Home / Jahon / Orol dengizi suvi Kaspiyga oqib ketganmi?

Orol dengizi suvi Kaspiyga oqib ketganmi?

Yaqinda qoraqalpogistonlik taniqli jurnalist, yozuvchi Umirbay Uteulievning «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasida «Qorateran» – Orolning uchinchi kuzi, turtinchisi qayoqda? degan maqolasi chop qilindi, deb yozmoqda UzA. Maqolada takidlanishicha, Orol bilan Kaspiyning urtasida boglovchi er osti daryosi mavjud, lekin bu dalil negadir hamon sir tutib kelinmoqda.

Foto: UzA
Foto: UzA

«Orol bilan Kaspiyni boglab turgan er osti daryolari mavjud ekanligi haqida khayoliy va ilmiy farazlar, afsona-hikoyalar mavjud. Baliqchi bobolarimiz «Orolning turtta kuzi bor, birinchisi, dengizning qoq markazida. U erda suv utovning kattaligiday keladigan chuqurga girdob bulib er tagiga singib ketadi. Ikkinchisi Ustyurtdagi Gurkureuik qudugi. Nomidan malum bulinganidek, bu erda suv er ostida gurkirab oqib turadi. Kechasi qaynagan qumgondek paqirlagan ovozi olis-olislargacha tarqalib, kishini dahshatga soladi. Quduqdagi bazida yarim, bazida tulib oqib turadigan suviga narsa tashlasang yashin tezligida oqizib ketadi. Uchinchisi, Takhtakupir tumanidagi «Qarateran» kuli. Turtinchisi kuzi qayoqda?» — deyiladi maqolada.

Unda takidlanishicha, qozogistonlik olimlar dengiz urtasidan birnecha yuz yillik saksovul utinlarini topgan va muzeyga quygan. Muynoqqa kiraverishda esa dengiz tomon ketgan eski karvon yullari mavjud. Bu yullar qadimgi «Ipak yuli»ga tutashadi. Demak, tarikh sahifalarida yozilganidek, dengiz birnecha marotaba tulib, birnecha bor suvi kamayganligi haqiqat.

Umirbay Uteulievning yozishicha, utgan asrning 30 yillarida olimlar Kaspiy dengizida bakrabaliq urchitish uchun ularga belgi quyib (sirga taqib) suvga quyib yuboradi. Shu sirga taqilgan bakrabaliqlar Orol dengizidan chiqqan. Er sathining biri baland nuqtasida, biri pastida joylashgan ikki dengizning urtasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun buyoq oqizib kurilganda Kaspiydan yuborilgan buyoq yana Orolda kurinadi. Hayron qolarlik bu tabiiy jarayon, geografik kashfiyotlarning har tomonlama tadqiq qilinishiga Ikkinchi jahon urushi tusiq buladi. Ikki dengizni tutashtiruvchi er osti daryolari mavjud. Lekin bu hali ham sir tutilmoqda. 1940 va 1960 yillarda ikki dengiz urtasida tarnovlar qurilgan. Er osti qurilmalari qurilishlarida urushda asirga tushgan va ulimga mahkum etilganlar ishlagan. Asirlikdan ovuliga qochib kelgan bittasi shu sirni elon qiladi. Orolning suvi 1960 yillardan boshlab kamaya boshlaydi va aksincha Kaspiy yildan yilga toshib boraveradi.

Orolning birinchi kuzi haqida muynoqlik baliqchilar ham bemalol aytib berishi mumkin. Qozogistonning Orol tumanida tugilib usgan injener-gidrotekhnik Khamza Sukhanberdin uzining «Orol – Kaspiy dengizi er ostidan ulanganmi?» maqolasida Orol dengizining qoq markazida «Vozrojdenie» sirli oroli joylashganligini aytgan. Ushbu orolning garbiy chegarasi Ustyurt tik jarligiga tutashadi. Ustyurt platosining er yuzasi esa yassi togli bulib ,uning balandligi 100-150 metrgacha etadi. Bir suz bilan aytganda, Orol garbidagi Ustyurt bir vaqtlari erning tek­to­ni­­k qava­tining quzgalganini kur­satadi. Demak, Orol bilan Kas­piy urtasining er osti suv kanallari bulishi shubhasiz. Sababi Kas­piy dengizining suvi 1991 yilda kutarilib, sathi 2,06 metrgacha etdi. Shu yillari Orolga quyadigan daryolar suvi kamaydi.

«Orolning suvi ham keskin tortilib ketdi. Shu vaqtlarda Orolning suvi er osti daryolari bilan Kaspiyga oqib ketmaganmikan?» — deydi muallif.

Haqiqatdan ham orolning suvi Kaspiyga oqib ketganmi? Tarikhdan malum-ki, Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga oqqan. Lekin, jurnalist U.Uteuliev takidlayotgan er osti daryolarining Uzboyga aloqasi yuq. Yuqorida tilga olingan ikkita muallifning takhmin qilayotgan gaplarini qoraqalpogistonlik arkheolog olim Ongarbay Yusupov ham tasdiqlaydi. U Orolning suvlari aynan shu joyda, yani tik jarlik Ustyurt togining ostiga qarab ketayotganligini kurganligini takidlaydi.

«Biz utgan yili aprel oyida Ustyurt buylab sayohatimiz davomida Ongarbay Yusupov aytgan ushbu manzilga bordik. Yul buyi Ustyurtda makhfiy harbiy amaliyotlar olib borilgan zonani, dengizga tushilaldigan beton yulni, qirgoqdagi harbiy kazarmalarni kurdik. Bizni hayratga solgani Ustyurtning chinklari dinamit bilan yorib upirilganday kurindi», — deydi Ongarbay Yusupov.

Ustyurtda utgan asrning 80 yillari okhirigacha «sakkizinchi qimyoviy himoyalanish stansiyasi» harbiy poligoni harakat qilgan. Bazi internet sahifalarida platoda er osti yadroviy portlatish sodir etilgani haqida malumotlar bor. Portlash tugrisida ustyurtliklar ham aytishadi. Yani ular 90 yillarda gumburlagan ovozlarni eshitgan. Ularning fikricha, portlatishlar orqali er osti suv yullari bekitilgan.

Janubiy Ustyurt qishlogida istiqomat qiluvchi Ilyas Naurizbaevning aytishicha, utgan asrning 90 yillarigacha Ustyurtda harbiy samolyotlar izgib yurgan. Ustyurtda khizmat qilgan yoshi kattalarning kupchiligi esa shu samolyotlar erning tagiga kirib turganini tasdiqlaydi. Demak, Ustyurtda erning ostida qandaydir makhfiy loyihalar amalga oshirilgani aniq. Bu loyiha ikki dengiz oraligiga qurilgan suv yuli bulsa ne ajab? Chunki ustyurtlik qarilar er ostiga ketib turgan gurkiragan suv ovozlarini eshitishgan. 90 yillardagi portlatishlardan keyin bu ovozlar tingan.

Mana shu joylarda plato portlatilganga ukhshaydi. Orol aynan shu erdan Kaspiyga oqib ketgan bulishi mumkin. Foto: UzA
Mana shu joylarda plato portlatilganga ukhshaydi. Orol aynan shu erdan Kaspiyga oqib ketgan bulishi mumkin. Foto: UzA

Albatta, er osti daryolari mavjud bulgan taqdirda ham u Orolning qurishiga sabab buldi, deb bulmaydi. Orolning qurishiga, eng avvalo, inson faktori sababchi. Suvni isrof qilish hamda kuplab qishloq khujaligi uchun er maydonlarining ochilishi dengizni falokat yoqasiga olib kelib quydi.

Lekin, fanda malum bulishicha, Orol 4 marta qurigan va qayta tulgan.

Bundan 21 mln. yil avval Orol, Kaspiy va Qora dengiz hammasi bir bulgan. Ushbu buyuk ummonga Tetis deb nom berilgan. Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum sahrolari Tetis ummonining tagi bulgan. Utgan yili Oqtumshuqdan topilgan toshga aylangan yirik akulaning tishlari Tetis ummoni esdaliklaridir. Tektonik jarayonlar sababli Ustyurt tepaga kutarilib ketib, Qora dengiz, Kaspiy, Orol dengizlari bulinib ketadi.

Orolning ilk nomini arab yozuvchisi Ibn Rusta (920 yili) qullagan. Orolning bundan boshqa Khorazm kuli, Kerderi kuli, Jent dengizi degan nomlari ham bor. Masalan, tarikhchi Shakhrukh Khafiz-i Abruning 1417 yilda yozgan yilnomasida:«Khorazm (Orol) kuli yuq, Jayhun (Amudaryo) suvi yangi arna topib, Hazar (Kaspiy) dengiziga quya boshladi» deyilgan.

2000 yillar boshlarida Orol dengizining Qozogiston qismidagi suvi qurigan maydonidan, yani Sirdaryoning dengizga quyib turgan joyidan takhminan 45-50 km ichkarida tarikhiy yodgorliklar topilgan. Utgan asrning 60 yillarida bu joyda 18 metr balandlikdagi suv bulgan. Qurigan dengiz ostidan topilgan tarikhiy shahar butun jamiyatni hayratga soldi. Topilgan keramik idishlar esa XIII-XIV asrga tegishli bulib chiqdi. Dengiz ostida qolgan ushbu shaharga Kerderi deb nom berildi. Hayron qolarlik jihati u erdan masjid, buyumlari bilan dafn qilingan buyi ikki metr keladigan yirik odamlarning qabrlari chiqqan.

Orol dengizidagi Davletgerey (Qurgoncha) yodgorligi. XII-XIII asr. Foto: UzA
Orol dengizidagi Davletgerey (Qurgoncha) yodgorligi. XII-XIII asr. Foto: UzA

Demak, bu shahar Amudaryoning Kaspiyga oqib turgan paytida solinib, keyin qaytadan Orolga kela boshlaganida suv ostida qolib ketgan. Turkshunos olim, professor Auelbek Qungirotboevning takidlashicha, Orolning ostida shunday 40 ta qala qolib ketgan.

2013 yilda Rossiyaning «RenTV» telekanali Orolning qurigan tagida sirli geogliflar topilganini malum qildi. Siri ochilmagan, javobi yuq tilsim geogriflarning Orol dengizining tagidan topilishi nafaqat olimlarni, balki butun jamiyatni hayratga soldi. Bu geogliflarning qayoqdan, qanday qilib, qachon paydo bulganini olimlarning uzlari ham aniq bilmaydi. Orolning geogliflari Sirdaryoning Orolga quyiladigan tomonida, dengizning ochilgan qirgogida 10-15 metr maydondan topilgan. Olimlarning fikricha, bu kabi yirik tamgalarni qurish uchun eng kuchli 20 ming tekhnika kamida 90 yil davomida tinmasdan ishlashi kerak ekan. Shu kabi geogliflar Muynoq tumani hududida ham mavjud bulib, ularni Google Planeta dasturi orqali kompyuterda kursa ham buladi.

Bugungi kunda dunyoga mashhur Peru zaminidagi Naska suratlari ham olimlarning boshini qotirib kelmoqda. U erdagi urgimchak, tutiqush, maymun va boshqalarning suratlari qaysi asrda, qanday sivilizasiyada, kimlar tomonidan solinganini bilishmaydi. Shuning uchun olimlar ularni uzga sayyoraliklar bizga qoldirib ketgan kosmodrom belgisi deb takhmin qilmoqda. Agar shu gap rost bulsa, Orol va Ustyurt hududida ham shunday hodisalar yuz bergan bulishi mumkin.

Yana bir jihat, Ustyurtda utgan asrda topilgan kup sonli nayzasimon rasmlar ham butun dunyoni khayratga solgandi. Ushbu rasmlarning yoshi, kimlar tomonidan va nima maqsadda qurilgani olimlar tomonidan aniqlandi. Yani, ikki tomonining uzunligi 900 metrgacha, teranligi uch metrgacha qazilgan gigant qurilishlarni bundan 2400-2500 yil avval kuchmanchi qabilalar qurganligi fanda isbotlandi. Ular shu usul bilan bir martalik urinishda un minglab saygoq, jayron va qulonlarni tuzoqqa tushirgan. Bu qurilishlarning nomi aran deyilgan. Ustyurtning nomi esa Aranqir deb atalgan.

Ustyurtdagi nayzasimon qurilish(aran)lar. Foto: UzA
Ustyurtdagi nayzasimon qurilish(aran)lar. Foto: UzA

«Demak, sir-sinoatga tula Orol va Ustyurt tilsimlarini ochadigan vaqt etib keldi. Muynoqda turizmni rivojlantiramiz, deyapmiz. Mana shu sir-sinoatlar turizm uchun etib ortadi. Masalan, Perudagi Naska suratlarini kurish uchun har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradi va davlatga 3 milliard dollar shuning hisobidan kirib keladi. Bizda esa Naska suratlaridan 10 baravar kattaroq sirli suratlarimiz bor. Lekin shunday boyligimiz borligini hatto uzimiz ham bilmaymiz.

Mustaqil davlat buldik. Suz erkinligi bor. Lekin nima uchun shu kunga qadar Vozrojdenie oroli hamda Ustyurtda olib borilgan makhfiy harbiy amaliyotlar haqida hech nima bilmaymiz? Internet sahifalarida-ku Vozrojdenie orolini «ulim uchogi» deb atashadi. Chunki u erda Sobiq Ittifoq davrida etishtirilgan butun biologik qurollar kumilgan emish. Agar shunday buladigan bulsa ularni utilizasiya qilish kerak emasmi? Nima uchun kupchilik davlatlarda «arvoh shahar»larni turistlar tashrif buyuradigan maskanlarga aylantirilgan-u, lekin Muynoq tumanidagi Vozrojdenie oroliga turistik marshrutlar yuq? Nima uchun Muynoq tumani hududida joylashgan 2500 yillik tarikhga ega gigant suratlarni targib qilmaymiz?» — deyiladi maqolada.

Harbiy tushish yuli. Foto: UzA
Harbiy tushish yuli. Foto: UzA
Oroldan bundan 21 mln yil avval Tetis ummonida yashagan megalodon akulasining tishi topildi. Foto: UzA
Oroldan bundan 21 mln yil avval Tetis ummonida yashagan megalodon akulasining tishi topildi. Foto: UzA

Check Also

QEdxzvI_AjRfofF0b_Eg3F1l9TIFSYsE

D. Tramp AQSh Khitoy bilan savdolarda milliardlab dollar yuqotishni istamasligini aytdi

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh Khitoy bilan savdolarda milliardlab dollar yuqotishni istamasligini bildirdi. “AQSh kup …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари