Home / Madaniyat / Namozdan keyingi zikr va tasbih

Namozdan keyingi zikr va tasbih

duaAbu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Bomdod namozidan keyin oyogini yiqqan holida turib, gapirmasdan oldin un marta «Laa ilaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku, va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva ala kulli shayin qodiyr» desa, unga un hasanot yozilur, uning un khatosi uchirilur, uning un darajasi kutarilur. Usha kuni u barcha yoqimsiz narsalardan himoyada bulur va shaytondan saqlanur. Usha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bulsa», dedilar».

Sharh: Deyarli kupchilik mashoyikhlar va utgan azizlar ushbu rivoyatda kelgan duoni uzlariga kundalik vazifa qilib olganlar. Har bir kishi bunga amal qilmogi lozim. Chunki Bomdod namozidan keyin urnidan turmay, oyoqlari yigilgan holda, dunyoviy gaplarni gapirmay turib, bu duoni uqigan odamga kupgina yakhshiliklar vada qilinmoqda:

  1. Unga un hasanot yozilur.
  2. Uning un khatosi uchirilur.
  3. Uning un darajasi kutarilur.
  4. Usha kuni u barcha yoqimsiz narsadan himoyada bulur.
  5. Shaytondan saqlanur.
  6. Usha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bulsa. Agar Alloh taologa shirk keltirgan bulsa, ishi chatoq buladi.

Bu hadisi sharifga amal qilishni yulga quyish kerak.

Umora ibn Shabiyb as-Sabaiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim shomdan keyin un marta «Laa ilaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku, va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva ala kulli shayin qodiyr» desa, Alloh uni tong otguncha shaytondan muhofaza qiladigan silohlangan farishtani yuboradi. Alloh unga bu ila vojib bulgan un hasanot yozadir, uning unta halok qiluvchi khatosini uchiradir va bu uning uchun unta ozod qilingan qul kabi bulur», dedilar».

Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Bu ham Shom namozini uqib bulgandan keyin va dunyoviy gap gapirmasdan turib bulishi kerak.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Ikki khislat yoki odat bor. Mumin banda ularni muhofaza qilsa, albatta, jannatga kiradi. Ikkisi osondir va ularga amal qiladigan ozdir. Har bir namozdan keyin un marta tasbih aytadi, un marta Allohga hamd aytadi va un marta takbir aytadi. Usha hammasi tilda bir yuz ellikta. Tarozuda bir ming besh yuzta.

Qachon yotar joyini olsa, uttiz turt marta takbir, uttiz uch marta hamd va uttiz uch marta tasbih aytadi. Bular tilda yuzta, tarozuda mingta. Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularni qullari bilan sanayotganlarini kurdim. Shunda:

«Ey Allohning Rasuli! Ularning oz bulgani va ularga amal qiladigan oz bulishi qandoq?» deyishdi.

«Shayton biringizga uyqusida keladi va uni aytishidan oldin ukhlatib quyadi. Namozida kelib, uni aytishidan oldingi hojatini esiga soladi», dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilishgan.

Sharh: Hadisi sharifdagi «Har bir namozdan keyin un marta tasbih aytadi, un marta Allohga hamd aytadi va un marta takbir aytadi. Usha hammasi tilda bir yuz ellikta» deyilganda besh vaqt namoz kuzda tutilgan.

Bu erda namozdan keyin va ukhlashdan oldin tasbih, hamd va takbir aytishning yana bir uslubi haqida suz ketmoqda. Uyquga ketishdan oldin uttiz turt marta takbir, uttiz uch marta hamd va uttiz uch marta tasbih aytib yotishga amal qilib borilsa, katta khayr, barakaga ega bulinadi.

Ammo namozdan keyin aytiladigan tasbih, hamd va takbirda boshqa hadisi sharifga amal qilinib kelinmoqda.

Imom Muslim va Termiziy Kab ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«(Namoz) ortidan keluvchilarni aytuvchilar yoki qiluvchilar noumid bulmaslar. Har bir namoz ortidan uttiz uchta tasbih, uttiz uchta hamd va uttiz turtta takbir», dedilar».

Ushbu hadisda zikr qilingan har bir namoz ortidan uttiz uch marta «Subhanalloh», uttiz uch marta «Alhamdu lillah», uttiz turt marta «Allohu akbar»ni zikr qilish, keyingi rivoyatlarda keladigan zikrlar ila uygunlashib tatbiqqa kirgan.

Imom Muslimning rivoyatida:

«Kim har namozdan keyin uttiz uch marta Allohga tasbih aytsa, uttiz uch marta Allohga hamd aytsa, uttiz uch marta «Allohu akbar» desa, hammasi tuqson tuqqiz bulur, yuztaning tamom bulishi: «Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyr»ni aytsa, uning gunohlari dengiz kupiklari kabi kup bulsa ham magfirat qilinur», deyilgan.

Imom Muslimning rivoyatiga avval yoki okhirida «Oyatal Kursiy»ni qushib uqishni sufiylar joriy qilganlar. Buni «sufiylar khatmi», deb nomlanadi. Bu nur ustiga nur deyiladi, chunki «Oyatal Kursiy» Kuroni Karimdagi eng ulug oyatdir. Ushbu khatmni qilish bizda ham joriy bulib kelayotgan narsadir.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари