Home / Iqtisodiyot / 200 ming sumlik banknotalar muomalaga chiqariladi

200 ming sumlik banknotalar muomalaga chiqariladi

Yangi banknotalar 15 iyuldan muomalada buladi.

Markaziy bank 2022 yil 15 iyulidan boshlab yangi kurinishdagi nominal qiymati 200 000 sum bulgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilishi tugrisida qaror qabul qilinganini malum qildi.

 200sum

Mazkur banknot mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yuli” hamda mamlakat hududidagi Fargona vodiysining qadimiy tarikhiga bagishlangan.

 200sum-2

Banknotning ung tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yuli”ning ramzi sifatida tuya va “200000” raqami kurinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning ung tarafida qogoz qatlamida kengligi 4 mm.li kuk rangli, “siljish” effektiga, “UZB” yozuviga ega bulgan, mikrooptik va mashinada uqiladigan himoya ipi utkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – firuza rangda bulib, boshqa ranglar bilan uygunlashgan. Banknotlar himoyalangan qogozda chop etilgan bulib, old va orqa tomonlari makhsus lak bilan qoplangan. Banknot old tomoni chap qismida Fargona viloyatining Quqon shahrida joylashgan “XUDOYORXON O‘RDASI” memoriy yodgorligi tasvirlangan.

Yuqori qismining chap tarafida “200000” raqami, yuqori qism markazida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni kuk va yashil ranglarda hamda yuqori ung burchakdagi Uzbekiston Gerbi yashil rangda joylashgan.

Ung va chap tomoni chekkasida joylashgan yashil rangdagi makhsus element kurish qobiliyati past bulgan insonlar uchun muljallangan bulib, buyoqning burtmalik khususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Banknot quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” kurinishida berilgan bulib, u yoruglik manbaiga nisbatan malum qiyalikda kurinish khususiyatiga ega.

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “IKKI YUZ MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bulib, barmoq uchi bilan siypalaganda buyoq burtmaligini sezish mumkin. Banknot ung qismidagi och fonda nuskha kuchirishga qarshi har khil diametrdagi halqalar joylashgan bulib, nuskha kuchirilganda tasvirlardagi aniqlik yuqoladi.

Shuningdek, ultrabinafsha nuri ostida kurinuvchi naqshinkor bezakning yashil rangli fonida “UZB 200000 SO‘M” suzi qizil rangda tasvirlangan. Yuqori qismidagi Uzbekiston kharitasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yuli” karvon yullari yunalishi kursatilgan.

Yuqori chap qismida “XUDOYORXON O‘RDASI” memoriy yodgorligidagi naqshinkor bezak tasviri registr vazifasini bajargani holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun khizmat qiladi. YOruglikka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qushilib tuliq tasvir hosil buladi.

Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti khonali sondan tashkil topgan bulib, ung qismida gorizontal va chap qismida vertikal kurinishda bosilgan. Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi III asrga tegishli qadimgi Fargona davlatining poytakhti bulgan “AXSIKENT ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

Markaziy qismida mashhur Quva anorining ramzi sifatida “anor” tasvirida zamonaviy “Spark live” himoya elementi qullanilgan bulib, turli qiyalikda rang uzgarishi va siljish effektini hosil qiladi. Ung qismida Fargona vodiysidagi arkheologiya yodgorligi topilmalari – miloddan avvalgi II ming yillikka tegishli bulgan sopol idish va ikki boshli ilon kurinishidagi qadimiy tosh tumor tasviri aks ettirilgan.

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2022” chop etilgan. Banknotning pastki qismi chap va ung burchaklarida banknot nominal qiymati “200000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori ung burchakda “IKKI YUZ MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.

Markaziy bank khabariga kura, 200 000 sumlik banknotlar, ayni paytda muomalada bulgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha khujalik yurituvchi subektlar va aholi tomonidan uz qiymati buyicha barcha turdagi tulovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Eslatib utamiz, shu yil boshida utkazilgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 200 ming sumlik kupyura 2024 yilga borib muomalaga chiqishi mumkinligini aytgandi.

Check Also

stol-ofice

Ofisingiz uchun tugri ish stollarini qanday tanlash mumkin?

Boshqaruv uchun muljallangan mebel qimmat, uni ishlab chiqarish uchun materiallar qimmat va sifatli. Rahbar stoli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари