Garb sanksiyalari Rossiya qurolli kuchlariga mahsulot etkazishga khalaqit berishga qaratilgan, lekin nozik elektronika baribir ruslarga etib bormoqda. Jurnalistlar Qozogiston orqali etkazib berish zanjirlarining bir nechtasini kuzatishdi va ular ruslar tomonidan tuzilgan yangi kompaniyalar orqali utayotganini aniqlashdi.
Jurnalistik surishtiruv korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq etish markazi (Organised Crime and Corruption Reporting Project) — OCCRP saytida elon qilindi.
Surishtiruvning asosiy khulosalari
Savdo statistikasi 2022 yil avvalida Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosdagi bosqinidan sung Qozogistonga dronlar va mikroelektronika importi hajmi usganini kursatmoqda. Qozogistondan Rossiyaga dronlar va mikroelektronika eksporti ham sezilarli tarzda usgan.
Urushdan keyin ruslar tomonidan tuzilgan Qozogiston kompaniyalaridan bu import uchun vositachi sifatida foydalanilmoqda.
«Aspan Arba» («Samoviy arava») nomi ostida ruykhatdan utgan kompaniya dronlarni import qilib, ularni Rossiyadagi «Nebesnaya mekhanika» kompaniyasiga eksport qilgan, u esa uz navbatida dronlarni harbiy tashkilotlarga sotgan. Bu ikki kompaniyaning egasi bitta.
Rus er-khotinga tegishli nemis kompaniyasi mikrochiplarni urush boshlanganidan kup utmasdan ularning ugli nomiga ochilgan Qozogiston kompaniyasiga junatib turgan. Ugil chiplarni Rossiyaga junatgan.
* * *
Ha, dronlar Rossiya – Ukraina urushida keng foydalaniladigan qurolga aylandi. Tadqiqotchilardan biri tomonidan tuzilgan malumotlar bazasi Rossiya qushinlari tomonidan pilotsiz uchar qurilmalardan foydalanishning unlab misollariga ega. Ularning aksariyati erkin savdoda bulgan engil modellar bulib, razedka, artilleriya qurollari muljalini aniqlab berish, propaganda roliklari ishlashda foydalaniladi. Ularning kupchiligi khorijda ishlab chiqarilgan.
Nazariy jihatdan Rossiyaga pilotsiz uchar qurilmalar importi Garb sanksiyalari bilan yopilgan bulishi kerak edi. Biroq, amalda unga ega bulish imkoniyatlari ochiqligicha qolmoqda. Bu nafaqat dronlarga taalluqli. Raketalardan tortib, minasizlashtirish uchun foydalaniladigan robotlarda ishlatiladigan takomillashgan mikrochiplar ham Rossiyaga khorijdan kirib kelishda davom etmoqda.
Jurnalistlarning aniqlashicha, qator holatlarda urushgacha shunday qurilmalar savdosi bilan shugullangan Rossiya fuqarolari yangi kompaniyalar ochishgan va ular etkazib berish zanjirining bir qismiga aylangan.
Etkazib berish yunalishi ham Rossiya, ham Garb davlatlari bilan yakhshi munosabatlarni saqlab qolishga tirishayotgan Qozogiston orqali utayotgani malum buldi.
Qozogiston «Rossiyaning sanksiyalarga chap berishga bulgan barcha imkoniyatlaridan qochishga harakat qilmoqda», degan edi mamlakat tashqi ishlar vaziri fevral oyida AQSh davlat kotibi bilan matbuot anjumanida. Lekin u bu «juda qiyin» ekanini ham takidlab utgan edi, chunki Qozogiston va Rossiya Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi azosi hisoblanadi va mamlakatlar urtasidagi savdo-sotiq bojkhona nazoratidan utkazilmaydi.
Chindan ham, Qozogistonning savdo-sotigi haqidagi malumotlari Rossiyaga pilotsiz uchar qurilmalarni etkazib berish uchun oraliq davlat sifatida foydalanilayotganidan dalolat berib turibdi.
2021 yilda, Rossiya Ukrainaga keng miqyosdagi bosqin uyushtirishidan avval Qozogistonga dronlar shu qadar kam olib kirilganki, ular import-eksport tugrisidagi rasmiy hujjatlarda ham aks etmagan. Biroq, 2022 yilda mamlakat 5 mln dollarlik dronlar import (deyarli barchasi Khitoydan) qilib, Rossiyaga 1,23 mln dollarlik dronlar eksport qilgan.
Mikrochiplar importi ham keskin oshgan: rasmiy statistikaga kura 2021 yilda Qozogistonga 35 mln dollarlik tarkibiy qismlar olib kirilgan, bu raqam sunggi yillarda mutadil ravishda oshib kelgan. 2022 yilda esa import ikki barobardan ziyodga usgan va 75 mln dollardan oshib ketgan.
Bir vaqtning uzida Qozogistondan Rossiyaga mikrochiplar eksporti arzimagan 245 ming dollardan 18 mln dollargacha — 70 barobarga usgan.
Bu khulosalar Rossiya sanksiya cheklovlarini osongina aylanib utayotgani haqidagi khabarlarni tasdiqlaydi: Rossiyaning «Orlan» pilotsiz uchar qurilmalari ishlab chiqaruvchi kompaniya ham, «Rostekh» sanoat konglomerati ham garbda ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlarni muvaffaqiyatli import qilmoqda.
Eksport nazorati buyicha mutakhassis Erik Vudsga kura, «sanksiyalarning tasiri hamma bu yulda birlasha olishiga ham bogliq».
«Barcha kompaniyalar kim bilan biznes olib borayotganiga etibor qaratishi, ayniqsa sanksiyalarga chap beruvchi markazlar bilan ishlashda hushyorroq turishlari lozim. Shu sababli ikkilamchi sanksiyalar ham mavjud, biz bir hukumat boshqa hukumatlarga bosim qilib, ular tomonidan joriy etilgan sanksiya rejimining bir qismi bulishga majburlayotganining guvohi ham bulmoqdamiz. Huquqni qullashni kuchaytirish talablarga rioya etishni tartibga soluvchi yakhshi signal bula oladi», — degan Vuds.
Biroq, Qozogiston kabi davlatlar uzining qudratli qushnisi bilan dunyodagi eng uzun umumiy chegara va uzoq tarikhga egaligi tufayli harakat uchun imkoniyatlari cheklangan ekaniga guvoh bulishi mumkin.
«Rossiya Qozogistonni majburlay oladi. Ishonchim komilki, Qozogiston hukumatida bulib yotgan ishlardan norozi kuplab yoshlar bor. Lekin ular istashsa ham qullaridan hech narsa kelmaydi», — degan Vuds.
Vudsga kura, garchi yirik kompaniyalar sanksiyalardan chuchishsa ham, vositachi sifatida uz urnini topgan mayda operatorlar uzoq AQShdan keladigan jazo haqida mutlaqo uylashmaydi.
«Agar Qozogiston kompaniyasi AQSh bilan birga ish olib bormasa, rossiyaliklarni aldab, ular istagan biror narsani uch barobar qimmatroqka utkazish orqali millionlab dollar ishlab topish mumkin bulsa — bu biznes», — degan Vuds.
Vudsga kura, alaloqibatda bu «kichik odamchalar»ning millionlari urush Putin foydasiga hal bulishida ahamiyat kasb etmaydi, lekin ularning soni shu qadar kupki, Rossiyada shunday qila olamiz, degan taassurot paydo bulishi mumkin.
«Toki ular shunday qila olamiz, deb turar ekan, urush davom etaveradi. Urush qachonki Rossiyaning patronlari tugasa yakunlanadi», — degan u.
«Nebesnaya mekhanika»
Garchi urushda foydalanilayotgan pilotsiz uchar qurilmalarning ayrimlari buyurtma asosida tayyorlanayotgan yoki makhsus harbiy modellar bulsa-da, ham Rossiya, ham Ukraina kuproq tayyor istemol modellaridan foydalanib kelmoqda.
Ularning aksariyati Khitoyning etakchi DJI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Urushda har ikki tomonning dronlardan foydalanishi buyicha malumotlar bazasini yaratgan mutakhassis Feyn Grinvud u aniqlashga muvaffaq bulgan dronlarning 59 foizi DJI mahsulotlari ekanini takidlagan. Aynan shu kompaniyaning dronlari uchun Rossiya Telegram-kanallari frontga yordam qilish maqsadida muntazam pul yigib turishadi.
DJI uz dronlari harbiy maqsadlarda yaratilmaganini qatiy takidlab chiqdi, shuningdek, utgan yil aprel oyida uning mahsulotlari na Rossiyaga, na Ukrainga sotilayotganini aytdi.
Utgan oyda AQSh DJI’ning Dubayda joylashgan distribyutoriga mahsulotlarini Rossiyaga sotganlik uchun sanksiya joriy etganida, DJI tezda «ortiq mualliflik dileri emasligi» haqida bayonot berib, boshqa yurisdiksiya sanksiyalarini buzmayotganini kafolatlovchi shaffof dalolatnomalari borligini ham qushimcha qilgan.
Nima bulganda ham, DJI dronlari hamon Rossiyaga etkazilmoqda va jang maydonlarida paydo bulmoqda.
Etkazib beruvchilar orasida Moskvadagi «Nebesnaya mekhanika» kompaniyasi ham bor. Inglizcha nomi «Sky Mechanics» bulgan firma «SKYMEC» savdo belgisidan ham foydalanadi va uzini «Rossiyadagi DJI markali dronlarning etakchi distribyutori va echimlari integratori» sifatida taqdim etadi.
Kompaniya saytining «hamkorlari va mijozlari» bulimida etakchi neft va konchilik kompaniyalari, mobil aloqa operatorlari, davlat kompaniyalari, jumladan RJD temiryul kompaniyasi, FVV va IVV kursatilgan.
Biroq, «Nebesnaya mekhanika»ning jurnalistlar izlab topgan tranzaksiyalari yozuvi kompaniya DJI dronlarini Ukrainadagi urushni yoqlab kelayotgan turli harbiy notijorat kompaniyalariga ham sotganidan dalolat berib turibdi.
Ulardan biri — «Khalq fronti: hammasi galaba uchun» tashkiloti bulib, Rossiya harbiy qismlarini taminlash uchun khayriya mablaglari yigish bilan shugullanadi.
Ayni vaqtda ushbu guruh urush targibotchisi Vladimir Solovyov tomonidan ilgari surilgan «Uchaqolinglar, birodarlar» nomi ostida mablag tuplash kompaniyasini olib bormoqda. Yigilgan pullarga Ukrainaning Donesk va Luhansk oblastlarining Rossiya okkupasiyasi ostidagi hududlarida jang olib borayotgan jangarilarga dronlar kharid qilinadi. Utgan yil avgustida Solovyov 300 ta dron kharid qilinganini yozgan edi.
Bu yil «Khalq fronti» dron sotib olishda davom etmoqda: fevral oyida tashkilot birgina «Nebesnaya mekhkanika»ning uzidan 799 ming rublga dron sotib olgan. Kompaniya uz saytida khuddi shu narkhga DJI Mavic 2 Enterprise Advanced dronini reklama qilmoqda.
Jurnalistlar umumiy hisobda «Nebesnaya mekhanika»dan dron sotib olish uchun 15 mln rubldan ziyod mablag sarflagan yana uchta notijorat tashkilotlarni topishgan.
«Nebesnaya mekhanika» dronlarni qaerdan olyapti?
Jurnalistlar akhtarib topgan Rossiya bojkhonasi malumotlari manbalaridan kamida bittasi Qozogistonda ekanini kursatmoqda. 2022 yilda u Qozogistonning «Aspan Arba» kompaniyasidan 500 ta dron import qilgan.
Bu kompaniya 2022 yil aprelida, urush boshlanganidan ikki oy utib tuzilgan. Qozogistonning «Metalmayninginfo» akhborot agentligi khabariga kura, u DJI dronlarining Qozogistondagi rasmiy dileri bulib, foydali qazilmalar qazib olish, qurilish, avariya-qutqaruv va qishloq khujaligi ishlari uchun dronlar etkazib beradi.
Lekin «Aspan Arba» va Rossiyaning «Nebesnaya mekhanika» firmalari bitta odam tomonidan boshqarilishiga ishora qiluvchi kuplab faktlar bor.
Har ikki kompaniya uz egasi sifatida Ilya Golbern degan insonni kursatgan. Qozogiston kompaniyasining direktori Mikhail Sapojnikov Golberg bilan birga «Nebesnaya mekhanika» hammuassisi bulgan. «Aspan Arba» saytida kursatilgan telefon raqami esa bir vaqtning uzida «Nebesnaya mekhanika» khodimiga ham tegishli.
Dronlarni Qozogistonga olib kirish uchun cheklovlar yuqligi sababli, «Aspan Arba» bemalol bu ish bilan shugullangan.
Qozogiston raqamli rivojlanish vazirligi malumotlariga kura, Khitoy kompaniyasining Niderlandiyadagi DJI Europe BV shuba korkhonasidan 45 mln dollarlik 18 mingta DJI dronlari olib kirishga lisenziya olgan.
«Nebesnaya mekhanika» va «Aspan Arba» egasi Golberg bu voqeani jurnalistlarga izohlashdan bosh tortdi. DJI vakili esa jurnalistlarga Khitoy kompaniyasi va uning shuba korkhonalari «2022 yilning aprelidan boshlab Rossiya va Ukrainaga barcha etkazib berishlar va operasiyalarni ikhtiyoriy ravishda tukhtatgani»ni takidlagan.
«Biz bu ikki davlatdagi va boshqa joylardagi distribyutorlik tarmoqlarimizni bu ikki davlatdagi mijozlarga har qanday mahsulot va ehtiyot qismlarni yakuniy foydalanish maqsadidan qati nazar bloklash lozimligi tugrisida ogohlantirdik, — deb yozgan kompaniya. — Biz bu holni aks ettirish uchun sotuv siyosatimizni tegishli tarzda yangiladik. Bizning dalolatnomalarimiz AQSh yoki boshqa yurisdiksiya sanksiyalari buzilmayotganini kafolatlaydi».
DJI vakili «Aspan Arba» bilan «hamkorlik» 2022 yil mayida boshlangani va 2023 yilda qayta tiklanmaganini takidlab utgan.
Oilaviy biznes
Moskva markazidagi kvartiralardan birida ruykhatdan utgan va elektron tarkibiy qismlar bilan savdo qiluvchi «Stek» uzini «yosh, muvaffaqiyatli ravnaq topayotgan kompaniya» sifatida tariflaydi.
Rossiya bojkhona khizmati malumotlariga kura, 2022 va 2023 yillarda firma Qozogistondan mikroskhemalar, diodlar, tranzistorlar va jami 4,2 mln dollarlik boshqa tovarlar import qilgan.
Bojkhona malumotlari bu tovarlar kim tomonidan ishlab chiqarilganini akslantirmagan, biroq mahsulotlar Hongkong, Germaniya, Niderlandiya va Singapurda ishlab chiqarilgani malum.
«Stek» mahsulotlari kharidorlari esa, saytida yozilishicha, radiotizimlari ishlab chiqaruvchi, «Roskosmos» tarkibidagi MEI makhsus konstruktorlik byurosi, Moskva projektor zavodi — u Rossiya raketa va zenit-raketa komplekslari uchun quvvatlash manbayi ishlab chiqaradi.
Jurnalistlar tomonidan izlab topilgan «Stek» tranzaksiyalar yozuvlariga kura, kompaniyaning 2022 yilgi savdosining katta qismi «Set-1» degan kompaniya bilan amalga oshirilgan.
«Set-1» sayti ayni damda ishlamayapti, lekin uning arkhiv versiyasida kompaniya Rossiya harbiylari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun «makhsus tekhnika yaratish va ishlab chiqish», jumladan masofadan turib boshqariluvchi «Sfera» va «Skarabey» robotlarini yasash bilan shugullanishi bayon qilingan. Rossiya harbiylari kompaniyaning mahsulotlaridan Suriyada foydalangan, endi esa Ukrainaning okkupasiya qilingan hududlarini minalardan tozalash buyicha operasiyalarda foydalanmoqda.
2022 yilda «Set-1» Rossiya tashqi razvedka khizmati, FKhKh hamda Ukraina sharqida uzini mustaqil deb elon qilgan Donesk khalq respublikasidagi rus qugirchoq mansabdorlari uchun elektron uskunalar urnatgan.
«Stek»ning bosh direktori va egasi Ilya Silniskiy jurnalistlarning savollariga javob qaytarmadi. «Set-1» egasi Sergey Efremenkov ham savollarni javobsiz qoldirgan.
Jurnalistlar esa «Stek» Qozogistondan import qilib savdoga chiqargan ayrim tarkibiy qismlar qaerdan kelib qolganini topa olishdi.
Bojkhona malumotlariga kura, shu yilning yanvarida «Stek» 2598 ta mikrochipdan iborat partiyani Qozogistonning «Da Group 22» kompaniyasidan qabul qilib olgan. Usha oyning uzida «Da Group 22» shu hajmdagi partiyani Germaniyaning Shtutgart shahrida joylashgan «Elix-St» kompaniyasidan qabul qilib olgan.
Malum bulishicha, «Da Group 22» ham «Elix-St» ham rossiyalik bir oilaga tegishli ekan.
Nemis kompaniyasi egalari er-khotin Evgeniy va Elena Chernet, utgan yil martida ruykhatdan utgan Qozogiston kompaniyasi egasi esa ularning ugli ekani gumon qilinayotgan Aleksandr Chernetdir.
Elena va Evgeniy Chernet Rossiyada ham elektromagnit tulqinlarni yutuvchi materiallar ishlab chiqarishga ikhtisoslashgan «Eliks-M» kompaniyasiga egalik qilishadi. Ulardan radarlar nishonidan yashirinish uchun foydalanish mumkin. «Eliks-M» mijozlari orasida Rossiyaning bir necha mudofaa kompaniyalari bor.
Germaniyaning savdo malumotlari 2018 yildan 2021 yilgacha, yani Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanishidan avval Shtutgartdagi «Elix-St» kompaniyasi Qozogistonga hech narsa eksport qilmagani, biroq Rossiyaga 500 ming dollarlik elektron tarkibiy qismlar sotganini kursatadi.
2022 va 2023 yillarda vaziyat teskari bulgan: «Elix-St» Rossiyaga hech narsa junatmagan, yuzlab ming dollarga baholanadigan tarkibiy qismlar Qozogistondagi «Da Group 22»ga junatilgan.
Jurnalistlar «Elix-St»ning Shtutgartdagi ofisiga borishganida uyda hech kim yuq edi. Qushnilarining bildirishicha, Evgeniy va Elena Kiprda, ularning «ugli» esa katta ehtimol bilan yo Moskvada, yo Qozogistonda ekan.
Sharh surab «Elix-St»ni tamsil etuvchi yuridik firmaga murojaat qilinganida, kompaniya chindan ham «Da Group 22»ga elektron tarkibiy qismlar etkazib berishgani, lekin ular «videoregistratorlar uchun» foydalanilishi nazarda tutilganini aytishgan. Ayrim holatlarda sunggi foydalanuvchidan tarkibiy qismlar belgilangan maqsadlarda ishlatilganini tasdiqlovchi sertifikatlar ham borligini aytishgan.
«Elix-St» «Da Group 22» Chernetning ugliga tegishli ekani tugrisidagi akhborotni rad etdi. Isbot sifatida Qozogistonga tegishli, eskirgan korporativ hujjat taqdim etilgan va unda qozoqcha familiyaga ega inson muassis sifatida kursatilgan. Biroq mavjud joriy malumotlar kompaniya direktori va egasi Aleksandr Chernet ismli inson ekanini kursatib turibdi.
«Taniqli khalqaro brendlar»
Yana bir holatda jurnalistlar Rossiyaning nomi bir khil bulgan ikkita kompaniyasiga duch kelishgan. Ular Qozogistondan elektron tarkibiy qismlarni mudofaa sanoatiga import qilish uchun vazifani bulib olishgan.
Moskvadagi «Praym Komponents» nomi ostida savdo qilayotgan «Praym» kompaniyasi uzini «professionallar uchun elektron tarkibiy qismlar» manbayi sifatida reklama qiladi.
«Bizning kompaniyamiz faqat tan olingan jahon brendlarining ishonchli mahsulotlarini sotadi hamda ishonchlilikni milliy va khalqaro sertifikatlar bilan tasdiqlaydi», — deyiladi kompaniya saytida.
Davlat kharidlari tugrisidagi akhborotlarni taqdim etuvchi hukumat portali malumotlariga kura, «Praym» davlat mudofaa konglomerati — «Rostekh» shafeligi ostida mudofaa korkhonalariga tarkibiy qismlar etkazib bergan. Uning utgan yilgi asosiy mijozlaridan biri RF mudofaa vazirligi uchun aloqa vositalari ishlab chiqaruvchi «Elektropribor» zavodi bulgan.
Utgan yili «Praym» 100 mln rubl (1,4 mln dollar)dan ortiq summaga Rossiyadagi shu nomdagi «Praym Ek» kompaniyasidan tarkibiy qismlar kharid qilgan. Har ikki kompaniya ofislari bitta binoda joylashgan, ular umumiy telefon raqamlariga ega.
Bojkhona malumotlari «Praym Ek» 2022 va 2023 yillarda Qozogistondagi nomalum etkazib beruvchilardan 3,1 mln dollarlik butlovchi qismlar kharid qilganini kursatadi. Ularning importi tarkibiga Garbning Texas Instruments, Analog Devices va STMicroelectronics kabi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari kiradi. Jurnalistlar aniqroq malumot va izoh olish uchun «Praym» va «Praym Ek» kompaniyalariga boglana olishmagan.