 6 oy shina taqdik, 3 kurs massaj oldi. Natija yakhshi buldi».
  • «Qizim 3 oylik payti tonusi bor deb massaj olganman. Massajchi notugri qilib quygani uchun qizimning bugimlari bushashib ketgan. Keyin 2 yoshgacha rosa massajlarga qatnadim. Aytmoqchi bulganim, malakali massajchini topish kerak ekan».

«Chet elda massaj buyurishmaydi…»

Lekin chet elda Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreyada yashovchi ayollar bu davlatlarda shifokorlar bolaga massaj buyurmasligini, faqatgina uy sharoitida uzlari bolalarini massaj qilishlarini aytishdi.

«Koreyada kup uzbek ayollarimiz massajchi qidirib yurishadi. Odatda, shu erdagi rus ayollar massaj qilib quyishadi. Lekin koreys doktorlar massaj haqida umuman gap ochmaydi, soglom bolaga shart emas deyishgan. Shina taqqan biror bolani ham kurmadim», deydi Janubiy Koreyada yashovchi ona.

Massaj – davolash muolajasi – mutakhassis javobi

Oliy toifali travmatolog-ortoped Farhod Aripovning qayd etishicha, ota-onalar bazi holatda shifokor bilan uchrashmasdan uzlari tugridan tugri massajchilarga borib bolalarini massaj qildirishyapti. Bu juda notugri. Sababi massaj – davolash muolajasi va shuning uchun ham uni faqat shifokor buyurgan bulishi kerak. Shifokor buyursa, hamshira uni bajarishi kerak. Qolaversa, hozir massajga uqib olgan uy bekalari ham kup. Lekin massaj qilish uchun avvalo hamshiralikka uqigan bulish lozim.

«Massajning 2 ta turi buladi: mustahkamlovchi va bushashtiruvchi. Tonusi bor bolalarga bushashtiruvchi, mushaklari bush bolalarga esa mustahkamlovchi massaj buyuriladi. Shifokor bilan maslahatlashmasdan bazida ota-onalar uzboshimchalik bilan massajni notugri oladi va uning asoratlarini davolashga tugri keladigan holatlar ham buladi», deydi shifokor.

Massajni necha kurs olish kerak?

Farhod Aripovning suzlariga kura, massajni bolaning individual holatiga qarab qancha kurs olish kerakligini aytish mumkin. Hozir ota-onalar urtasida bola to bir yoshga kirguncha 3-4 marta massaj olish kerak degan fikr paydo bulgan. Lekin bu tugri emas, hammasi organizmning holatiga qarab belgilanadi.

Bazida bola endi yurishga harakat qilayotgan paytda uning tezroq harakatlanishi uchun massaj olishadi. Bunday holatda notugri bushashtiruvchi massaj qilib quyilsa, bola oyoqqa turmay quyishi mumkin.

Massaj olinmasa, bolaga zarari bormi?

Shifokorning aytishicha, bolani professional massajchidan kura onaning uzi massaj qilishi ham foydali. Sababi ona bolaning kayfiyati eng yakhshi paytini topa oladi. Onaning massaji bola uchun faqat foyda, qon aylanishini yakhshilaydi, urtadagi mehrni mustahkamlaydi.

«Bazi bolalarga massaj yoqmasligi ham mumkin. Masalan, tonusi bor bola massaj payti battar injiqlanishi mumkin. Khuddi organizmga dori yoqmasa, uni ichishni tukhtatish zarur bulgani kabi bolaga ham massaj yoqmasa, uni davom ettirmaslik kerak. 10 kunlik massajning uchinchi kunida bola tinchlanib uni yakhshi kayfiyatda qabul qilsagina, davom ettirish mumkin. Agar bola 3 kundan keyin ham massaj vaqti yiglab bezovtalansa, uni tukhtatish kerak.

Bola sogligidagi muammo sabab ortopedik moslamalar, masalan, shina yoki ortopedik oyoq kiyim bilan davolanishga muhtoj bulishi mumkin. Lekin bunday vositalardan faqat va faqat bolaga zarur holatda malakali shifokor maslahati bilangina foydalanish zarur. Agar shifokor kerak bulmagan holatda ortopedik vosita buyursa va undan foydalanilsa, bola qiynaladi.

Notugri holatda shina taqilsa, bu yomon asoratlarga olib kelishi ham mumkin. Tajribamda shinani notugri taqishgani sabab oyogida chiqish kuzatilgan bolalarni davolagan holatlar ham bor», deydi Farhod Aripov.

Beshik faqat soglom bolaga foydali

Farhod Aripovning takidlashicha, chaqaloq tugilgach u malum muddat tashqi dunyoga moslashadi. Qul, oyoqlari sekin-sekin rivojlanib, joylashadi. Agar bola tugilgandanoq birdaniga beshikka belanadigan bulsa va uning oyoq suyagida chiqishga moyillik bulsa, beshik unga faqat zarar buladi. Bolasini beshikda katta qilmoqchi bulgan ota-onalar u tugilgandan 50 kuncha vaqt utgach, ortoped kurigiga olib borib, soglomligiga, beshikka belashga qarshilik yuqligiga ishonch hosil qilishi zarur.

Farhod Aripov uz tajribasida beshikni isitish tizimi muammo bulgan qishloq hududlarida yashovchi ota-onalarga kuproq tavsiya qilishini, unda ham bolaning sogligida muammo bulmasagina rukhsat berishini aytib utdi.

Ota-onalar nimani bilishi kerak?

Farhod Aripov tavsiyalari:

D vitamini. Quyoshli davlatda yashaganimiz bilan har bir chaqaloqqa tugilgach 2 haftalik bulgandan to 1,5 yoshgacha D vitamini ichirishni boshlash zarur. Bu vitamin bolaning suyaklari, tish, tirnoq, sochlar yakhshi usishiga, unda kalsiy yakhshi surilishiga yordam beradi. D vitaminining meyorini bolaning holatiga qarab, shifokor belgilab beradi.

Shifokor kurigi. Ota-ona uz khotirjamligi, bola soglom usishi uchun bolani shifokor kurigiga muntazam olib borib turishi, uzboshimchalik bilan harakatlar qilmasligi zarur.

Zilola Gaybullaeva tayyorladi.

Check Also

laktoza

Laktoza intoleransi nima, uni qanday aniqlash mumkin?

Tabiatda sutda yuqori miqdorda bulgan va sut shakari sifatida tanilgan laktoza energiya manbai hisoblanadi. Laktoza …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари