Home / Texnologiyalar / Muslimaning kundaligi android dasturini havola qilamiz

Muslimaning kundaligi android dasturini havola qilamiz

muslimaat-banner2Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!

Allohning yordami bilan  www.muslimaat.uz  sayti bilan hamkorlikda «Muslimaning kundaligi» dasturini siz, azizlarga havola qildik.

Muhtaram opa singillar! Ushbu dastur sizga nafaqat kundalik ishlaringizni tartiblashda, namoz vaqtlarini aniqlashtirishda kumakchi bir taqvimdir. Oddiy taqvimlardan farqli ularoq unda zuho va tahajjud namozlari vaqti ham berilgan. Zero, bu ikki namozning ham ulugligi va fazilatli ekani hadislarda takidlangan. Eslatib utamiz: namoz vaqtlari shahardan shaharga farq qiladi. Shuning uchun dasturning «Sozlash»  sahifasida manzilingizning aniqligiga amin buling.

Har bir kun sana berilar ekan, usha kunda ruza tutish farz, sunnat yoki aksincha man etilgani qayd qilingan. Shuningdek, bayramlarimiz va alohida ahamiyatli kunlarni ham belgilab utdik . Usha kunga tegishli hadislar va malumotlar keltirilgan. Ular Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» nomli  silsilasidan olingan.

Kundalik har kungi ishlaringizni soatlar buyicha tartiblashingiz uchun qulay bir holda tuzildi. «Kun tartibi» sahifasida muhim ishlaringizni unutmasligingiz uchun eslamtalar qushishingiz mumkin.

«Kharid zarurati» sahifasi ayollarimiz uchun juda dolzarb. Chunki biz hamisha nimanidir kharid qilishimiz kerak buladi-yu, bazan  biror narsa unutiladi. Umid qilamizki, endi kamchiliklarga yul quyilmaydi.

Shuningdek, ayni qullanmada siz har kuni yangi taomlar reseptlarini ham topasiz. Taomlarga kerakli masalliqlar yurtimizda mavjudligiga ahamiyat berildi va faslga moslab tanlandi.

Yana siz uchun kerakli deb hisoblab tavsiya etganimiz «Farzand tarbiyasi»   ruknidir. Har bir ona uz farzandining tarbiyali bulmogini orzu qiladi. Shunday ekan, ayni borada bolalar psikhologlari, jahondagi mashhur pediatorlar tavsiyalari, qolaversa, milliy diniy ananalarimizdan kelib chiqqan holda ushbu maslahatlarni jamlashga urindik.

Ayollar uchun uta muhim bulgan mavzu, bu – guzallik. Sir emaski,  oilalarimizning mustahkamligi bazan ayollarimizning uzlariga nisbatan ahamiyatlari bulishlariga, tashqi kurinishlariga bogliq bulib qoladi. Ayni maqsadni kuzlab, uy sharoitida yakhshilashimiz mumkin bulgan jihatlar etiborga olingan holda, kerakli maslahat va tavsiyalarni «Guzallik»  sahifasida topasiz.

«Kalendar» sahifasida esa oylik kalendarni milodiy hamda khijriy sanalar kurinishida taqdim qildik. Bu sahifa yangi oy chiqish kunini bilishda hamda ayollarga khos holatlarni belgilab borishda qul keladi.

Dasturda qushimcha ravishda hozirgi kunda mahsulotlarda uchraydigan zararli moddalar  (E-moddalar) va kir yuvishda kiyimlardagi ehtiyot belgilarining izohlarini topasiz.

Aziz muslima opa singillar! Qulingizdagi ushbu kundalik sizu bizga ikki dunyoda manfaatli bulishini suraymiz. Agar sahvu khatolar uchrasa, uzr suraymiz. Maqul kelgan jihatlari uchun esa duolaringizdan umidvormiz!

Yuklab olish uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.alkhorazmiy.muslimakundaligi

Check Also

O‘zbekistonda yangilik! Birinchi marta issiqxonalar uchun tejamkor isitish qurilmalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston bozorida yangilik. “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi issiqxonalar uchun yangi tejamkor isitish qurilmalari ishlab chiqara boshladi. “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi mahsulotlari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари