Home / Iqtisodiyot / Soliq imtiyozlariga qaramay, gaz qazib chiqarish kamaydi

Soliq imtiyozlariga qaramay, gaz qazib chiqarish kamaydi

Tabiiy gaz buyicha soliq stavkasi 3 baravarga, neft va gaz kondensati buyicha 2 baravarga kamayishi ortidan, 2022 yilda er qaridan foydalanuvchilar bir yil oldingiga qaraganda salkam 2 trln sum yoki 12 foiz kam soliq tuladi. Shunga qaramay, gaz qazib chiqarish 4 foizga, gaz kondensati qazib olish 3 foizga kamaydi; neft qazib olish 2 foizga oshdi.

 cgean8goju-a2jeo0lr8lz5xq1jg66x1

2022 yilda er qaridan foydalanganlik uchun soliq buyicha davlat byudjetiga tushumlar 13,9 trln sumni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 1,9 trln sumga (12,2 foizga) kamaydi. Bu haqdagi malumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida keltirilgan.

Malum bulishicha, er qaridan foydalanganlik uchun soliq buyicha tushumlarning asosiy qismi (63,7 foiz) davlat ulushiga ega oltin va mis qazib oluvchi korkhonalar hissasiga tugri keladi.

Bu soliq turi buyicha tushumlarning pasayishi foydali qazilmalarning ayrim turlari buyicha soliq stavkalarining unifikasiya qilinishi va pasaytirilishi bilan bogliq.

“[Soliq stavkalari] tabiiy gaz buyicha – 30 foizdan 10 foizgacha, neft va gaz kondensati buyicha 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirilishi hamda 2022 yildan boshlab soliq bazasini aniqlashda “Netback” (ortga hisoblash) mekhanizmi joriy etilgani natijasida soliq tulovchilar ikhtiyorida 538,1 mlrd sum qoldirildi”, – deyiladi hisobotda.

Davlat byudjetining 2022 yilgi prognozlariga kura, er qaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 14,3 trln sum bulishi kerak edi. Imtiyozlar tufayli byudjetga tushumlar prognoz kursatkichlaridan kamroq bulgan: 13,76 trln sum.

2022 yildan boshlab Uzbekistonda er qaridan foydalanganlik uchun (oltindan tortib gazgacha) soliq stavkalari pasaytirilgandi. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “Uzbekneftgaz” uchun uzgarmasdan qoldi. Imtiyozlardan maqsad khususiy kompaniyalarni investisiya kiritish va foydali qazilmalar miqdori kam konlarni uzlashtirishga ragbatlantirish ekani aytilgandi.

Erosti boyliklarini uzlashtiruvchilarga er qaridan foydalanganlik uchun pasaytirilgan soliq stavkalari quyidagicha edi:

  • neft va tabiiy gaz buyicha 10 foizgacha (avval neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz edi);
  • oltin va mis uchun 7 foizgacha (avval oltin 10 foiz, mis 10 foiz edi);
  • volfram konsentrati uchun 2,7 foizgacha (avval 10,4 foiz edi);
  • uran uchun 8 foizgacha (avval 10 foiz edi) kamaytirilgan.

Bundan tashqari, yangi neft va gaz quduqlarini, sanoat usulida foydalanishga topshirilgan oydan boshlab, dastlabki ikki yil davomida yuridik shakhslarning mol-mulkiga solinadigan soliq tulashdan ozod qilish, keyingi uch yilda ushbu soliq uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foiziga kamaytirilgan stavka qullanishi ham belgilangandi.

Imtiyozlarga qaramay, gaz qazib chiqarish kamaygan

Statistika agentligi malumotlariga kura, 2021 yilda 53,8 mln kub metr gaz qazib olingan bulsa, bu kursatkich 2022 yilda 51,7 mln kubga tushgan. Pasayish – 2,1 mln kub metr yoki 4 foiz.

Shuningdek, 2021 yilda 1,32 mln tonna, 2022 yilda esa 1,29 mln tonna gaz kondensati ishlab chiqarilgan. Pasayish – 36,8 tonna yoki 2,8 foiz.

Neft qazib olish biroz oshgan – 774,0 ming tonnadan 787,8 ming tonnaga. Usish – 13,8 tonna yoki 1,8 foiz.


Manba: Statistika agentligi

Tabiiy gaz qazib chiqarish qisqarishda davom etmoqda: 2023 yil yanvar oyida 4,3 mln kub metr qazib chiqarilgan. 2022 yilning mos davrida bu miqdor 4,7 mln kub metr edi.

Gaz kondensati buyicha ham shu tendensiyani kurish mumkin. Ishlab chiqarish utgan yili yanvarda 120,4 ming tonna bulgan holatda, bu yilgi yanvarda 109,4 mln tonnaga tushgan (pasayish – 9 foiz).

Yanvarda neft qazib chiqarish utgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming tonnaga kupaygan. Usish – 4,3 foiz.


Manba: Statistika agentligi

Avvalroq Kun.uz energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov bergan malumotlarga tayanib, Uzbekistondagi neft va gaz konlariga egalik qiladigan kompaniyalar haqida malumot bergandi.

Rasmiylarga kura, hozirda mamlakatda 295 ta neft-gaz koni bor. Shundan 118 tasi – 40 foiziga “Uzbekneftgaz” (davlat) egalik qiladi. Qolgan 176 tasini qushma korkhonalar va khorijiy kompaniyalar ishlatmoqda.

Eslatib utamiz, 23 yanvar kuni bosh vazir Abdulla Aripov utkazgan yigilishda bu yil gaz qazib olishni 9 foizga oshirish imkoniyati borligi aytilgan edi.

Check Also

stol-ofice

Ofisingiz uchun tugri ish stollarini qanday tanlash mumkin?

Boshqaruv uchun muljallangan mebel qimmat, uni ishlab chiqarish uchun materiallar qimmat va sifatli. Rahbar stoli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари