Home / Madaniyat / «Burj Khalifa»dagi Tom Kruz va chiroqlar ilingan ustunga sakragan Jeki Chan: Kino olamidagi qoyilmaqom 10 tryuk

«Burj Khalifa»dagi Tom Kruz va chiroqlar ilingan ustunga sakragan Jeki Chan: Kino olamidagi qoyilmaqom 10 tryuk

Aprel oyining okhirida Campus Univers Cascadees kaskadyorlar maktabi talabalari #CUCchallenge nomli chellenjni boshlab berdi. Ularning har biri qanaqa jangovar kunikmalarga ega ekanligi borasida video olib, barcha roliklarni bitta klipga birlashtirgan. Shu orqali ishtirokchilar koronavirusga qarshi kurashishga qaror qilgandi.

«Kinopoisk» chellenjni qullab-quvvatlagan holda kino olamidagi eng qoyilmaqom tryuklarning 10 tasini jamladi.

Foto: «Kinopoisk»

«Uddalab bulmas topshiriq: ‘Fantom’ protokoli»

Filmda Itan Khant dunyodagi eng baland bino — «Burj Khalifa»dagi serverga kirishi tasvirlangan sahna mavjud. Biroq u uziga kerakli joyga koridorlar orqali emas, osmonupar binoning tashqi tomonidan kirishi kerak buladi. Suratga olishda dublyor hojat bulmagan: Tom Kruz bino juda baland bulishiga qaramay, khavfli vazifani uzi bajargan.

Daradevil («Sorvigolova»)

Film kaskadyorlarining bir necha vazifasi bulgan: ular nafaqat qahramonning jang qilish qobiliyatini, balki kuzi ojizligi sabab quloqlari bilan «kuradigan» insonning mahoratini namoyish etishga harakat qilgan. Shuningdek, mashqlar koordinatori Filip J.Silver superqahramon bitmas-tuganmas kuchga ega emasligini, u ham zarbalar oqibatida charchab qolishini kursatib berishga uringan.

«Reyd 2»

Garet Evansning dilogiyasining uziga khosligi — unda jang sanati ustalari ishtirok etadi. Ular orasida indoneziyalik Iko Uays va Yayan Rukhyan ham bor. Filmlardagi barcha harakatlarni ular mustaqil amalga oshirgan. Uays va Rukhyan muntazam khoreografiya bilan shugullangani sabab, «Reyd 2» filmining final qismida jang sahnasi real hayotdagidek taassurot uygotadi.

«Portlovchi sariq soch»

Mazkur filmdagi jang sahnalarini ijro etish uchun Sharliz Teron olti hafta davomida mashgulotlarda qatnashgan. Aktrisa birgina dublni suratga olish uchun hamkasblariga 20 ga yaqin «zarba» bergan. Sahnadagi har bir harakat oldindan uylangani sabab, bu juda murakkab va aktyor ulardan bittasini unusa ham, dubl yuqqa chiqadi.

«Polisiya tarikhi»

Jeki Chan filmlaridagi jang sahnalarini uzi ijro etishi bilan butun dunyoga tanilgan va uz karerasi davomida kuplab jarohatlar olishga ulgurgan — tos suyagidan tortib, barmoqlari-yu qovurgalarigacha singan. «Polisiya tarikhi» filmining okhirida chiroqlar ilingan ustunga sakrab, bir necha qavat pastga tushish sahnasi mavjud. Ushbu dubl oqibatida Jekining elkasiga jarohat etgan va ikkinchi darajali kuyish olgan.

«Jon Uik 3»

Jon Uik uz sarguzashtlarining uchinchi qismida otga minib dushmanlaridan qochadi. Suratga olish jarayonida Kianu Rivzning bir necha dublyori bulishiga qaramay, aktyor ushbu sahnani uzi bajargan — uning khavfsizligi troslar yordamida taminlangan.

«Ben-Hur»

«Ben-Hur» filmidagi mashhur poyga sahnasini suratga olishga ommaviy sahnani hosil qilish uchun 1,5 ming qushimcha odam jalb etilgan. Charlton Kheston birgina sahnadan boshqa qolgan hammasida otlarni uzi boshqargan. Uning qahramoni boshqa bir aravaga urilganida, aktyorning yiqilib tushishiga bir bahya qolganini kurish mumkin. 45-soniyadan boshlanadigan ushbu epizodda Kheston urniga kaskadyor Jon Kanatt suratga tushgan.

«13-rayon»

«13-rayon» filmidagi bosh qahramonlar turli murakkab harakatlardan bekhabar emas. Siril Rafaelli — «Tashuvchi» va «Taksi» sikvellarida ishlagan taniqli kaskadyor. Devid Bell esa — khalqaro parkur-harakat asoschisi va etakchisi. Shu sababli filmdagi ekshen-sahnalar himoya troslari va kompyuter grafikasisiz olingan.

«Ulim isboti»

Zoi Bell — tajribali kaskadyor. U Keyt Blanshettni «Tor»ning uchinchi qismida, Uma Turmanni «Billni uldirish» filmida almashtirgan. «Ulim isboti»da esa Bell mashina kapotiga chiqib olgan qahramonlardan birining rolini ijro etadi. Aktrisa avtomobil soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanganiga qaramay, ushbu sahnada uzi suratga tushgan.

«Parokhoddagi Bill»

Ovozsiz kino davrida ham murakkab mashqlardan foydalanilgan. Baster Kiton khavfli sahnalarni uzi mustaqil ijro etishi bilan kupchilikning mehrini qozongan. Masalan, «Parokhoddagi Bill» filmida uning qahramoni ustiga uyning devori qulaydi, biroq u omad tufali omon qoladi. Kiton keyinchalik ham aktyorlik sohasi va kaskadyorlikka sodiq qolgan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари