Home / Sport / Ronaldu «Yuventus»ni maglubiyatdan qutqarib qoldi
Место рекламы

Ronaldu «Yuventus»ni maglubiyatdan qutqarib qoldi

Juma oqshomida kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi turga start berildi.

Italiyada chempionlikni rasmiylashtirib ulgurgan «Yuventus» yana durang qayd etdi. «Torino»ni qabul qilgan turinliklar Sasha Lukichning 18-daqiqadagi goliga 84-daqiqada Krishtianu Ronalduning goli bilan javob qaytarishdi – 1:1.

«Yuve» utgan turda «Inter» maydonida ham khuddi shu hisobni qayd etgan, umuman, jamoa barcha musobaqalar doirasidagi okhirgi 6ta uyinidan faqat 1tasida galaba qozona oldi, ikkita uyinda maglubiyatga uchrashdi.

La Ligada EChL yullanmasi uchun kurashayotgan «Sevilya» uz uyida «Leganes»ga 0:3 hisobida yutqazib quydi. Fransiyada ham kuchli turtlikka intilayotgan «Marsel» ochko yuqotdi – «Strasburg» maydonidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Bundesligada esa uchinchi urinda mustahkam urnashgan «RB Leypsig» klubi safarda «Mayns» bilan jangvogar durang uynadi – 3:3. Premer-ligada navbatdagi tur «Everton»ning uz maydonida «Bernli» ustidan galaba qozonishi (2:0) bilan boshlandi.

Italiya chempionati, 35-tur
Yuventus – Torino 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18 Lukich, 1:1 – 84 Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Kellini, Bonuchchi, Matyuidi, Spinassola, Pyanich, Kuadrado (Mateus Pereyra, 78), Bernardeski (De Shilo, 85), Ronaldu, Kin.
Torino – Sirigu, de Silvestri (Dzadza, 89), Nkulu, Bremer, Ansaldi, Meyte, Lukich (Ayna, 79), Berenger (Bazelli, 70), Rinkon, Isso, Belotti.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (34), Rinkon (49), Lukich (68), Bonuchchi (71), Bernardeski (82), Bremer (90).

Ispaniya chempionati, 36-tur
Sevilya – Leganes 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 8 En-Nesiri, 0:2 – 20 Breytueyt, 0:3 – 82 Oskar Rodriges.

Angliya chempionati, 37-tur
Everton – Bernli 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17, avtogol Mi, 2:0 – 20 Koulmen.

Germaniya chempionati, 32-tur
Mayns – RB Leypsig 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 20 Klostermann, 0:2 – 32 Klostermann, 1:2 – 43 Onisivo, 1:3 – 49 Verner, 2:3 – 67 Niakate, 3:3 – 83 Mateta.

Fransiya chempionati, 35-tur
Strasbur – Marsel 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 47 Jermen, 1:1 – 65 Lala

Место для рекламы.

Haqqimizda

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари