Home / Madaniyat / Uyni toza tutish uchun nimalarga etibor berish kerak?

Uyni toza tutish uchun nimalarga etibor berish kerak?

Bugun biz sizga uyni tozalikda saqlash uchun muntazam ravishda nimalar qilish kerakligi haqida aytib bermoqchimiz. Balki siz bazi narsalar haqida unutgan bulishingiz mumkin.

uy-tazaligiFoto: Shutterstock

Choyshablarni haftada bir marta almashtirish kerak

Amerikalik mashhur dermatolog Joel Shlessinger yostiq jildlari va choyshablarni har hafta almashtirishni tavsiya qiladi. Ish kunidan keyin teri va sochlardan yog va zararli bakteriyalar ajralib chiqadi — ular turli khil toshmalar paydo bulishiga sabab buladi. Siz ukhlashga yotasiz va ular choyshablarga utib oladi. Bunday holat har kuni yuz beradi.

Vannakhonadagi sochiqni — har uch kunda

Vannadan keyin tana yuzasida artinganda sochiqqa utib qoladigan va yana tanaga qaytib keladigan terining millionlab ulik hujayralari qoladi. Agar sochiq ochiq havoda shamollatilmasdan vannakhonada quritilsa, yoqimsiz hid paydo buladi.

Qul artiladigan sochiqdan hech qachon yuz uchun foydalanilmaydi — bakteriyalar quldan yuz terisiga utishi mumkin. Yuz artadigan sochiqni har foydalangandan keyin almashtirish kerak.

Chiqindilar uchun chelakni — ikki haftada bir marta

Chiqindini tashlab, paketni almashtirgandan keyin albatta qulingizni yuving. Chiqindi chelagida siz tasavvur qilganingizdan ham kura kuproq bakteriyalar yashaydi. Bakteriyalar butun uyga tarqalib ketmasligi uchun u ham ikki haftada bir marta makhsus vositalar yordamida jiddiy zararsizlantirishni talab qiladi.

Sovitgichni bir haftada ikki marta artish kerak

Sovitgichni khuddi muntazam ravishda yuvish kerak emasdek  kurinadi. Bu notugri. Oziq-ovqatlar bakteriyalar kupayishiga sabab buladigan joylarda ham buziladi. Shuning uchun bir haftada ikki marta hullab tozalash ishlarini amalga oshirib turish kerak.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари