Home / Madaniyat / Zulqada oylarida yuz bergan muhim voqealar

Zulqada oylarida yuz bergan muhim voqealar

zulkadaZulqada oylarida yuz bergan muhim voqealar

(Zulqada urush harom qilingan turt oyning biridir)

Hijratdan avvalgi 53 yil, Zulqada oyi (mil. 571 yil dekabr)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sakkiz oylik bulganlarida gapira boshladilar.

 Hijratdan avvalgi 34 yil, Zulqada oyi (mil. 590 yil)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yigirma yoshlarida Quraysh va Kinona bilan Qays Aylon qabilalari urtasida urush bulib utdi. Bu qirginbarot jang urush harom qilingan mazkur oyda bulib utgani uchun «Fijor»  nomini olgan;

– urushdan sung shu oyning uzida Qurayshning Banu Hoshim, Banu Muttalib, Banu Asad, Banu Zuhra va Banu Taym uruglari Abdulloh ibn Judon Taymiyning uyida «Hilful fuzul»  nomli ijtimoiy himoya ittifoqi tuzishdi. Ittifoq azolari Makkada shu erlik yoki boshqa joydan kelgan biron kishiga zulm qilinsa, uning yonini olishga va haqini undirib berishga uzaro ahd qilishdi (ushbu ittifoq majlisida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham qatnashganlar. U Zot Paygambar bulganlaridan keyin: «Men Abdulloh ibn Judonning uyida shunday bir ittifoqda hozir bulganmanki, menga bu ittifoqning urniga qizil tuyalar berilishini khush kurmayman. Agar unga Islomda ham chaqirilsam, shubhasiz, qabul qilgan bulardim», degan edilar.

 Hijratdan avvalgi 4 yil, Zulqada oyi (nubuvvatning 10 yili / mil. 619 yil iyun okhirlari – iyul boshlari)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toif davatidan qaytib keldilar va Makkaga har tarafdan haj qilish uchun kelayotgan turli qabila va shakhslarni alohida-alohida Islomga davat qila boshladilar va ulardan Allohning dinini etkazish yulida uzlariga himoya ham suray boshladilar.

 Hijriy 1 yil, Zulqada oyi (mil. 623 yil may)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sad ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu boshliq yigirma kishilik guruhni Quraysh karvonini qarshilash uchun yubordilar va ularga Kharrordan u yogiga utmaslikni buyurdilar. Ular yayov holda, kunduzlari yashirinib yotib, tunlari yul bosib, beshinchi kun deganda Kharrorga etib bordilar. Bayroqlari oq rangli bulib, uni Miqdod ibn Amr roziyallohu anhu kutarib olgan edi. Biroq, malum bulishicha, karvon bir kun oldin utib ketgan ekan. Bu Islom tarikhida «Kharror» sariyasi deb ataladi.

 Hijriy 2 yil, Zulqada oyi boshi (mil. 624 yil aprel okhirlari)

– Banu Qaynuqo yahudiylarining khilma-khil fitnalaridan sabr kosalari tulgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning qalalarini un besh kun davomida qamal qilib turdilar. Alloh taolo yahudiylarning dillariga qurquv soldi (holbuki, U Zot bir qavmni rasvo-khor qilishni khohlasa, ularning qalblariga qurquv solib quyadi). Okhiri, ular Zulqada oyining boshida taslim bulishdi. Rahmat Paygambari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning qonlaridan kechdilar, ammo ularni Madinai munavvaradan chiqib ketishlariga va uning yaqinida yashamasliklariga amr etdilar. Shunday qilib, Banu Qaynuqo yahudiylari Shom ulkasining Azruot degan joyiga kuchib ketishdi.

 Hijriy 4 yil, Zulqada oyi (mil. 626 yil aprel)

– Alloh taolo Quroni Karimda muslima ayollarga hijob urashni farz qildi.

 Hijriy 5 yil, Zulqada oyi (mil. 627 yil aprel)

– Ahzob (Khandaq) gazoti tugadi;

– Banu Qurayza gazoti bulib utdi;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jahsh qizi Zaynab onamizga uylandilar.

 Hijriy 5 yil, Zulqada (yoki Zulhijja) oyi (mil. 627 yil aprel yoki may)

 – Banu Qurayza gazotidan forig bulingach, Hazraj qabilasidan Abdulloh ibn Atik roziyallohu anhu boshchiligidagi besh kishilik sariya Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning iznlari ila Khaybarga borib, Khaybar yahudiylari rahbari Abu Rofi Sallom ibn Abul Huqayqni uldirib kelishdi (u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozori kup tekkan, yahudiy jinoyatchilarining eng kattalaridan, Ahzob gazoti tashkilotchilaridan biri bulib, turli jamoalarni musulmonlarga qarshi urushga undagan, ularni oziq-ovqat va pul-mol bilan taminlagan edi).

 Hijriy 6 yil, Zulqada oyining boshi, dushanba (mil. 628 yil, mart urtalari)

 – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umra qilish niyati bilan Makka sari 1400-1500 sahoba hamrohligida yulga chiqdilar.

 Hijriy 6 yil, Zulqada oyi urtalari (mil. 628 yil, mart okhirlari)

– Makkaga yaqin Usfon vodiyida Asr namozidan oldin Alloh taolo Khavf namozi hukmini tushirdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni ikki guruhga bulib, birinchi khavf namozini uqidilar;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyada sahobalardan bayat oldilar;

– Quraysh mushriklari bilan musulmonlar urtasida turt banddan iborat sulh bitimi imzolandi. Ushbu bitim Islom tarikhida «Hudaybiya sulhi» nomi bilan mashhurdir;

– Ushbu safar asnosida Alloh taolo Baqara surasi 196-oyatini nozil qilib, biron uzr sababli sochini oldirgan ehromdagi odamning uch kun ruza tutish yo olti miskinga sadaqa berish, yoki bir jonliq suyish bilan tulaydigan fidyasini bayon etdi.

 Hijriy 7 yil, Zulqada oyi (mil. 629 yil mart)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki ming sahoba bilan (ayollar va bolalardan tashqari) Makkaga borib, qazo umrani bajardilar;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qazo umrani ado etganlaridan keyin Horis qizi Maymuna onamizga uylandilar va ular Makkadan 9 mil (16,632 km) uzoqlikdagi Sarif degan joyda bir yostiqqa bosh quyishdi.

 Hijriy 8 yil, Zulqada oyi urtalari (mil. 630 yil mart boshi)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toif gazotidan qaytib kelib, Jironadagi uljalarni taqsimot qildilar, sung umra niyatida Makkaga kelib, umrani ado qildilar;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Toif gazotidan qaytib kelib, hali Madinaga ketmaslaridan oldin Toif shahrining asosiy aholisi hisoblanmish Saqif qabilasi boshligi Urva ibn Masud Saqafiy u Zotning huzurlariga kelib, Islomni qabul qiladi.

 Hijriy 8 yil, 24 Zulqada (mil. 630 yil 14 mart)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkani fath qilish uchun ketib, ikki yarim oy deganda, Madinaga kirib keladilar.

 Hijriy 9 yil, Zulqada oyi (mil. 631 yil fevral-mart)

– Munofiqlar boshligi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul uldi.

 Hijriy 9 yil, Zulqada oyiokhirlari (yoki Zulhijja boshi) (mil. 631 yil mart)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni musulmonlarga bosh qilib, haj ibodatini ado etib kelish uchun yubordilar.

 Hijriy 10 yil, 25 Zulqada (mil. 632 yil 21 fevral)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hajjatul vado safariga otlandilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари