Home / Madaniyat / Yangi kiyim kiyganda uqiladigan duo

Yangi kiyim kiyganda uqiladigan duo

duoAbu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon yangi kiyim kiyadigan bulsalar, kuylak yoki salla, deb uning nomini aytib turib, sungra: «Ey Allohim! Senga hamd bulsin! Sen buni menga kiygazding. Sendan uning yakhshiligini va uning uchun qilingan narsaning yakhshiligini surayman. Sendan uning yomonligidan va uning uchun qilingan narsaning yomonligidan panoh surayman», der edilar.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari, agar ulardan biri yangi kiyim kiysa, unga: «Eskitgin. Alloh taolo urniga boshqasini bersin», deyishardi».

Sunan egalari rivoyat qilganlar.

Sharh: Musulmon inson uz hayotining har bir lahzasi Alloh taologa doimiy ravishda bogliq ekanini chuqur his qiluvchi va usha his asosida hayot kechiruvchi bandadir.

Qolaversa, u uziga etgan har bir narsa, kattayu kichik har bir nemat Allohdan ekanini bir lahza ham unutmaydigan bandadir.

Musulmon inson uziga kattayu kichik har bir nemat etgan paytda nemat beruvchi Zotga shukr aytishga shoshiladi va shu bilan birga, u Alloh taoloning «Agar shukr qilsangiz, yana ziyoda qilurman», degan vadasiga tula ishongan bandadir.

Ushbu manolar dinimizning kiyinish madaniyati buyicha bergan kursatmalarida ham uz aksini topgan. Ana usha madaniyatni Paygambar sollallohu alayhi vasallam aytib, uzlari amal qilib, kursatib berganlar.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon yangi kiyim kiyadigan bulsalar, kuylak yoki salla, deb uning nomini aytib turib, sungra:

«Ey Allohim! Senga hamd bulsin! Sen buni menga kiygazding. Sendan uning yakhshiligini va uning uchun qilingan narsaning yakhshiligini surayman. Sendan uning yomonligidan va uning uchun qilingan narsaning yomonligidan panoh surayman», der edilar».

Paygambar sollallohu alayhi vasallamning bu duolarida yangi kiyim kiygan odam keltirishi lozim bulgan eng oliymaqom shukr va yangi kiyim kiygan odam tilashi mumkin bulgan eng oliymaqom tilaklar uz aksini topgandir.

«Ey Allohim! Senga hamd bulsin! Sen buni menga kiygazding».

Ha, har bir kiyimni haqiqiy kiydiruvchi Alloh taoloning Uzidir. U Zotdan boshqa kim ham buni qila olar edi? Shuning uchun har bir yangi kiyim kiygan banda U Zotga hamdu sano aytib, shukr qilmogi lozim. Aynan Alloh taolo unga usha kiyimni kiygazganini tan olmogi lozim.

«Sendan uning yakhshiligini va uning uchun qilingan narsaning yakhshiligini surayman».

Albatta, kiyimni kiyish bilan ish okhiriga etib qolmaydi. Kiyimni kiygandan keyin hayot davom etadi. Ana usha kiyim ila turli holatlar boshdan utkaziladi. Shuning uchun yangi kiyim kiygan kishi usha kiyimning yakhshiliklarga nasib qilishini Alloh taolodan surashi lozim, toki kiyimning uzi ham yakhshi bulsin, usha kiyimni kiygandan keyingi ishlar ham yakhshi bulsin.

«Sendan uning yomonligidan va uning uchun qilingan narsaning yomonligidan panoh surayman»

Aksincha, kiyilgan yangi kiyim shumlik alomati va sababchisi bulishi ham mumkin. Uni kiygan odamning boshiga balolar yogilishi ham mumkin. Shuning uchun Alloh taoloning Uzidan bundoq kungilsizliklardan panoh suraladi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari, agar ulardan biri yangi kiyim kiysa, unga:

«Eskitgin. Alloh taolo urniga boshqasini bersin», deyishardi».

Paygambar sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarining bu ishlari ham islomiy kiyinish madaniyatining ajralmas bir qismidir. Khalqimiz ichida yangi kiyim kiygan kishiga, muborak bulsin, qutlug bulsin, iloho, bunga ukhshagan kiyimlarni yana kup kiyishni nasib qilsin, deyish odati ham mana shu manolardan kelib chiqqan.

Yangi bir nematga erishgan kishiga hasad qilish urniga uni muborakbod etish, unga yakhshi tilaklar bildirish, usha berilgan nematlarga ukhshash nematlar yana ham kuproq bulishini tilash Islom madaniyatiga khos narsadir.

Har birimiz ushbu hadisi sharifga amal qilishga utishimiz lozim. Qachon yangi kiyim kiysak, Allohga hamd aytishimiz, yangi kiyim kiyganlarimizni muborakbod etishimiz lozim.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари