Home / Siyosat / Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi delegasiya Ilhom Aliev taklifiga binoan, 22–23 avgust kunlari Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi delegasiya Ilhom Aliev taklifiga binoan, 22–23 avgust kunlari Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

Ikki davlat rahbarlari Uzbekiston—Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kup qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti boshligi Rahmatilla Nurimbetov “Daryo” nashriga bergan intervyusida tashrifning muhim nuqtalari haqida gapirdi.


Rahmatilla Nurimbetov
Foto: “Daryo”

“Davlat rahbarining Ozarbayjonga tashrifi tarikhiy ahamiyatga ega buldi. Chunki birinchidan, prezidentimizning ushbu mamlakatga ilk davlat tashrifi, yani, bu diplomatiyada eng oliy darajadagi tashrif hisoblanadi. Ikkinchidan, Ozarbayjon Uzbekiston uchun qardosh yurt. Bizni nafaqat bugungi kun, balki ming yillik rishtalar boglab turadi. Uchinchidan, bu tashrif ikki mamlakat urtasidagi hamkorlikning yangi sahifasini boshlab berdi”, — dedi mutakhassis.


Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rahmatilla Nurimbetovning qushimcha qilishicha, Uzbekiston–Ozarbayjon strategik sherikligi keng qamrovli ahamiyatga ega.


Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bu ham siyosiy, ham khalqaro hamkorlik, ham savdo-iqtisodiy, ham mintaqaviy-gumanitar hamkorlikni qamrab oladi. Tashrif davomida siyosiy sohada qulga kiritilgan qator yutuqlar mavjud. Ikki davlat urtasida davlatlararo oliy darajadagi kengashning tuzilgani shular jumlasidandir. Bunday kengash bir-biriga yaqinlikka, ishonchga ega bulgan, urtada hech qanday muammosi bulmagan davlatlar urtasida tuziladi. Uzbekiston Ozarbayjon uchun, Ozarbayjon esa Uzbekiston uchun shunday ishonchli davlatga aylandi.

Agar khalqaro kun tartibidagi masalalar buyicha ikki mamlakat pozisiyalariga nazar solsak uzaro hamohanglikni kurish mumkin. Hattoki okhirgi paytlarda Uzbekiston va Ozarbayjon qushilmaslik harakati doirasida ham uzaro yaqin hamkorlikni yulga quydi”, — dedi u.


Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Vazirlik mutakhassisining takidlashicha, tashrifning eng asosiy nuqtalaridan biri savdo-iqtisodiy masalalarga oid.


Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Ikki davlat urtasidagi uzaro tovar ayriboshlash hajmi sungi besh yil ichida olti barobarga oshgan. Bu juda muhim kursatgich. Prezidentlar Bokudagi oliy darajadagi muzokaralarda mavjud salohiyat bundan ham ancha yuqori ekani takidlashdi va yaqin kelajakda uzaro tovar ayriboshlash hajmini 1 milliard dollarga chiqarishga kelishib olindi. Uzbekiston va Ozarbayjon bozorlari bir-birini tuldiruvchi bozorlar. Bizning iqtisodiyotimiz bir-birini tuldiradi. Ayniqsa, qishloq khujaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, kimyo, neft-gaz kabi yunalishlar juda istiqbolli hisoblanadi”, —dedi Rahmatilla Nurimbetov.

Check Also

Poytakht chorrahalarida «hammaga tukhtash» qoidasi joriy qilinmoqda

13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda utkazilgan brifingda boshqarma boshligi urinbosari Azizkhon Umarkhonov yul harakati …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари