Home / Madaniyat / Propiska tizimini soddalashtirishga oid loyiha elon qilindi. Jiddiy uzgarishlar kutilmoqda

Propiska tizimini soddalashtirishga oid loyiha elon qilindi. Jiddiy uzgarishlar kutilmoqda

“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi uzining rasmiy saytida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish buyicha hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasiga quydi.

Foto : KUN.UZ

Takidlash joizki, mazkur qonun loyihasi “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi tomonidan prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi va Harakatlar strategiyasini “Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chiqilgan.

Elon qilingan loyihada kupchilik fuqarolarning etirozlariga sabab bulayotgan “propiska” tushunchasi urniga “ruykhatdan utkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

Shuningdek, Uzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va viloyatida kuchmas mulkni olishda ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bulish hamda yangi qurilgan uylarning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini tulash haqidagi talablar bekor qilinmoqda.

Fuqarolarning birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarini nafaqat uzi doimiy ruykhatda bulgan manzilga, balki egaligidagi boshqa uy-joyga ham doimiy ruykhatga quyish huquqi nazarda tutilmoqda.

Boshqa hududlarda doimiy ruykhatga olingan Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining Toshkent shahri va viloyatida uyni umumiy mulk huquqi asosida oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taminlash sharti bilan boshqa shakhsga berish, garovga (ipotekaga) quyish, kuchmas mulkdan voz kechish va kuchmas mulkni uzgaga berishning boshqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlashda ham ijtimoiy norma tugrisidagi qoidalar inobatga olinishi lozimligi belgilanmoqda.

Doimiy propiska uchun er-khotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yuqotilishi haqidagi qoidalarni qonunchilikdan chiqarib tashlash kuzda tutilgan.

Ilgari Toshkent shahri va viloyatida doimiy ruykhatga ega bulgan fuqarolar qaytib kelganda, ular ushbu hududlarda hech qanday qushimcha shartlarsiz qayta doimiy ruykhatga olinishi mumkin buladi.

Shundan kelib chiqib, vakillik organlariga saylangan, tegishli davlat organlari, khujalik boshqaruvi organlari va respublika ahamiyatidagi boshqa davlat tashkilotlariga tayinlangan khodimlar uchun doimiy ruykhat buyicha lavozimni egallab turish davriga oid cheklov ham olib tashlanmoqda.

Bundan tashqari, oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shakhslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi buyicha ruykhatga turish imkoniyatiga ega buladi.

Vaqtincha turgan joyi buyicha ruykhatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda.

Ayni vaqtda, fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy

va vaqtincha ruykhatdan utmasdan, yashash muddati 10 kundan 15 kunga uzgartiriladi.

Shu bilan birga, doimiy va vaqtincha turgan joyi buyicha ruykhatga olish fuqaroning khohishiga kura ichki ishlar organlari, davlat khizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat khizmatlari portali orqali amalga oshiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi.

Doimiy ruykhatni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki khonadon kartochkasiga shtamp bosish amaliyotidan voz kechish va mazkur jarayonlarni raqamlashtirish kuzda tutilmoqda.

Doimiy ruykhatga olishni rasmiylashtirishda avvalgi yashash joyidan mustaqil ruykhatdan chiqish tartibi, hamda harbiy khizmatga majburlarning doimiy ruykhatga turishdan oldin va keyin harbiy hisob uchun mudofaa bulimlariga borish tartibi bekor qilinib, ushbu jarayonlar idoralararo elektron dastur orqali amalga oshiriladi.

Tugilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida tugilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish vaqtida uni otasi yoki onasining doimiy ruykhat manzili buyicha idoralararo avtomatlashgan tizim orqali doimiy ruykhatga olish tartibi kiritilmoqda.

Yuqoridagilardan tashqari, masul idoralarga fuqarolarning uz khohishi bilan ruykhatda turishini ragbatlantirish, doimiy ruykhat talab etiladigan davlat khizmatlarini vaqtinchalik ruykhat orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratish buyicha zarur topshiriqlar berilgan.

Mazkur loyihalarning mazmuni taklif va mulohazalar bildirish hamda shu asosda ularni yanada takomillashtirish uchun Sizlarning etiboringizga havola etilmoqda.

Muhokama joriy yil 11 aprelga qadar davom etadi.

Qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan uz taklif, fikr va mulohazalaringizni quyidagi link orqali utib qoldirishingiz mumkin:

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари