Home / Madaniyat / Farishtalarning ishlari

Farishtalarning ishlari

farishtalarFarishtalar insonlardan farq qiladi. Ularning uz ikhtiyorlari yuq, ular doimo Allohga itoat qiladilar, isyon qilishga imkonlari yuq. Quroni Karimda shunday deyilgan: «Osmonlaru erdagi barcha jonzotlar va farishtalar faqat Allohga sajda qilurlar. Ular mutakabbirlik qilmaslar. Ular ustilaridagi Robbilaridan qurqurlar va uzlariga amr qilingan narsalarni qilurlar» («Nahl» surasi, 49, 50-oyatlar).

Farishtalar bajaradigan ishlarning eng ahamiyatlisi, Allohning vahiysini paygambarlarga etkazishdir. Paygambarimiz Muhammad alayhissalomga Quron oyatlarini keltirgan farishtaning ismi Jabroildir. Quron uni «Ruhul Amin» va «Ruhul qudus» deb ham ataydi. Farishtalarning vazifalaridan yana biri paygambarlarni qullab-quvvatlash, ularning ogirini engil qilishdir.

Quroni Karimda Alloh taolo Iyso paygambarni Ruhul qudus bilan qullab-quvvatlaganini aytib utadi. Farishtalar taqvodor mumin-musulmonlarni qullab-quvvatlab, ularni tugri yulga ilhomlantiradilar. Shuningdek, farishtalar mumin-musulmonlarning jonini ozor etkazmay olishda ham ishtirok qiladilar. Bu sanab utilgan ishlardan tashqari, farishtalarning boshqa vazifalari ham kupdir.

Quroni Karimda aytilishicha, Alloh taolo insonga bir necha farishtani biriktirib quyganki, ular insonning qilgan ishlarini yozib boradilar. Ung tomondagi farishta yakhshiliklarni, chap tomondagisi yomonliklarni yozib boradi. Agar inson shu narsaga ishonsa, dunyoda hech yomonlik qilmaydi.

Alloh taolo «Qof» surasida: «Zotan ikki kutib oluvchi ungda va chapda utirgan hollarida kutib olurlar. Biror suz aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar», degan (17, 18-oyatlar).

Demak, insonning ikki tarafida ikki farishta joylashgan va ular insonning har bir amali va suzlarini kutib oladi. Oyatda ularni «ikki kutib oluvchi», deb aytilmoqda.

«Vaqtiki ikki kutib oluvchi ungda va chapda utirgan hollarida kutib olurlar.»

Mazkur farishtalar sodir bulgan barcha hodisalarni yozib borishga vakil qilinganlar.

«Biror suz aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar ».

Biz «hoziru nozir» deb tarjima qilgan ikki farishtaning arabcha nomi «Raqib va Atiyd»dir. Insonning ogzidan chiqqan bitta lafz ham ularning nazarlaridan chetda qolmaydi. Ular hamisha hoziru nozirdirlar, darrov yozib quyadilar.

Takidlash lozimki, Alloh taolo bandasining amallarini hisob-kitob qilishda bu ikki farishtaning ishiga muhtoj emas. Uzi hamma narsani komil ilmi ila bilib turadi, hattoki, avvalgi oyatlarda aytilganidek, odamning khayolidan utgan narsalarni ham biladi. Mazkur farishtalarning yozib borishining boshqa hikmati bor, Qiyomat kuni insonga hujjat sifatida kursatiladigan nomai amol ushbu farishtalar yozgan yozuvlar buladi. Bunga iymon keltirish esa har bir bandaning kuproq yakhshilik qilishiga, yomonlikdan yanada kuproq chetlanishiga sabab buladi.

Ushbu mavzuda kuplab rivoyatlar kelgan, shulardan bazilari bilan tanishib chiqsak, tushunchalarimiz mukammalroq buladi.

Ali ibn Abu Tolha Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladiki, u zot: «Biror suz aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar» oyati haqida: «Har bir yakhshi-yomon gapi yozib boriladi. Hattoki, edim, ichdim, bordim, keldim, kurdim kabilarni ham. Payshanba kuni uning ishi va gapi arz qilinadi, yakhshiligi, yomonligi bori qoldirilib, qolgani tashlab yuboriladi», degan ekanlar.

Imom Hasan Basriy «…ungda va chapda utirgan hollarida…» oyatini uqib turib: «Ey, odam bolasi, sening sahifang ochildi, ikki hurmatli farishta senga vakil qilindi, bittasi ung tarafingdagi yakhshiliklaringni yozadi, ikkinchisi chap tarafingdagi yomonliklaringni yozadi, nimani khohlasang, qilaver, ozmi, kupmi. Vafot etganingda, sahifang berkitiladi, qabringda buyningga osib quyiladi. Qiyomat kuni shunday holda qabringdan chiqasan…» degan ekanlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal ulim tushagida ingrab yotganlarida, Tovus roziyallohu anhudan: «Farishta har bir narsani, hatto ingrashni ham yozadi», degan rivoyatni eshitibdilar-u, darhol ingrashni tark etib, shu bilan to jon taslim qilgunlaricha ingramagan ekanlar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари