Home / Madaniyat / Shafoat haqida

Shafoat haqida

shafoat«Shafoat» lugatda boshqa birovga qushilib, unga yordam berish va yonini olib, biror narsani uning uchun surashni anglatadi. Kupincha, shafoat martabasi va hurmati yuqori shakhsning uzidan pastroq odamning tarafini olib, unga manaviy yordam berishi ila sodir buladi.

Qiyomatdagi shafoat ham shundandir. Allohning huzurida shafoat beruvchilar ham gunohkorlarga kumak beradilar. Quroni Karim va hadisi shariflarda qiyomat kuni shafoat berilishi haqida bir qancha khabarlar kelgan.

Alloh taolo «Baqara» surasida quyidagilarni aytadi: «Uning huzurida Uzining iznisiz hech kim shafoat qila olmas» (255-oyat).

Bu ham ulkan sifatlardan bulib, Allohning va bandaning maqomini bayon qilib beradi. Bandalarning barchasi, kim bulishidan qati nazar, Allohning huzurida bandaligini tan olib turib qoladilar. Bu bandalikni chuqur his etish shu darajaga etganki, hatto, hech kim oraga tushib, birovga shafoatchilik qilishga ham jurat qila olmaydi. Faqat Allohning izni bilangina, U bergan izn chegarasidagina shafoat qila oladi. Bu sifat utgan oyatdagi «… va shafoatchilik yuq» jumlasidan istisno ekanligini bilib olamiz. Demak, umumiy qoidaga binoan shafoatchilik yuq, ammo istisno tariqasida, Allohning izni bilan bazi kishilar shafoat qilishlari mumkin.

Alloh taolo boshqa bir oyatda quyidagilarni aytadi: «U Zot ishning tadbirini qilur. Uning iznisiz hech bir shafoatchi bulmas» (Yunus: 3).

Bu oyatda ham shafoat faqatgina Alloh taoloning izni bilan bulishi takidlanmoqda.

«U Zot ishning tadbirini qiladir.»

Bu dunyoda nima ish bulsa, hammasining tadbirini Alloh qiladi. Har bir ishning avvali ham, okhiri ham, foydasi ham, zarari ham, bulishi ham, bulmasligi ham – hamma-hammasi Alloh taologa bogliqdir. Ana shu sifatlarga ega bulgan Zot bandalariga shafoatni ham joriy qiladi.

«Uning iznisiz hech bir shafoatchi bulmas.»

Demak, Allohning iznisiz hech kim shafoatchi bula olmaydi.

Alloh taolo «Maryam» surasida shafoat haqida quyidagilarni aytadi: «Ular shafoatga molik bulmaslar. Magar kim Rohman huzurida ahdu paymon olgan bulsa (molik bular)» (87-oyat).

Qiyomat kuni hech kim birovni shafoat qila olmaydi va birovning shafoatidan bahramand ham bula olmaydi. Bundan mustasno buladiganlar, shafoatga molik bulganlar faqat Allohning Uzidan bu haqda ahdu paymon olganlardir, kholos.

Alloh taolo «Toha» surasida: «U kunda Rohman unga izn bergan va suzidan rozi bulganlardan boshqaga shafoat foyda bermas», degan (109-oyat).

Qiyomat kunida hech kimga shafoat foyda bermaydi. Birov urtaga tushib, birovni oqlay olmaydi. Faqat Alloh bu dunyodagi suzidan – «La ilaha illallohu»ni aytganidan rozi bulib, Uzi shafoat qilinishiga izn bergan kishi uchungina shafoat,inshoalloh, foyda beradi.

Qiyomatdagi shafoat haqida kuplab hadisi shariflar kelgan. Ulardan bazilarini urganib chiqaylik.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mening shafoatim ummatimdan ahli kaboirlargadir», – dedilar.

Muhammad ibn Ali aytadiki: «Menga Jobir «Ey Muhammad! Kim ahli kaboirlardan bulmasa, uning shafoat bilan nima ishi bor!» – dedi».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.

Avf ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mening huzurimga Robbim huzuridan bir keluvchi keldi va menga ummatimning yarmi jannatga kirishi yoki shafoat berilishidan birini ikhtiyor qilishimni suradi. Men shafoatni ikhtiyor qildim. U Allohga hech narsani shirk keltirmay ulgan odamgadir», – dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Paygambar sollallohu alayhi vasallamning shafoatlari mumin holida ulgan osiy va gunohkor musulmonlargadir.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga shafoat beruvchi birinchi odamman. Men nabiylar ichida ergashuvchisi eng kupiman», – dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, mening ummatimdan bir katta jamoaga shafoat qiladigan kimsa bor. Ulardan bir qabilaga shafoat qiladigan kimsa bor. Ulardan bir urugga shafoat qiladigan kimsa bor. Ulardan bir kishiga shafoat qiladigan kimsa bor. Ular jannatga kirgunlaricha shafoat qiladilar», – dedilar».

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shahid uz ahli baytidan etmish kishini shafoat qiladi», – dedilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni uch toifa shafoat qiladi: anbiyolar, ulamolar va shuhadolar», – dedilar».

Ibn Moja rivoyat qilgan.

Shafoat haqida kelgan oyati karima va hadisi shariflarni qisman urganganimizdan keyin, bazi khulosalar qilsak ham buladi. Shafoat Quroni Karim va hadisi sharif ila sobit bulgan yorqin haqiqatdir. U aqlan joiz va sharan vojib narsadir.

Ahli sunna val jamoa mazhabi shunga ittifoq qilgandir. Faqat Khavorijlar va Mutaziliylar bunga khilof qilishgan. Ular uzlarining «Gunohkorlar duzakhda abadiy qolurlar» degan fikrlariga taassub qilib, shu fikrga ketganlar. Hozirgi kunda ham bazi bir khavorij yoki mutaziliy fikrida bulib, shafoatni inkor qiladiganlar, onda-sonda bulsa-da, uchrab turadi. Ular uz fikrlariga dalil ham keltiradilar.

Birinchi dalillari «Muddassir» surasidagi: «Bas, ularga shafoatchilarning shafoati manfaat bermaydir» oyatidir (48-oyat).

Ikkinchi dalillari «Gofir» surasidagi: «Zolimlar uchun hech bir dust ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yuq» oyatidir (18-oyat).

Ular bu oyatlarni dalil qilishlari khatodir. Chunki bu ikki oyat kofirlar haqida kelgan. Shafoat esa mumin-musulmonlar haqida buladi.

Shafoat besh qismga bulinadi:

— Birinchi qism: Ulkan shafoat. Bu shafoat barcha khaloyiq uchun bulib, odamlar mahshar dahshatidan biroz rohatlantiriladi va hisoblari tezlashtiriladi.

— Ikkinchi qism: Bazi qavmlarni jannatga hisob-kitobsiz kiritish uchun buladi. Bu ikki shafoat Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yolgiz uzlariga khosdir.

— Uchinchi qism: Bazi ahli jannatlarning jannatdagi darajalarini ziyoda qilish uchun buladi.

— Turtinchi qism: Bazi duzakhga tushishi vojib bulgan qavmlarni undan qutqarib qolish uchun buladi.

— Beshinchi qism: Bazi gunohkorlarni duzakhdan chiqarib olish uchun buladi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари