Home / Iqtisodiyot / Namanganda parranda monopoliyasini yaratayotganlar, qullab-quvvatlayotganlar kim?

Namanganda parranda monopoliyasini yaratayotganlar, qullab-quvvatlayotganlar kim?

Andijonda imtiyozli kredit asosida aholiga tarqatilgan qizil tovuqlar nobud bulayotgani mojarosi ortidan, Namanganda ham tovuq bilan bogliq vaziyat mavjudligi haqida tahririyatimizga khabar kelib tushdi.

Malum bulishicha, 2022 yil fevral oyida Namangan viloyatining bir qator hududlarida khalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori bilan «Sakhovat va kumak» jamgarmasidan 500 million sumdan pul kuchirilgan.

Jamgarmadan Mingbuloq, Namangan, Norin, Uchqurgon, Uychi, Yangiqurgon tumanlari hamda Namangan shahrida 500 million, Pop tumanida 400 million sum mablag «Golden egg of Namangan» MChJga kuchirib berilgan. Ayrim qarorlarda mazkur korkhona nomi kursatilmagan bulsa-da, pul baribir shu korkhonaga kuchirilgani malum buldi.

Mazkur mablag evaziga turli daftarlarda turadigan kam taminlangan oilalarga tukhum quyadigan bepul tovuq va parranda uchun em berilishi nazarda tutilgan.

Tahririyatimiz ikhtiyoriga Uychi tumanida ana shunday tovuqlar tarqatilgan ruykhat ham kelib tushdi. Ruykhatdagilar bilan gaplashganimizda, bu oilalarning birortasi tovuq olmaganini takidladi. Bu esa turli shubha va gumonlar paydo bulishiga sabab buldi. Shu sababli Kun.uz ijodiy guruhi jurnalistik surishtiruv utkazish uchun Namangan viloyatiga yul oldik.

Surishtiruvimizni dastlab Uychi tumanidan boshladik. Biz Soku, Gulbog va Hurriyat mahallalarida buldik. Ruykhatda mavjud oila vakillari bilan suhbatlashdik. Ularga bu yil hisobidan hech qanaqa tovuqlar berilmaganini malum qilishdi.

 Surishtiruv davomida Gulbog mahallasidagi oilalardan biriga tovuq berilgani, lekin ular bizda mavjud ruykhatda yuqligi malum buldi. Hilola Buvaevaga yaqin bir-ikki oy ichida 37 ta tovuq berilgan ekan.

Hilola Buvaeva

Shundan sung biz Uychi tuman hokimligida bulib, tuman hokimining birinchi urinbosariga yuzlandik. U tovuqlar hamon tarqatilayotganini takidlab, shu paytgacha tovuqlarni qabul qilib olgan oilalarning ruykhatini taqdim etdi. Biz Gulbog mahallasida kurgan, tovuq olgan oila ham ruykhatda borligiga amin buldik. Hokim urinbosari yangi tayinlangani sababli taminotchi korkhona qanday tanlangani bilan bogliq savolimizga javob berolmadi.

Biz Namangan shahrida va Namangan tumanida ham buldik. Hokimning birinchi urinbosarlari bu boradagi ishlar haqida gapirib berishdi.

Khususan, Namangan shahar hokimining birinchi urinbosari Rustam Isoqov mablagni khalq deputatlari shahar kengashi qarori bilan kuchirganmiz dedi. Vaholanki, kengash qarorida «Golden egg of Namangan» MChJga pul kuchirish haqida gap-suz yuq. Biroq mablag aynan usha korkhonaga kuchirilgan. Bu holatni Isoqov izohlay olmadi.


Rustam Isoqov

Qaror ijrosi buyicha khalq deputatlari Namangan shahar kengashi kotibiyat mudiri Nosirjon Ubaydullaev bilan suhbatlashdik. Qarorda bir muhim jihat bor: parranda tarqatiladigan kambagal oilalar ruykhati kengash tasdigiga kiritilishi kerak. Yani deputatlar hududlarda haqiqatda ehtiyojmand oilalarni biladi, taniydi. Tabir joiz bulsa, aslida muhtoj oilalarni har bir deputat uz hududidan tanlab, tasdiqlab, tavsiya qilishi maqsadga muvofiq. Biroq kotibiyat mudiri bilan suhbatimiz davomida angladikki, ularga oilalar ruykhati taqdim qilinmagan. Qaror ijrosi ayni vaqtda qaysi jarayonda ekani bilan bogliq savollarimizga tayinli javob bulmadi.


Nosirjon Ubaydullaev

Shahar kengashi qarorida «Golden egg of Namangan» MChJga pul kuchirish kursatilmagani, biroq ushbu jamiyatga mablag tulab berilgani bu jarayon khalq vakillari – deputatlar irodasi bilan amalga oshgani yoki qonun-qoidalarga tugri kelishini shubha ostiga quyadi.

Namangan tumanida ham hali parranda tarqatib bulinmagan. Tuman hokimining birinchi urinbosari Azamjon Ahmadaliev parranda iyul oyida tarqatilgani va bitta tovuqning narkhi 90-100 ming sumdan tushayotganini bildirdi. Bundan tashqari, uning ozuqasi uchun ham qushimcha mablag tulangan.


Azamjon Ahmadaliev

Malum bulishicha, tovuqlarni iyun oyining okhiri, iyul oyining boshlarida tarqatish boshlangan. Biz tumanlar taqdim etgan ruykhat buyicha tovuq olganlar bilan suhbatlashganimizda, ular bir oyning nari berisida tovuqlar berilganini aytib utishdi.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, tovuq olganlar tovuqlar tekin berilgani, emi ham berilgani, veterinarlar kelib emlab ketishganini ham takidlashdi.

Biz «Golden egg of Namangan» MChJ joylashgan hududga ham borib, bermoqchi bulgan savollarimizga javob ola bilmadik. Rahbarlar Toshkentda degan vajni eshitdik.

Shundan sung Kosonsoy tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan mashgul bulib turgan viloyat hokimining birinchi urinbosari Tolibjon Yusupov bilan kurishdik.

Yusupov viloyatda parrandachilikni rivojlantirish, aholini kambagalchilikdan chiqarish borasida qilinayotgan ishlarni suzlab berdi. Hokim urinbosari barcha tumanlar emas, faqat parrandachilikni rivojlantirish salohiyati bor tumanlardan pul kuchirilganini aytdi.

Yusupov tovuq tarqatish nega turt-besh oyga kechikib ketganini hokim yordamchilarining aholi urtasidagi surovi, urganishi va odamlarning aynan khonaki qora tovuq talab qilgani bilan izohladi.

Aytish lozimki, hokim urinbosari bu izohi bilan mavjud vaziyatni uzi inkor etdi. Agar hokim yordamchilari aholi talabini urgangandan keyingina qora tovuq tarqatish maqsad qilingan bulsa, nega yil boshidanoq bitta MChJga pul kuchirish tugrisida qarorlar qabul qilingan? Nega aynan 500 mln sumdan? Akhir usha vaqtda qanday tovuqqa talab bulishi, uning narkhi, parrandani qaysi korkhonadan olish haqida hokimliklarda malumot bulmagan-ku.

Demak, Yusupov kamida bizga yolgon gapirdi yoki tovuqlar tarqatish kechikib ketgani sababini izohlash uchun unda asosning uzi yuq.

Va eng asosiysi, viloyatda bevosita iqtisodiy masalalar, kambagallikni kamaytirishga masul bulgan Tolibjon Yusupov bu khatti-harakatlar monopoliyaga olib borishi va buning turgani bitgani iqtisodiy tanglikka olib borishini tan olmadi. Qator tumanlar YuQORIDAN makhsus topshiriq olgandek bitta MChJga avans tashlab berishini tabiiy qabul qildi. Bu holatni viloyatda bunday katta buyurtmani qabul qila oladigan boshqa korkhona yuqligi bilan izohlab quya qoldi. Vaholanki, ushbu korkhona ham talabgorlarni tovuqlar bilan uz vaqtida taminlab berolmayapti.

Savol tugiladi: akhir halol va adolatli yul bilan byudjet pullariga egalik qilish uchun barcha tadbikorlar haqli emasmi? YOki birida bor imkoniyat boshqalarida yuqmi? Tukhumi qimmatbaho va shifobakhsh bulgan khonaki qora tovuq etishtirish boshqalarning qulidan kelmaydimi?

Biz parrandachilik bilan shugullanuvchi mahalliy tadbirkor “Doniyorbek oltin parranda” MChJ rahbari Ilyoskhon Darveshovga yuzlanganimizda, u ham qora zotli tovuqlarni usha narkhlarda etkazib bera olishini malum qildi. Farqi shundaki, bu kabi korkhonalar «Golden egg of Namangan» MChJ kabi yirik bulmagani uchun ularga imtiyozlar berilmaydi. Ular faoliyatini kengaytirishi, rivojlanishi uchun banklar eshigida sargayadi, baland foizli kreditlar olishga majbur buladi. Vaholanki, foizsiz usha mablaglarni tuman-shaharlar uz hududidagi parrandachilik korkhonalariga utkazib berganida ham jarayon anchagina shaffof bulardi. Kamiga hududlarda parrandachilik bilan shugullanayotgan tadbirkorlar faoliyati qullab-quvvatlangan bulardi.


Ilyoskhon Darveshov

Albatta, prezident topshirigi bilan temir daftar, ayollar daftariga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka urgatish yakhshi, lekin nima uchun qandaydir korkhonalar bu ish ortidan qulini isitib olishi kerak?

Tumanlar bir kunda bir khil summada mahalliy byudjetning orttirilgan qismidan mablag utkaziladigan «Sakhovat va kumak» jamgarmasidan parrandachilik bilan shugullanuvchi khususiy firmaga bir khil miqdorda pul utkazgani viloyat darajasida topshiriq berilganidan dalolat berib turibdi.

Eng achinarlisi, tumanlar va Namangan shahridagi mahalliy kengashlarda mana shu savolni urtaga tashlaydigan biror deputat topilmagani. Boz ustiga, ular uzlari qabul qilgan qaror qay tarzda amalga oshirilayotgani, ijrosi qay ahvolda ekaniga qiziqmagani – bu deputatlar shunchaki tepadan tushirilgan topshiriqlarni tasdiqlab beruvchi “qul” ekanligidan nishona emasmi?

Biz bilan suhbatda biror bir mutasaddi «Golden egg of Namangan» etkazib berayotgan tovuqlarning narkhi qanday shakllangani haqida asosli fikr berolmadi. Agar jamiyat etkazib berayotgan tovuqlar haqiqatan tilla tukhum quygan taqdirda ham bunday imtiyozlar nomaqbul ekanini masullar negadir tushunishni istashmayapti. Aksincha, Namanganda parranda monopoliyasi shakllanishi, boshqalarga imkoniyat qoldirmaslik uchun barcha harakatlar qilinmoqda. Yangi, yosh tadbirkorlar bu maydonga kirish u yoqda tursin, yaqinlashishi ham dargumon.

Gapning indallosini aytganda, bu holat – viloyat rahbariyati tomonidan qullab-quvvatlanayotgan monopoliya. Naqadar ezgu niyatlarda qilinayotgan bulmasin, bu ish adolatga va mavjud qonun-qoidalarga tugri kelmaydi.

Byudjet pullari qanday qilib tuya qilinayotgani esa alohida urganish talab qiladigan mavzu. Bunga Bosh prokuratura va Hisob palatasi ham qarab turmasa kerak. Yana kim bilsin…

Shuhrat Shokirjonov, Isomiddin Pulatov — Kun.uz mukhbirlari.

Tasvirchi va montaj ustalari: Fakhriddin Hotamov, Tohirjon Tursunov.

Check Also

stol-ofice

Ofisingiz uchun tugri ish stollarini qanday tanlash mumkin?

Boshqaruv uchun muljallangan mebel qimmat, uni ishlab chiqarish uchun materiallar qimmat va sifatli. Rahbar stoli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари