Sunggi vaqtlarda internet tarmogida Huawei smartfonlaridagi Android urnini bosishi kuzda tutilayotgan Hongmeng OS haqida malumotlar tarqala boshlagandi. Endilikda kompaniya mish-mishlarga barham berdi: katta vise-prezident Ketrin Channing takidlashicha, Hongmeng OS mobil qurilmalar uchun yaratilmagan va kompaniya Android’dan foydalanishni davom ettiradi.
Shunga ukhshash bildirishnoma bilan Huawei boshqaruvi raisi Lyan Khua ham utgan haftada chiqish qildi. Uning suzlariga kura, kompaniya Hongmeng OS’dan mobil uskunalarga moslashgan operasion tizim sifatida foydalanish mumkin yoki yuqligi borasida bir tukhtamga kela olmagan. U mahsulot internet qurilmalar uchun yuqori sifatli echim kurinishida yaratilgani va faqatgina sanoat ehtiyojlari uchun muljallanganini qushimcha qilgan.
Umuman olganda, katta uzgarishlar ruy berdi. Iyun oyida Huawei vise-prezidenti Endryu Uilyamson kompaniya Android’ning urnini bosuvchi muqobil tizim ustida bosh qotirayotgani va uni allaqachon Khitoyda sinovdan utkazishayotgani haqida gapirgandi. Uning suzlariga kura ushbu operasion tizim yaqin oylar ichida tayyor bulishi kutilmoqda.
Shu yili AQSh Huawei’ga nisbatan sanksiya joriy etganini elon qildi. Bularning barchasi Huawei smartfonlari uchun Android’ning yangilanishlari tukhtalishiga olib keldi va kompaniya boshqa operasion tizimga utish kerak degan khulosaga kelingandi.