Home / Siyosat / «Ayol bulgani uchungina unga kup eshiklar yopiladi» – Saida Mirziyoeva gender tengligi haqida

«Ayol bulgani uchungina unga kup eshiklar yopiladi» – Saida Mirziyoeva gender tengligi haqida

25 fevral kuni Toshkentda «Uzbegim ayoli» mukofotini topshirish marosimi bulib utdi.

Tadbirda Uzbekiston gender tengligini taminlash komissiyasi azosi, Milliy mass-mediani qullab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi urinbosari Saida Mirziyoeva suzga chiqdi.

«Jonini garovga quyib, yangi insonga hayot bergan ayol borki, dunyo dunyo bulib turibdi.

Uzidan kechib, butun umri, mehrini yaqinlariga bagishlagan ayol borki, dunyo dunyo bulib turibdi.

Turmush guzalroq, obod bulsin deb, bilimi, kuch-quvvatini ayamagan ayol borki, dunyo dunyo bulib turibdi.

Ojiza deb atalguvchi siz ayollar har lahzada kuchingiz, bardoshingizni namoyon qilasiz. Sizning har kuningiz qahramonlik. Kuzga kurinmaydigan, birov bilib, birov bilmaydigan jasoratdir. Siz tahsinga sazovorsiz.

Ruzgorim but, birim ikki bulsin deb hunar egallagan, kechalarni bedor utkazgan mushtiparim. Siz tahsinga sazovorsiz.

Har qanday sharoitda uz ustida ishlagan, bilim olishga intilgan ziyoli opa-singillarim. Siz shu yurtga ilm durini taratyapsiz. Vatanimizni sizdan tarbiya olgan ugil-qizlar yuqori chuqqilarga kutaradi. Siz tahsinga sazovorsiz.

Barcha ayollar kabi uzbek khotin-qizlarining ham orzulari cheksiz. Kimdir uchuvchi, yana kimdir harbiy, arkhitektor, muhandis, kashfiyotchi, dasturchi, tergovchi bulaman deydi, qiziqadi shu sohalarga. Ammo erkaklarga nisbatan kuproq harakat qilishi kerakligini tezda tushunib oladi. Ayol bulgani uchungina uning qarshisida kup eshiklar yopiladi. Ana shunday qilib, umid sunadi, orzular chilparchin buladi.

Ammo tarikhdan malum, katta kuch talab qiladigan kasblarda ham ayollar yutuqlarga erishgan. Urushga ketgan erkaklar urniga zavod stanoklarini boshqargan ham khotinlar. Zarur bulsa, quliga qurol olgan ham shular. Dalaga chiqqan ham ayollardir.

Qanchadan-qancha ayollar ilm-fan va madaniyatda olamshumul zafarlarga erishgan, dunyo tan olgan, noyob mutakhassis darajasiga etgan.

Mana misol – jahonga tanilgan ayol dirijyorlardan biri hamyurtimiz, shu zaminda yashab ijod qilgan Dilbar Abdurahmonova buladi. Akademik Hadicha Sulaymonova Markaziy Osiyoda birinchi sud ekspertizasi institutining asoschisi. Arkheologimiz Galina Pugachenkova ilmiy ishlarining dovrugi butun dunyoga tarqalgan. YOki eng sunggi yangiliklardan Aziza Shonazarova Kolumbiya universiteti professori maqomini olgan birinchi uzbekistonlik bulsa, Nigora Hakimova Oksford universitetining islomshunoslik markazida  uzbekistonlik ilk tadqiqotchi ayol buldi.

Bu darajaga etish oson deysizmi? Albatta, oila, farzandlar, yaqinlariga etarli vaqt ajratish bilan birga yutuqlarga erishish juda mushkul.

Ayolning tabiati shunday. Kerak bulsa ulgayadi, chidaydi, kuchli buladi», dedi Saida Mirziyoeva.

Saida Mirziyoeva hozirda 65 yoshni qarshilagan ammasi haqida gapirib berdi.

«Buvim vafot etganlarida dadam 9, opalari 12 yoshda bulganlar. Mana shu 12 yoshli qizaloq dadamni ona urnida voyaga etkazgan. Uqishga kirib Samarqandga ketgan paytlarida ham stipendiyani uzlariga ishlatmay, ukalari, yani dadam bilan baham kurganlar.

Uzlari yoshgina bulib, onasiz qolgan ukaga gamkhurlik qilish ular uchun tabiiy hol bulgan, «men qahramonlik kursatyapman» degan fikr ammajonimning khayoliga ham kelmagan», – dedi Mirziyoeva.

U 16 fevral kuni Dubayda utgan Butunjahon ayollar forumida qatnashganini eslab utdi.

«Forumdan keyin ammamdan telefon bulmadi. Hayronman, ammam kurmay qoldilarmikin? Keyin bilsam, iPhone telefonlari buzilib qolibdi.

65 yosh bulsalar ham, iPhone ishlatadilar. Har doim yozib turadilar. Uni quying, 76 yoshli buvim repost qilishni ham biladilar, matn ham yozadilar, biron joyida khato ketsa tahrirlab ham quyadilar», – deydi Saida Shavkatovna.

«Yaqinda turli soha mutakhassislari bilan davra suhbati bulib utdi. Jurnalistlar nega bizda yuqori lavozimlarni egallagan rahbar ayollar soni juda kam, deb surashdi. Erkaklar qanday javob berganini anglash qiyin emas. Rahbar bulish ayollarga ogirlik qilarkan. Guyoki, ayol kishi faqat uy-ruzgor yumushlari, eri, farzandlari va ota-onasiga gamkhurlik qilishni uddalar emish.

Aslida-chi? Khohish, maqsad va intilish bulsa, ayol kishi har qanday vazifani bajara oladi», dedi Mirziyoeva.

U Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova hokim etib tayinlanganini misol keltirarkan, davlat boshqaruvi, hokimlik, vazirlik va idoralarda ayol rahbarlar kuproq bulishini istashini yana bir bor takidladi.

«Ayol uzi uchun imtiyoz talab qilmaydi, ortiqcha khayrikhohlik kutmaydi. Unga uzini namoyon qilish uchun erkaklar bilan teng sharoit yaratib, adolatli munosabatda bulinsa bas.

Ayollarga aytar suzim shuki, qadringizni biling, orzularingizdan voz kechmang, qiyinchilikdan qurqmang, sira ortga chekinmang. Siz tahsinga sazovorsiz», dedi Saida Mirziyoeva.

Check Also

Poytakht chorrahalarida «hammaga tukhtash» qoidasi joriy qilinmoqda

13 aprel kuni, Toshkent shahar IIBBda utkazilgan brifingda boshqarma boshligi urinbosari Azizkhon Umarkhonov yul harakati …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари