Home / Madaniyat / Ikki iyd namozi

Ikki iyd namozi

namazFitr kuni taom eyish, misvok va gusl qilish, khushbuy surtish va eng yakhshi kiyimlarini kiyish va sadaqai fitrini berish mandubdir. Sungra namozgohga chiqadi. Namozgohda iyd namozidan oldin nafl uqimaydi. Iyd namozining vojiblik va ado etish shartlari khuddi jumaning shartlari kabidir. Faqat khutba bundan mustasno. Iyd namozining vaqti quyosh kutarilgandan to zavolgacha. Sanodan keyin uch marta takbir aytadi. Ikkinchi rakatda qiroatdan keyin takbir aytadi. Uzr bulsa, ertasiga uqiydi. Uni imom uqiganidan keyin hech kim qazosini uqimaydi.

Al-Azho khuddi fitr kabidir. Lekin namozni uqigunicha taom va sharobdan uzini tiymogi mandubdir.
Yulda ovoz chiqarib takbir aytadi. Uzrli yoki uzrsiz uch kungacha uqisa buladi.
Khutbasida takbiri tashriq va qurbonlik haqida talim beriladi. Sungra sadaqai fitr haqida talim beriladi.
Arafa kuni Arafotda tuplanganlarga ukhshab tuplanish mandub emas.
«Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu! Vallohu akbar! Allohu akbar! Va lillahil hamd»ni aytmogi vojib.
Bu takbirni aytish arafa kunining Bomdodidan boshlab iydning Asrigacha mustahab jamoat ila ado etilgan har farzning ortidan misrda muqim bulgan kishi uchun, erkakka iqtido qilgan ayol va muqimga iqtido qilgan musofir uchun vojibdir.
Imom Abu Yusuf va Muhammadlar tashriq kunlarining okhirgi Asrigacha deganlar va shunga amal qilinadi. Agar imom tark qilsa ham, muqtadiy uni tark qilmaydi.
«Iyd» suzi qaytish manosini bildiradi. Bayramlar qayta-qayta kelgani uchun iyd deb nomlangan. Eng muhimi ikki iyd kunlari Alloh taoloning kuplab khayru barakasi mumin-musulmonlarga qayta keladi.
Hanafiy mazhabida iyd namozlarini vojib, deyilgan.
Bu namozni Hanbaliy mazhabi farzi kifoya, Molikiy va Shofeiy mazhablari sunnat, deydilar.
Iydi Fitr ramazon ruzasining tamom bulgani munosabati ila khursandchilik va shukrni izhor qilish uchun shariatga kiritilgan bayramdir.
Iydi qurbon esa Haj ibodatlarining tamom bulgani munosabati ila va Allohning yulida har qanday qurbon berishga tayyorlikni izhor qilish uchun shariatga kiritilgan bayramdir.
Alloh taolo «Kavsar» surasida: «Albatta, Biz Senga Kasvarni berdik. Bas, Robbing uchun namoz uqi va qurbonlik suy», degan.(1-2 oyatlar)
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida ular ikki kunda uynashar edilar.
«Bu ikkovi kun, qandoq kun?» deb suradilar.
«Johiliyatda uynaydigan kunimiz edi», dedilar.
Shunda Rasulullohi sallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh sizlarga u ikkisi urniga ulardan kura yakhshi, al-Azho kuni va Fitr kunini berdi», dedilar». Sunan egalari rivoyat qilgan.
Endi «Mukhtasari Viqoya»da kelgan matnni sharhlashga utaylik.
Fitr kuni taom eyish, misvok va gusl qilish, khushbuy surtish va eng yakhshi kiyimlarini kiyish va sadaqai fitrini berish mandubdir.
Yuqoridagi jumlada iydi fitrga chiqishdan oldin qilinadigan amallar haqida suz bormoqda.
Ular quyidagilardan iborat;
1. Taom eyish.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni bir necha khurmo emasdan turib chiqmas edilar. Toq er edilar». Bukhoriy va Termiziy rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Fitr kuni taom emasdan oldin chiqmas edilar. al-Azho kuni namozni uqib bulmagununcha emas edilar», deyilgan.
2. Misvok.
Har bir namoz uchun misvok qilish margub bulganidek yidi fitrdan oldin ham misvok qilish margubdir.
3. Gusl qilish.
Fokih ibn Sadon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallam fitr, al-azho va arafa kunlari gusl qilar edilar». Imom Ibn Moja rivoyat qilgan.
4. Khushbuy surtish.
Kishilar kup tuplanadigan joylarga khushbuy narsa surtib borish mandub bulgani uchun iyd kuni khushbuy surtiladi.
5. Eng yakhshi kiyimlarini kiyish.
Imom Ibn Moja Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sallollohu alayhi vasallam ikki iydda hibara chopon kiyar edilar».
«Hibara» Yamanning mashhur kiyimi.
Paygambar sallollohu alayhi vasallam juma va iyd uchun alohida yakhshi kiyim kiyishlari malum va mashhur.
6. Sadaqai fitrini berish.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr Zakotini ruzador uchun behuda gap-suz va harakatlardan poklanish va miskinlar uchun taomlanish bulsin uchun farz qildilar. Kim uni namozdan oldin ado qilsa, u maqbul Zakot bulur. Kim uni namozdan keyin ado qilsa, sadaqalardan bir sadaqa bulur». Abu Dovud, Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilgan va «sahih», degan.
Sadaqai fitrni iyddan bir necha kun oldin bersa ham buladi.
Iyd namoziga chiqishdan oldin qilinadigan amallarning «Mukhtasar»da zikr qilinmaganlari ham bor.
7. Ikki iyd kechalarini ibodat ila utkazish.
Bunda kechaning hammasini yoki okhirgi uchdan birini zikr, namoz, tilovati Quron, takbir, tasbih, istigfor bilan utkaziladi.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Kim Fitr kechasini va al-Azho kechasini savob umidida bedor utkazsa, qalblar uladigan kunda uning qalbi ulmas», dedilar». Imom Tabaroniy Uboda ibn Somitdan rivoyat qilgan.
Ikki iyd kechasida duo mustajobdir. Shuning uchun ertaga iyd degan kechada kup duo qilishga harakatda bulish zarur.
8. Muqtadiy kishilar iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan hollarida boradilar. Namozga qancha kup intizor bulinsa, savobi shuncha kup buladi.
Imom Termiziy qilgan rivoyatda hazrati Ali roziyallohu anhu: «Iydga piyoda chiqish sunnatdir», deganlar.
Imom iydga namozga etib boradigan bulib chiqishi sunnatdir. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam doimo shundoq qilganlar.
9. Ahli ayolga kengchilik va serobchilikka sharoit yaratish. Nafl sadaqadalarni imkoniga qarab odatdagidan kuproq qilish.
10. Kuringan har bir musulmonga khursandchilik va shodlik izhor qilish. Yaqin kishilarni, yoru dust va ahboblarni ziyorat qilish.
Sungra namozgohga chiqadi.
Abu Umayr ibn Anas roziyallohu anhudan u kishi Paygambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bulmish amakilaridan biridan rivoyat qilinadi: «Bir guruh otliq kishilar Paygambar sollallohu alayhi vasallamning huzuriga kelib kecha hilolni kurganlari haqida guvohlik berdilar. Bas, u Zot odamlarga ogizlarini ochishni va ertalab namozgohga borishni amr qildilar». Abu Dovud, Nasaiy, Ahmad rivoyat qilgan.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam va roshid khalifalar iyd namozlarini namozgohda uqiganlari haqida rivoyatlar kup. Oddiy masjidda uqisa ham bulaveradi.
Namozgohda iyd namozidan oldin nafl uqimaydi.
Chunki Paygambar sallollohu alayhi vasallam shundoq qilganlar.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni chiqib ikki rakat (iyd) namoz uqidilar. Ulardan oldin ham, keyin ham namoz uqimadilar». Beshovlari rivoyat qilgan.
Iyd namozining vojiblik va ado etish shartlari khuddi jumaning shartlari kabidir. Faqat khutba bundan mustasno.
Khutba jumaning ado qilinishi uchun shartdir. Ikki iydda bu shart yuq. Shuning uchun ham iydning khutbasi namozdan keyin buladi.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar ikki iyd namozini khutbadan oldin uqir edilar».
Iyd namozining vaqti quyosh kutarilgandan to zavolgacha.
Quyosh bir yoki ikki nayza buyi kutarilgandan keyin iyd namozi uqisa buladi. Quyosh kutarilayotgan vaqtda namoz uqish man qilingan.
Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biz bu vaqtda forig bulgan bular edik», dedi. Bu tasbih vaqtida edi».
Bukhoriy rivoyat qilgan.
Abu Dovudning lafzida: «Abdulloh ibn Busr – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobasi – odamlar bilan iyd kuni chiqdi va imomning kech qolganini inkor qilib: «Bu soatda biz (namozdan) forig bulgan bular edik», dedi. Ushanda tasbih vaqti edi», deyilgan.
Ulamolar ushbu rivoyatdagi «tasbih vaqti»dan murod choshgoh namozi vaqti, deganlar. Shunga binoan Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vaqtlarida choshgohdan oldin iyd namozini uqib bulingan buladi.
Zavoldan keyin iyd namozi uqib bulmasligiga quyidagi rivoyat dalil.
Abu Umayr ibn Anas roziyallohu anhudan u kishi Paygambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bulmish amakilaridan biridan rivoyat qilinadi: «Bir guruh otliq kishilar Paygambar sollallohu alayhi vasallamning huzuriga kelib kecha hilolni kurganlari haqida guvohlik berdilar. Bas, u Zot odamlarga ogizlarini ochishni va ertalab namozgohga borishni amr qildilar». Abu Dovud, Nasaiy, Ahmad rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda esa zavoldan keyin keldilar, deyilgan. Shuning uchun zavoldan keyin guvohlik berilsa, iyd namozi ertasi kunga qoldiriladi, deyilgan. Ushbu hadisga hamma mazhablar bir khil amal qilishadi.
Sanodan keyin uch marta takbir aytadi. Ikkinchi rakatda qiroatdan keyin takbir aytadi.
Bu ikki jumlada odatda odamlar kup adashadigan hukmlar zikr qilingan. Boshqa taraflari oddiy namozlarga ukhshash bulganidan iyd namozini batafsil vasf qilinmagan.
Biz shu joyda Hanafiy mazhabi buyicha iyd namozi qandoq uqilishi tula vasf qilinsa foydadan kholi bulmasa kerak.
Avval namoz boshlanishini, saflarni rostlash kerakligini elon qilinadi. Keyin iyd namozini uqish niyat qilinadi. Sungra ehrom takbiri aytilib quloq qoqiladi. Qul boglab, kindik ostiga quyiladi. Imom ham, qavm ham «Subhanakallohumma»ni uqiydilar. Keyin imom bilan qavm uch marta takbir aytadilar. Har takbirda qul quloqning yumshoq joyigacha kutarilib, sung yonga tushiriladi. Bu takbirlarni ziyoda takbirlar deb aytiladi. Har takbirdan keyin uch marta tasbih aytguncha muddat turiladi. Keyin ikki qul boglanib kindik ostiga quyiladi. Sungra imom ichida auzubilloh va bismillohni aytib, «Fotiha» surasini va zam surani ovoz chiqarib uqiydi. Zam sura «Alo» surasi bulishi mandubdir. Keyin ruku va sujud qilinib ikkinchi rakatga turiladi.
Ikkinchi rakatda ham imom ovoz chiqarib, «Fotiha» surasi bilan zam sura uqiydi. Zam sura «Goshiya» surasi bulmogi mandubdir. Qiroatdan keyin imom va qavmlar uch marta ziyoda takbirlarni avvalgidek qilib, qullarini kutarib, orasida uch marta tasbih aytilguncha muddat turib, aytadilar. Keyin yana bir takbir aytib rukuga ketiladi va namoz okhirigacha uqiladi. Salom beriladi.
Uzr bulsa ertasiga uqiydi.
Misol uchun, bulut tufayli hilolni kurib bulmadi. Keyin boshqalar zavoldan keyin hilolni kurganlari haqida guvohlik berdilar. Bu haqidagi hadis yaqindagina utdi.
Uni imom uqiganidan keyin hech kim qazosini uqimaydi.
Iyd namozi qazo qilinmaydi.
Al-Azho khuddi fitr kabidir.
Yani ikki rakatligida ham, takbirlarida ham va boshqa narsalaridan ham.
Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallamning tillaridan sobit bulganki, al-Azho namozi ikki rakatdir. Fitr namozi ikki rakatdir. Musofirning namozi ikki rakatdir. Juma namozi ikki rakatdir. Tamomdir, qasr emasdir». Nasaiy, Ibn Moja va Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Lekin namozni uqigunicha taom va sharobdan uzini tiymogi mandubdir.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Fitr kuni bir necha khurmo emasdan turib chiqmas edilar. Toq er edilar». Bukhoriy va Termiziy rivoyat qilgan.
Boshqa bir rivoyatda: «Fitr kuni taom emasdan oldin chiqmas edilar. al-Azho kuni namozni uqib bulmagununcha emas edilar», deyilgan.
Qurbon iydida hech narsa emasdan namozga chiqiladi. Usha kuni birinchi taom uchun har kim uzi qiladigan qurbonlikning gushtidan esa, yakhshi buladi.
Yulda ovoz chiqarib takbir aytadi.
Uydan masjidga etib borguncha bosib utiladigan yulda ovoz chiqarib takbir aytib boriladi.
Iydga bir yul bilan borib boshqa yul bilan qaytish mustahabdir. Paygambar sallollohu alayhi vasallam shundoq qilar edilar.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam iyd kuni bir yul ila chiqsalar, boshqasi ila qaytar edilar». Termiziy, Abu Dovud va Bukhoriylar rivoyat qilgan.
Uzrli yoki uzrsiz uch kungacha uqisa buladi.
Qurbon bayrami kunlari uch kun shu kunlarda iyd namozini uqisa buladi. Ammo iyd namozini kechga qoldirish gunoh buladi.
Khutbasida takbiri tashriq va qurbonlik haqida talim beriladi.
Imom al-Azho iydidagi khutbasida takbiri tashriqni qachon va qandoq atilishi haqida hamda qurbonlikka oid hukmlarni namozkhonlarga talim beriladi.
Sungra sadaqai fitr haqida talim beriladi.
Agar iyd ruza bayrami bulsa, usha iydga anglatib kishilarga khutbada talim beriladi.
Arafa kuni Arafotda tuplanganlarga ukhshab tuplanish mandub emas.
Arafotda jamlanish usha erga khos ibodatdir. U ibodatni Arafotdan boshqa erda ado etib bulmaydi.
«Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu! Vallohu akbar! Allohu akbar! Va lillahil hamd»ni aytmogi vojib.
Yani ushbu takbir siygasini bir marta aytish vojib. Ortiqcha aytish mustahab va savob.
Alloh taolo «Baqara» surasida: «Allohni sanoqli kunlarda eslang», degan. (203-oyat)
Ushbu oyatda Alloh taolo sanoqli kunlarda, yani tashriq kunlarida Uzini eslashga, zikr qilishga buyurmoqda.
Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki: «Sanoqli kunlarda Allohni eslang», degani tashriq kunlarida farz namozlaridan keyin, «Allohu akbar», «Allohu akbar», deb takbir ayting, deganidir».
Bu takbirni aytish arafa kunining Bomdodidan boshlab iydning Asrigacha mustahab jamoat ila ado etilgan har farzning ortidan misrda muqim bulgan kishiga, erkakka iqtido qilgan ayol va muqimga iqtido qilgan musofir uchun vojibdir.
Imom Abu Yusuf va Muhammadlar tashriq kunlarining okhirgi Asrigacha deganlar va shunga amal qilinadi.
Agar imom tark qilsa ham, muqtadiy uni tark qilmaydi.
Mazkur takbirni bevosita farz namozidan keyin aytiladi. Oraga namozni buzadigan amallar tushmasligi kerak.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари