Home / Iqtisodiyot / Uzavto qanaqa nayrang qiladi!

Uzavto qanaqa nayrang qiladi!

UzAuto Motors 126 mln sumlik Onix, 179 mln sumlik Tracker-2 va 375 mln sumlik Malibu-2 sotuvini boshlamoqchi edi. Khush, yakunda nima buldi?

Uzavto Motors muntazam ravishda narkhlarni oshirishga urinib kelishi yangilik emas. Khususan, joriy yil mart oyidan boshlab “yangilangan” rutbasi bilan Malibu XL avtomobillarining sotuvi boshlandi.

Kompaniya rasmiy khabarida keltirilishicha, Malibu XL 3 khil komplektasiyada (XL 1LT – 375 mln; XL 2LT –390 mln; XL LTZ – 419 mln sum) sotuvga chiqarilishi kerak edi. Amalda esa faqatgina eski Malibu-2’dan katta farq qilmaydigan 419 mln sumlik Malibu XL sotuvda paydo buldi.

large

Malumot uchun, Malibu XL utgan yili Khitoyda usha paytdagi kurs buyicha 25 ming 750 dollardan sotuvga chiqarilgan.

Bu kabi kuzbuyamachiliklar faqat Malibu’dagina kuzatilgan emas. Masalan, 2022 yilning 1 noyabridan shartnoma berish boshlangan Chevrolet Onix dastlab 126,5 mln sumdan 189,9 mln sumgacha (15 foizlik QQS bilan qushib hisoblaganda) narkhlarda taklif qilingandi.

Eng arzon komplektasiya (126,5 mln sumlik) ruykhatda bulsa-da, sotuvga chiqarilmadi. Ushanda guyoki eng arzon komplektasiyani olmoqchi bulgan kharidorlar ariza berishi, agar etarli taklif tuplansa (etarli deganda qancha ariza nazarda tutilayotgani nomalum), keyin kompaniya bu pozisiyani ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikni uylab kurishini keltirib utgandi. Lekin bu pozisiyadagi avtomobil uchun qancha ariza kelib tushgani buyicha hech qanday rasmiy malumot berilmadi va unaqa arzon komplektasiya sotuvga ham chiqarilmadi.

Ajablanarli jihati, sotuvlar boshlanganidan biroz muddat utgach, Onix’ning 149 mln sumlik, 155 mln sumlik, 159 mln sumlik va 185 mln sumlik modellari ham sotuvdan olib tashlandi.

Alaloqibat, 9-12 ming dollar oraligida sotuvga chiqarilishi vada qilingan Chevrolet Onix bahosi 18 ming dollargacha shishirildi. Chunki fevral oyining okhiridan keyingi davrda kompaniya rasmiy dilerlik markazlaridan faqatgina Onix’ning 207 mln sumlik Premier 1 modeli va undan narkhi baland komplektasiyalari uchun shartnoma olish mumkin edi kholos.

May oyining boshida esa Onix uchun shartnomalar berish butunlay tukhtatildi. Kompaniya rasmiy khabariga kura, 25 maydan boshlab bu jarayon qayta tiklanadi. Ammo quyida keltirilgan modellar uchungina kontraktasiya tuzish mumkin:

  • Onix Premier 1 (207 mln sum);
  • Onix Premier 2 (qariyb 215 mln sum);
  • Chevrolet Onix Premier Plus va Redline (narkhi ochiqlanmagan).

Uzini “avtogigant” deb atovchi kompaniya shartnoma uchun ochiq bulgan avvalgi komplektasiyalarning narkhi uzgarishsiz qoldirilishini iddao qilayotgan bulsa-da, 25 maydan boshlab 159 mln sumdan 185 mln sumgacha narkhlangan 4 khil modelning uzi sotuvga chiqarilmaydi. Yani byudjet avtomobil bulishi vada qilingan Onix’ning bahosi suniy defisit va turli khil uyinlar bilan 207 mln sumgacha oshiriladi.

Katta ehtimol bilan, sentyabr oyidan sotuvi boshlanishi vada qilinayotgan Chevrolet Onix Premier Plus va Redline modellari uchun ham narkhlar yana oshiriladi.

Guyoki istemolchilarga narkhlarni arzonroq qilib kursatishga harakat qiluvchi avtokompaniya yangilangan Chevrolet Tracker sotuvi boshlanganida ham yuqoridagi skhemadan foydalangan. Har doimgidek, 179 mln sumlik boshlangich komplektasiya sotuvga chiqarilmadi.

Etiborga molik jihati, UzAuto Motors uz rasmiy sahifasida yangi modellar narkhini QQSsiz keltirib utadi. Buni avtomobillar narkhini nisbatan arzon qilib kursatishga urinish sifatida baholash mumkin. Chunki QQS joriy yilning 1 yanvaridan etiboran 15 foizdan 12 foizga pasaydi, lekin kompaniya narkhni tushirgani yuq. Vaholanki, UzAuto Motors yangi Onix modeli narkhlarini elon qilganida, narkhlarni QQSsiz kursatgan edi. Kharidorlar qancha tulashi kerakligini usha kursatilgan narkhni 15 foizga kupaytirib uzlari hisoblab olishiga tugri kelgandi.

Ishlab chiqarish sezilarli qisqargan

Rasmiy statistikaga kura, Uzbekistonda 2023 yilning yanvar – aprel oylarida 83,5 mingta engil avtomobil ishlab chiqarilgan.

  • Cobalt – 27 739 dona (qisqarish – 3,3 foiz);
  • Lacetti-Gentra – 20 673 dona (qisqarish – 21,4 foiz);
  • Damas – 19 052 dona (qisqarish – 19 foiz);
  • Tracker – 3 618 dona;
  • Onix – 3 104 dona;
  • Nexia T-250 – 1 985 dona (qisqarish – 72,4 foiz);
  • Spark – 187 dona (qisqarish – 95,3 foiz);
  • Makhsus engil avtomobillar – 7 194 dona (oshish – 38,4 foiz).

Taqqoslash uchun, utgan yilning mos davrida Uzbekistonda 95 mingta engil avtomobil ishlab chiqarilgan. Yani utgan bir yil ichida ishlab chiqarish 11,5 mingtaga kamaygan.

Ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga, kelgusida esa million donaga etkazishni uz oldiga maqsad qilib quygan monopol avtokompaniyaning utgan 4 oy ichida balandparvoz vadalar bilan sotuvini boshlagan Onix va Tracker’dan atigi 6700 dona ishlab chiqargani ham alohida “etirof”ga sazovor.

Qozogistonliklar uchun bor Cobalt uzbekistonliklar uchun yuq

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, ishlab chiqarish keskin qisqarganiga qaramay, UzAuto Motors chetga avtomobil eksport qilishni davom ettirmoqda.

“Masalan, yanvar-aprel oylarida 27 739 ta Cobalt ishlab chiqarilgan bulsa, shu davrda Qozogistonda 10 627 ta Cobalt sotilgan. Ishlab chiqarish tukhtatilgan deb elon qilingan bulsa-da, 1985 ta Nexia-3 ishlab chiqarilgan, lekin Qozogistonda 2 728 ta Nexia-3 sotilgan. Yani utgan yili ishlab chiqarilib, ehtimolki, yashirin omborlarda tuzlab quyilgan Nexia-3’lar ham Qozogistonga ketgan.

Sinizmning oliy chuqqisi shuki, uzbekistonliklarga Nexia-3 uchun kontraktasiya utgan yili sentyabrda, Sobalt uchun esa dekabrda tukhtatilgan. Bir dona ham Nexia-3 va Cobalt ishlab chiqarilmagan qahraton yanvarda Qozogistonga ehtimolki, tuzlab quyilgan omborlardan etkazilgan uch mingdan ziyod shu rusumdagi avtomobillar sotilgan. Qoyilmisiz?

[…] Qozogistonda yanvar, fevral, mart va apreldagi avtomobillar sotuviga qarang, tanlov va raqobat kengligiga etibor qarating. Shularning hammasiga uzbekistonliklar ham haqli aslida, lekin uta tor va yuqori darajada korrupsiyalashgan manfaatlar uchun butun boshli khalq boshqa muhim tanlovlardan mahrum qilingani singari avtomobil tanlovidan ham mahrum etilgan”, deya yozadi Otabek Bakirov.


Foto: bakiroo Telegram-kanalidan

Eslatib utamiz, 2022 yilning dekabr oyi boshida byudjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzish tukhtatilgan edi. Qariyb 6 oyga yaqin vaqt utgan bulsa-da, qisman Uzbekistonda ishlab chiqariladigan ushbu avtomobillar sotuvi qachon ochilishi borasida hech qanday malumot yuq.

Tasdiqlanmagan malumotlarga qaraganda, bu modellar uchun shartnoma berish ochilmayotganiga kompaniyaning mamlakatdagi siyosiy tadbirlar tufayli narkhlarni oshira olmayotgani asosiy sabab bulishi mumkin.

Umuman olganda, UzAuto Motors avtomobil importiga urnatilgan tusiqlar bilan himoya qilib kelinadi. Odamlar boshqa, arzonroq va sifatliroq tanlovlardan suniy ravishda mahrum qilingan. Tashqaridan avtomobil olib kirish uchun esa olib kirilayotgan mashina narkhining teng yarmiga yaqin boj tulovi joriy qilingan. Lekin importga tusiqlar faqat bojlardan iborat emas: sertifikatlash va boshqa govlar ham bisyor.

Check Also

stol-ofice

Ofisingiz uchun tugri ish stollarini qanday tanlash mumkin?

Boshqaruv uchun muljallangan mebel qimmat, uni ishlab chiqarish uchun materiallar qimmat va sifatli. Rahbar stoli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари