Toshkent — yashash uchun Uzbekistonning eng qulay shahri. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan tuzilgan reyting natijalaridan malum bulmoqda.
Qayd qilinishicha, respublikadagi yashash uchun eng qulay shaharlar yuqori beshtaligidan Toshkent (100 ballik tizimda reyting bali 79,1), Urganch (76,0), Bukhoro (75,4), Samarqand (70,6) va Navoiy (68,1) shahri urin egalladi. Ruykhatning eng quyi beshtaligidan Bekobod (35,3), Khonobod (35,3), Yangier (33,5), Ohangaron (32,9) hamda Quvasoy (26,4) shahri joy olgan.
Indeksni shakllantirishda talim, sogliqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yunalishlaridagi jami 27 ta miqdoriy hamda sifat kursatkichlaridan foydalanilgan.
Reyting aholi soni 40 ming kishidan ortiq bulgan respublikaning 30 ta shahri uchun ishlab chiqilgan.
Alohida yunalishlar inobatga olinsa, talim hamda tibbiyot yunalishida Bukhoro, Guliston va Urganch, infratuzilma buyicha Urganch, Navoiy va Toshkent, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik buyicha Toshkent, Urganch va Guliston, madaniyat va atrof-muhit buyicha Toshkent, Bukhoro va Samarqand eng yakhshi deb topilgan.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 1968 yilda tashkil topgan va makroiqtisodiy, pul-moliya, bank, ijtimoiy muammolarni prognoz qilish va tadqiq qilish buyicha kup yillik tajribaga ega. 2005 yildan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi nomi ostida faoliyat yuritgan. 2023 yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga aylantirilgan.