Home / Madaniyat / «Tafsiri Hilol»ning qayta nashri taqdim qilindi
Место рекламы

«Tafsiri Hilol»ning qayta nashri taqdim qilindi

010-702x336«Tafsiri Hilol»ning qayta nashri taqdim qilindi

Bugun, shabon oyining 17-kuni, «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasida fazilatli shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub «Tafsiri Hilol» asarining qayta nashri taqdimoti bulib utdi.

Taqdimot marosimiga yurtimizning din arboblari, ahli ilmlar, diniy idoramizning masul khodimlari, imom-khatiblar, tolibi ilmlar hamda kupgina aziz mehmonlar tashrif buyurdilar.

Marosimni «Khoja Alambardor» jome masjidining imom-khatibi Husaynkhon Yahyo olib bordi. Quroni Karim tilovatidan sung duolar qilingach, tadbir qatnashchilarini tabrik qilish uchun dastlabki suz Uzbekiston musulmonlar diniy idorasi fatvo bulimining mudiri Abdulhamid Tursunga berildi. Abdulhamid domla bugun taqdim qilinayotgan asarning ulkan ahamiyati haqida suzlab, sung Uzbekiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Usmonkhon Alimov hazratlarining tabriklarini etkazdilar.

Shundan sung Hasankhon Yahyo Abdulmajid suz olib, yurtimizda tafsir ilmi hamda ona tilimizda tafsirlar yaratish tarikhi haqida maruza qildilar.

Shundan sung bugungi taqdimotning asosiy mavzusiga navbat berildi. Shaykh hazratlarining farzandlari, noshir Ismoiljon Muhammad Yusuf «Tafsiri Hilol»ning yozilish tarikhi, uning bugungi nashri haqida suzladilar:

* * *

Bismillahir rohmanir rohiym

 Quronni insoniyat uchun qiyomatgacha boqiy hidoyat mayogi, barchani ojiz qoldiruvchi bayoni va ikki dunyo saodatiga eltuvchi dasturul amal qilib nozil etgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bulsin!

Quronni Robbul olamindan qabul qilib olgan, uni butun olamlarga omonat ila etkazgan, ham uqishni, ham uqishni urgatgan, hayotga tamomila tatbiq etib kursatgan sevimli Paygambarimiz, Alloh taoloning habibi Muhammad Aminga eng pok va eng yuksak salavotu durudlar bulsin!

Imom Muslim va Abu Dovud rahmatullohi alayhimo Paygambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam shunday deganlarini rivoyat qiladilar: «Sizlarga ikki narsani qoldirdim. Ularni mahkam tutsangiz, zinhor zalolatga ketmaysiz. Ular – Allohning Kitobi va Paygambarining sunnati».

Paygambarlarning meroskhurlari bulgan ulamoi kiromlarning vazifasi ham asri saodatdan to qiyomatga qadar aynan ushbu ilohiy omonatni – Quron va Sunnatni khalqqa etkazish bulib kelgan va kelmoqda.

Alloh taologa hamdlar bulsinki, ushbu ulkan masuliyatni sharaf ila ado etgan ulamolarning vakili bulgan padari buzrukvorimizga ham ana shunday ulug khizmatni nasib etdi. Ustozimiz ham khalqimizga Quron hamda Sunnatni etkazdilar.

Bugun qayta nashri siz, azizlarga taqdim qilinayotgan «Tafsiri Hilol» shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Quronni etkazishdagi ulkan mehnatlari mahsuli bulsa, «Hadis va hayot» turkumi Sunnati nabaviyyani etkazishdagi fidokorona khizmatlari buldi.

Hazrat Quron va Sunnatni urganish va urgatish borasida yana boshqa qator asarlar ham yozganlar, biroq «Tafsiri Hilol» khalqimizning qalb turidan munosib urin olib, u kishining shoh asarlari bulib qoldi.

Zamonamiz ulamolarining etirof qilishicha, «Tafsiri Hilol»ning yaratilishi khalqimizning manaviy hayotida, Vatanimizning tarikhida ulkan voqea buldi. Avvalo, bu asar Movarounnahrda tafsir yozish ananasining qayta tiklanishi buldi. Qolaversa, bu asar davr taqozosi bilan ona tilimizda yozilgan ilk tafsirlardan biri buldi. Shuningdek, «Tafsiri Hilol» chop etilishi yurtimizda nafaqat tafsir ilmining, balki umuman diniy adabiyotning qayta tiklanishiga turtki buldi. Bundan tashqari, «Tafsiri Hilol»ning dastlab «Sharq» nashriyotida, sung «Hilol-nashr» matbaasida chop etilishi yurtimizda matbaachilik, muqovasozlik sohalarini ham rivojlantirib yubordi.

Ammo «Tafsiri Hilol» asarining eng muhim, eng asosiy samarasi salkam bir asr davom etgan mustabid tuzum davrida dinidan, tilidan, kitobidan mahrum bulayozgan khalqimizning uzlikka qaytishi, diniy qadriyatlarini anglashi va ilohiy masdar – Allohning Kalomi bilan uz ona tilida tanishishi buldi.

Muallif hazratlari ushbu tafsir «jaholat zulmatida yangi oydek porlab, marifat yogdusini sochsin» degan umidda yakhshi niyat bilan «Hilol» deb nom quygan edilar. Alhamdulillah, orzulari ushalib, bugungi kunda «hilol» atrofida yuzlab «ilmu irfon yulduzlari»  ham porlamoqda.

«Tafsiri Hilol» asarining yana bir uziga khos jihati, muhim khususiyati uning muqaddimasidir. Ushbu muqaddimadan dinimiz Islom haqida, uning dasturi Quroni Karim haqida komil va shomil malumotlar urin olgan. Muqaddima uquvchini Quroni Karim bilan tanishtiradi, uni uqish, anglash va undagi ilohiy kursatmalarga amal qilishga undaydi. Shu bois, muallif Quron uqish insonning umridagi eng savobli, eng barakali va eng foydali faoliyatning ibtidosi deb ataydi. Ushbu tafsirni uqishni oddiy faoliyat emas, balki Robbul olaminning kalomini uqish, Quroni Karim oyatlarining manosini uqish, ilohiy dasturning tafsirini uqish ekanini takidlab, bunday ulug ish uchun alohida hozirlik, himmat, gayrat, etibor va say-harakat zarurligini aytadi. Zero, Kalomullohni birinchi bor Alloh taolodan qabul qilib olgan Zot, Alloh taoloning kalomiga eng birinchi rubaru bulgan Zot, Kalomullohni insoniyatga etkazgan Zot – sevimli Paygambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: «Kalomullohning boshqa kalomlardan fazli Alloh taoloning barcha makhluqotlardan fazlichadir», deganlar.

Alloh taolo ushbu kitob orqali Uzining kalomi sharifiga oshno bulishni nasib etgani ulkan va benazir saodatdir. Binobarin, tafsir uqisak, dunyodagi eng ulug, eng muqaddas, eng pok, eng barakotli kitobni urganayotgan bulamiz.

Muallifning Quronga bulgan chuqur muhabbati ila yugrilgan ushbu tafsir kitobkhonlarimizga ana shunday taqdim qilingan.

Biz ham uz navbatida «Tafsiri Hilol»ning qayta nashrini khalqimizga chuqur hayajon bilan, mamnuniyat bilan taqdim etar ekanmiz, siz, azizlardan padari buzrukvorimizning haqlariga kholis duolarda bulishingizni suraymiz. Hazrat bu kitobning qayta nashrini nihoyatda ilhaqlik bilan kutayotgan edilar, qalblarining tub-tubidan otilib chiqqan samimiy duolarida Kalomullohning manolarini siz, azizlarga tezroq etkazishni surab, Alloh taologa iltijo qilar edilar. Alhamdulillah, bugun ushbu duolari ijobat bulib turibdi.

Ustozimizning Quronga muhabbatlari nihoyatda kuchli edi. Shu bois, bu ulug nematni yaqinlariga, shogirdlariga, mukhlislariga ham ravo kurib, barchani Quron uqishga, uni urganishga, tadabbur qilishga, unga amal qilishga chaqirar edilar. Ahli Quronlarni nihoyatda yakhshi kurar edilar, Quronga oshno bulgan tolibi ilmlarga qullaridan kelgan har qanday yordamni ayamas edilar. Khalqimiz shaykh hazratlarining bu khizmatlarini munosib taqdirladi. U kishining vafotlaridan buyon bir kun ham tinmayotgan khatmi Quronlar suzimizning isbotidir. Fursatdan foydalanib, padari buzrukvorimizning haqqiga khayrli duolar qilayotgan, khatmi Quron qilib, savobini bagishlayotgan barcha azizlarimizga uz nomimdan, oilamiz nomidan chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.

Bismillahir‑Rohmanir‑Rohiym
Robbishroh li sodri, va yassir li amri, vahlul uqdatam mil lisani, yafqohuu qovli (Amin!)
Behisob hamdu sanolarim Allohga
Salotu salomlarim Rasulullohga.
Azizlar!
Ushbu kunda buyuk olimimiz, barchamizning ustozimiz, millatimiz fakhri Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari — Padari Buzrukvorim rahimahullohning taliflaridan biri bulmish «Tafsiri Hilol» asarini siz, azizlarga taqdim qilish bakhtiga muyassar bulib turibmiz, Allohga shukrlar bulsin. Hazratimning taliflari ichida «Tafsiri Hilol» shoh asar hisoblanadi. Sabab — avvalo, u Alloh taoloning Kalomining manolari bulgani, qolaversa, bu ilmiy merosning dunyoga kelishi uziga khos tarikh, alohida holatga ega bulganidir.
Tarikhdan malumki, mashhur talifotlar yutugining siri uning yaratilishidagi muallifining ruhiyati, manaviy holatidagi uzgachalik bulgan. Imom Molikning hadis aytish uchun alohida tahorat olib, bezanib utirishlari, Imom Bukhoriyning «Sahih» asaridagi har bir hadisni gusl qilib, ikki rakat istikhora namozi uqib, sung kitobga kiritishlari, Imom Zamakhshariy uzlarining mashhur tafsirlarini bitishlarida Kabai Muazzama qushniligida bulib, «Jorulloh» laqabini olganlari, Imom Margiloniyning «Hidoya» asarini boshlab nihoyalagunlaricha ruzador bulishlari, Imom Sarakhsiyning Uzgandagi zindonda hanafiy mazhabini yoddan bayon qilgani va bu bayonlari kup jildi Mabsut nomli yirik asar bulib dunyoga kelgani va hokazo kabi misollar bisyor.
Tafsiri Hilol ham ana shunday uziga khos muhit, uziga khos holatda binoga kelgan bir asardir!
Asar muallifi ham din yulida, ilm yulida qalam tebratishlaridan avval Alloh taoloning zikriga shungib, Uziga iltijolar qilar, Uzidan madad surardilar. Har gal bu muborak khizmatga kirishishdan avval mukammal tahorat olar va ikki rakat namoz uqirdilar. Bu holat u kishi uchun doimiy odatga aylangan edi. Shogirdlariga ham doim shuni takidlar edilar.
Mufassirimiz «Tafsiri Hilol» dunyoga kelar paytida ogir sinovlarga uchradilar. Paygambarlarga chin voris bulmish bu buyuk olimni Alloh taolo Uz bandalari ichidan rasullarni tanlab olganidek, tanlab olib, fitnalardan qutqardi va muborak khizmat sari yulladi.
Dunyodan jafo kurgan mufassir undan butkul yuz ugirib, Alloh taolo tomon yuzlandilar va uzlarini U Zotga topshirdilar. Ibrohim alayhissalomdek: «Albatta, men Robbim sori borurman, hali U meni hidoyat qiladi», Muso alayhissalomdek: «Ajab emaski, Robbim meni tugri yulga hidoyat qilsa» dedilar.
Jaholat bosgan dunyodan yuz burib, guyo «tahannus» ibodatini qilaroq Alloh taolo bilan yolgiz qolishni ikhtiyor etdilar va uz «gor»lariga — khilvatkhonalariga bosh urdilar. Mana shu payt «gor»da nur porladi, ha, «Tafsiri Hilol» nuri!
Padari Buzrkuvorim dastlab ushbu tafsirning 28, 29 va 30- (sanalari imkon bulsa) juzlarini uz yurtlarida bitib, nashr qilgan edilar. Zotan Quroni Karim tafsirini tula nashr qilish niyati burundan bulgan edi. Ayni fursat kelganini anglab etib, Quroni Karim tafsirini tamomiga etkazish uchun tezdan ishga kirishdilar.
U kishining khilvatkhonalari uta sodda bulib, unda birgina tushak bilan kichik va eski bir khontakhtadan boshqa narsa yuq edi. Asarni bitish uchun oddiy ruchkalar dastasi va eng sodda chizigdor varaqlar tuplami keltirganlar. Egnilarida esa odmi surpdan tikilgan yakhtak-shalvar.

Shundan sung asar kotibi qattiq rejaga tushadilar. Aholisi, odatda, tushgacha ukhlaydigan bu diyorda tahajjudga turgan buyi ukhlamaydilar. Atrof sukunat bosib, oromga ketgan paytda yolgiz uzlari ishlaydilar va bu odatni hech qachon tark etmaydilar. Ishdan faqat ibodatga nido kelgan paytda uziladilar va besh vaqt namozga jamoatga qatnaydilar. Taomlanishda ham vaqtni tejaydilar. Tez-tez taomlanib, khilvatkhonaga ravona buladilar. Dushanba va payshanba kunlari tavof qiladilar. Tashqariga faqat namoz va tavof uchun chiqadilar. Tafsir buyicha fikr almashish maqsadida bazi olimlarning ziyoratiga borishlarini hisobga olmaganda, boshqa payt tashqariga chiqmaydilar. Huzurlariga kelgan mehmonlar ham ish tartibini buza olmaydi. Dunyo gavgoga tulsa ham, burilib qaramaydilar. Dunyo ishlaridan suz aytmaydilar. Chunki u kishi bu olamni tashlab, boshqa bir olamga — Ilohiy olamga, Kalomulloh olamida sayohat qiladilar. Hattoki hamkhonalari, oilalarini ham sezmay yashaydilar. Tanalari ular bilan, ammo qalban, ruhan Alloh va Uning kalomi bilan buladilar. Oila davrasida utirgan ozgina muddatda ham qalblari boshqa narsa bilan band buladi.
Dunyoga nazar solgilari kelmaydi. Uz khilvatlaridan bir zum ham ajrashni khohlamaydilar. Khilvatkhonadagi boylik, iymon halovati, Quroni Karim nuri va mujizalarini hech narsaga alishmaydilar.
Usha eng oddiy varaqlar nurga tula boshlaydi. Ruchkani kup ishlatganlaridan uni bosib turuvchi barmoq suyagi biroz qiyshayadi, qadoq chiqadi. Varaqlar tulaveradi, qalamlar tugayveradi…
Bu holat etikofni ham eslatardi. Ibodatdan boshqa barcha narsa bir chetga surilgan, etikof eridan faqat jamoat namozi va zaruriy ishlar uchun chiqiladi, kholos.
Hazrat usha kezlari: «Dunyoga qarasam, boshqa hayot, Quronga qarsam, boshqa…», deb kup aytardilar. U kishi bu holatdan qiynalardilar, insonlar Yaratuvchilari buyurgan tarzda Quroniy hayot kechirishlarini juda-juda istardilar.

Mana shunday qilib, «Tafsiri Hilol» dunyoga keldi. Ungacha oilamiz ham biror narsaga ehtiyojmand bulmadi. Quroni Karimni nozil qilgan Zotning Uzi rizqlarimizni mul-kul qilib, barcha sharoitni muhayyo qilib berardi. Ilohiy rioyat yaqqol sezilar, karomatlar zohir bular edi. Zotan Padari Buzrukvorim zaboni hol bilan Quroni Karimda zikr qilingan «mumin banda»ning iltijosini qilardilar: «Ishimni Allohga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarni kurib turguvchidir».
Ha, Tafsiri Hilol shunday asar! Alloh taolodan bu muborak tafsirning barchaga manfaatli bulishi va toabad dillarga Quroni Karim nuru hidoyatini taratib borishini nasib aylashini, Hazratimni Uz rahmatiga olishini surab qolaman.
Vas-salamu alaykum va rohmatulloh!

Hazratimizning yurtimizning, Vatanimizning, khalqimizning, butun dunyodagi musulmonlarning haqqiga qilgan barcha duolari ijobat bulsin, kitobsevar, haqsevar khalqimizga «Tafsiri Hilol»ning navbatdagi nashri muborak bulsin!

Alloh taolo ustozimizning barcha sadaqai joriyalari qatorida ushbu khizmatlarini ham husnu qabul aylab, ajru mukofotlarini kupaytirib bersin!

U zotning ulkan ilmiy meroslarini khalqimizga etkazishda Uzi madadkor bulsin!

«Tafsiri Hilol»ning navbatdagi nashrini taqdim qilar ekanmiz, muallifning ushbu dil suzlarini eslatib utishni lozim topdik:

Ushbu ish, avvalo, Alloh taoloning madadi ila amalga oshganini yana bir bor takidlab, U Zotga hamdu sanolar aytaman.

Ayni paytda, bu ulug, khayrli ishni amalga oshirishda yordam bergan barcha-barchaga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Tafsir uquvchilarimizdan ham ul azizlarning haqlariga goyibona duo qilishlarini umid qilaman.

Alloh taoloning tavfiqi ila siz, muhtaramlarga «Tafsiri Hilol»ning navbatdagi nashrini taqdim etmoqdamiz. Bu nashrni tayyorlashda avvalgi tajribalar, kupchilikning fikr-mulohazalari va uquvchilarning tayyorgarligi hisobga olindi, qushimchalar kiritildi. Umuman, har taraflama quldan kelganicha asarni yakhshilashga harakat qilindi. Shu bilan birga, bu ish mukammal darajada bajarildi, deyish davosidan yiroqmiz. Zero, barkamollik Alloh taoloning Uzigagina khosdir.

Mazkur omillardan kelib chiqib, muhtaram uquvchilardan ushbu satrlarda bir yakhshilik topsalar Allohdan, kamchilik va khato topsalar, bizdan deb bilishlarini suraymiz.

Suzimizning yakunida siz, azizlardan volidai mehribonimiz haqlariga va khususan, birinchi ustozimiz – otamiz Muhammad Yusuf hazratlari haqlariga duolar umidida ekanimizni ham aytib utishni lozim deb bilaman.

Va, nihoyat, bu ishning issiq-sovuqlarini birga tatib, doimiy hamdard bulib, ishlash uchun hamma sharoitlarni muhayyo qilgan barcha oila azolarimizga cheksiz minnatdorchiliklar izhor etaman.

Alloh taolo ushbu kamtarona amalni uz dargohida qabul etsin. Hammamizni hidoyatda sobitqadam qilsin.

Va okhirgi duomiz olamlarning Robbi Allohga hamd bulsin, demoqlikdir.

 

Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

* * *

Ushbu tasirli, samimiy khotiralar barcha tuplanganlarning qalb turiga etib bordi. Majlis ahli mazkur hayajonli khotiralardan nihoyatda mutaassir bulib, kuz yoshlarini tiya olmadilar. Shaykh hazratlarining ukalari, u zotning din khizmatlarida kecha-kunduz hamroh, hamdam bulgan yordamchilari Muhammad Amin domla ham ushbu tafsirni yozish hazratimizning millat vakili bulish arafasidagi khalq oldida bergan vadalari bulganini, ushbu vada Alloh taoloning inoyati ila sharaf bilan ado etilgani haqida suzladilar.

Shundan sung davra ahliga dil izhorlari aytish taklif qilindi. Yurtimimzning etakchi ulamolaridan biri Salohiddin domla suzga chiqib, «Tafsiri Hilol»ning naqadar benazir, noyob durdona asar ekani, ushbu asar muallif rahmatullohi alayhga Alloh taolo bergan iqtidor, imkoniyat va nemat ekani haqida tulqinlanib suzladilar.

Tadbirni yakunlashdan avval Husaynkhon Yahyo bugungi marosimdan urin olgan yana bir khayrli tadbirni elon qildilar:

«Azizlar, «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi olti jildlik «Tafsiri Hilol»ning mazkur nashrini Siz, azizlarga imkon qadar tezroq etkazish maqsadida juda katta jonbozlik kursatdi. Ushbu nashrni shabon oyida yakunlab, uni uziga khos Ramazon tuhfasi ularoq taqdim etish niyatida barcha nashriyot khodimlari, bosmakhona jamoasi kunni kun demay, tunni tun demay mehnat qilishdi. Birgina kitobni nashrga tayyorlash qanchalik kup mehnat talab qilishini kupchiligimiz bilamiz. Ammo har biri 600 betdan ortiq hajmli olti juzning matnini tayyorlash, uni tahrir va tashih qilish, oyati karimalarni joylashtirib chiqish, sung sahifalash, qogozga chop etish – bularning barchasi har bir khodimdan yuksak mahorat va katta kuch-gayrat talab qiladi. Bosmakhonada esa chop etilgan sahifalar takhlash, buklash, kesish, saralash, tikish, sung tayyor kitobni muqovalash bosqichlarini bosib utadi. Qulingizdagi muhtasham kitob ana shunday sermashaqqat mehnat mahsulidir.

Khulusi niyat bilan qilingan ana shunday fidokorona mehnat tufayli «Tafsiri Hilol» qisqa muddatda tayyorlanib, chop etildi. Shu munosabat bilan «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi «Tafsiri Hilol»ning qayta nashrini chop etishda ishtirok etgan barcha azizlarimizga barcha kitobkhonlar, barcha yurtdoshlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiradi».

Nashriyot hamda bosmakhona mehnat jamoasiga fakhriy yorliqlar hamda yangi chop etilgan oltin jildlik «Tafsiri Hilol» tuplami taqdim qilindi, shuningdek, bir necha mehmonlarimizga alohida hadyalar berildi.

Taqdimot marosimi ushbu munosabat bilan ado etilgan khatmi Quron ila yakunlanib, khayrli duolar bilan nihoyasiga etdi.

Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub «Tafsiri Hilol» asarining qayta nashri taqdimoti haqida videolavha tez kunlarda etiboringizga havola qilinadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4S6J7wvgRLJySdzYpelxtEFZLzuBzNnr

Karantin sababli yaqinlaringizga pul junatish masalasida muammoga keldingizmi?

Karantin sababli viloyatlar, tumanlar urtasida transport orqali harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sabab uz yaqinlariga pul junata …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари