Bunga sabab bulgan fellar khoh ayolning ota-onasidan, khoh boshqalardan sodir bulsin, farqi yuq, bola tushishiga sababchi bulsa, diyyat lozim buladi. Lekin bola ona rahmidan tashqari chiqib, tushmaguncha jinoyat hisoblanmaydi. Chunki bolaga qilingan ish tufayli ulib-ulmagani bilinmagan taqdirda hukm shunday tadbiq etiladi. Faqat qilingan ish tufayli bolaning ona qornida ulgani qatiyan aniq bulsa, u holda jazo zarurdir.
Shu jihatdan turt imom ham jinoyat sanab, jazoni lozim qilgan harakat natijasida ona rahmidan ulik tushgan bola uchun jinoyatga yarasha jazo belgilanadi, deganlar.
Imomlarning ulik yoki tirik tushgan bola haqidagi qarashlari
1. Imomi Ahmad ibn Hanbalga kura, tushgan bolaning hayoti barqaror davom etishi kerak. Faqat tugilgan onda tiriklik belgilari kurinib, darhol ulishi tirik bulganiga etarli sabab emas. Ayni zamonda tushgan bola kamida 6 oylik bulishi shart. Chunki bundan (6 oydan) kam bulgan vaqtda bolaning yashashi mumkin emas. U holda, tushgan bola kam deganda 6 oylik bulib, yashash belgilari davom etsa, tirik hukmida qabul qilinadi va ulgan taqdirda shunga kura hukm etiladi (beriladi). Shofeiylardan Muzaniy ham ayni fikrda.
2.Imom Abu Hanifa bilan imom Molikka kura, bolaning tushishiga sabab bulganni javobgar qilish uchun bolaning onasi tirik bulishi kerak. Ulgan onaning rahmidan bola tushirilsa, tushirilishiga sabab bulgan kimsa javobgarlikka tortilmaydi. Chunki onaning ulishi bolaning ham rahm (bachadon)da ulganiga ochiq sabab sifatida qabul qilinadi. Ammo onasi ulishi bilan barobar, bola tirik tushsa, bunga sabab bulgan kishi javobgar buladi. Bola ulgan taqdirda, diyyat utaydi. Ulmagan taqdirda onasining ulganligi uchun sababiga kura jazo beriladi.
Bola tushishiga sababchi bulganga beriladigan jazo
Bu jazo qilingan felning turiga, niyatiga va oqibatiga qarab belgilanadi. Umuman, besh qismdan iborat:
1. Homilaning ona rahmidan ulik tushishi;
2. Homilaning ona rahmidan tirik tushib, sung ulishi;
3. Homilaning ona rahmidan tirik tushib ulishi yoki boshqa bir sabab bilan yashashi;
4. Homilaning ona rahmidan tushmasligi yoki ona ulgach, tushishi;
5. Onaga etkazilgan ozordan kelib chiqqan natija – oqibatlar…
1 – Homilaning ona rahmidan ulik tushishiga sabab bulgan feldir. Bu felni qilganning jazosi, homilaning diyyatidir. Bu diyyat bahosi 5 ta tuya bulgan, bir qul yoki joriya ozod etishdir.
Haqiqatdan Abu Hurayra roziyallohu anhu eslatadilar: «Huzayl qabilasidan ikki ayol janjanlashdi. Biri quliga tosh olib, ikkinchisiga otib ham uni, ham rahmidagi homilasining ulimiga sababchi buldi. Davo Rasulullohga etdi. Janobimiz sollallohu alayhi vasallam ona rahmidagi homilaning ulgani uchun u bir qul yoki joriya ozod qilishini va uldirgan ayolning diyyatini uldirganning ota tarafidan yaqinlari utashlarini qaror qildilar».
Ozod etiladigan qul topilmagan taqdirda (hozirgi davrda qullik, joriyalik yuq) uning urniga 5 ta tuya tulanadi. Bunda olimlar ittifoqdirlar. Tushirilgan homilaning ugil yoki qiz bulishi jazo uzgarishini lozim qiladi. Faqihlarning aniqlanishicha, qiz diyyati – ugil bola diyyatining yarmidir.
Homilaning diyyati – qasddan qilingan jinoyat bulsa, ogirlashtiriladi, khato tufayli (ulgan) bulsa, engillashtiriladi. Qasddan jinoyat qilinsa, diyyat jinoyat qilganning ota tarafidan yaqinlariga yuklatilmaydi, khato tufayli qilinsa, yuklatiladi.
Homila tushirilishi sababli lozim diyyat kimlarga beriladi?
Avval shuni aniqlab olaylik, homila tushishiga sababchi bulgan, yani shu jinoyatni sodir qilgan kimsa, khoh shu homilaga sohib onaning uzi bulsin, diyyatiga voris bulolmaydi.
Hanafiy, shofeiy, hanbaliy mazhablariga kura, olingan diyyat homila vorislariga faroiz usuliga kura taqsim etiladi.
Imom Molik hazratlariga kura, olingan diyyat faqat bolaning onasiga beriladi. Imom Lays ham shu qarash tarafidadir.
Har qanday bir feli sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun alohida diyyat lozimdir.
2 – Homila ona qornidan tirik tushib, sung usha fel sababi bilan ulishidir. Yuqorida aytilgandek, bazilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa komil diyyat zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta urtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi. Komil bulmagan diyyat urtachaga yaqin 5 ta tuyadir.
Bola tushgach, ona ulsa, qilingan jinoiy fel sababli bolasini tushirgach, ona ulsa, bola uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham khato bilan uldirilgan bulsa-da, alohida bir diyyat kerakdir. Qasddan uldirgan va malum bir asbob qullagan bulsa, qasos lozimdir.
3 – Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat tazir jazosi lozim. Buni esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir sabab bilan ulsa ham, uning tushishiga sababchi bulgan kimsaga boshqacha bir jazo berilmaydi.
4 – Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi ulgach, tushishi. Jinoyatchi qilgan bir fel sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasa-da, ulgach, tushsa, bola tushishi uning feli (aybi) bilan bulmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat tazir beriladi, yani tazir jazosiga tortiladi. Ammo mutakhassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning tushishiga uning feli sabab bulgani aniqlansa, diyyat lozim buladi.
5 – Onaga etkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining feli onaga aziyat bergan yoki ogir khastaliklarga sabab bulsa, shunga qarab jazo belgilanadi.
Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori
Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul qilib, bolasini ulik tushirgach, uzi ham ulsa, bunda qasdga ukhshash jinoyat sodir etilgan, yani homilani tushirish hodisasi sodir bulgan. Bunda homila uchun bir diyyat lozim, ayolni esa qasdga ukhshash mazmunda uldirgani sababli ham ogir bir diyyat shartdirki, bu 120 tuya bulur.
Homila tushishiga sabab bulgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu imom Shofeiy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka kura, bu urinda kafforat mandubdir, vojib emas.
Imom Abu Hanifaga kura, homila ulik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat ham kerakdir. Kafforat malum bulganidek bir qul ozod qilmoq, yuqsa 60 faqirni tuydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ruza tutmoqdir. Shu bilan birga, homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi – bu khususda faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor.
Ammo diyyat khususida aytganlarimizdan tashqari, farqli qarash va ijtihod yuqdir. Tabiiyki, turt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz.