Home / Madaniyat / Taziya odoblari

Taziya odoblari

namozAyriliq dardi ogir, juda ogir. Taqdiri ilohiyga buysunsak-da, qazoning haqligiga iqror bulsak-da, banda ekanmiz, yuraklar urtanadi, kukraklar damodam qisiladi. Kuzyoshlarimiz sabr bulogidan toshib chiqib, gam qahri orqali anduh ummoniga oqadi.

Vaqti-soati etib olamdan utish khalqimiz tilida «bandalikni bajo keltirish» deyiladi. Bandalikni buyniga olgan inson yoshi ulgayib borar ekan, omonatini topshirish tadorigini kuradi.

Har bir insonning umri poyoniga etar ekan, barcha yaqinlari, farzandlari unga quldan kelgancha yakhshilik qilishni khohlaydi. Lekin hamma ham bunday paytda qanday amallarni bajarishni bilavermaydi. Bilib quyish esa hayotiy zaruratdir.

Aytaylik, ogir yotgan bemor jon uzilish oldidan hushidan ketishi mumkin. Bunday paytda ogizga nam berib turuvchi sulak bezlarining faoliyati tukhtab qoladi. Shunda pakhtani suvga pishib olib, bemorning lablari namlab turilsa, unga ancha yordam buladi. Bazi hollarda burun bushligi qisilib, ogiz torayib qoladi. Umr lahzasi tugab borgan sari qazo alomatlari sezilib boraveradi: bazan bemorning yuzida khollar paydo buladi. Suzlashga harakat qilsa, tovush chiqarish uchun sarflangan quvvat ogiz bushligidan chiqmay, halqumga ketib qoladi. Bu holatni «sharsharog» yoki «gargara» deyishadi. Shunday alomatlarni sezganimizdan sung hushyorlikni kuchaytirmogimiz lozim. Avvalo, bemorning uzi tildan qolganicha kalima keltiradi. Ammo Allohning irodasi, bemor tildan qolsa, yonida hozir bulgan farzandlar, khesh-aqrabolar kalima keltirib tursa, bemor buni sezadi, kungli taskin topadi. Bunday alomatlarni sezsak, bemorning yostigi baland bulsa, bir oz pasaytirib quyib, uning kuz imo-ishorasidan, lablarining harakatidan nima demoqchi ekanligini anglashga harakat qilmoq kerak.

Sahobalardan qolgan talimotga kura, jon taslim bulish oldidan bemor ung yonboshi bilan yotqizilib, yuzi qibla tomonga qaratib quyiladi.

Ulamolarimizning bayon qilishicha, Alloh taolo Odam Atoga jon bagishlaganda jon dastlab dimoglaridan utib, avvalo kuzga kirgan, sung boshqa azolarga urnashib, okhiri oyoqqa kirgan ekan. Vaqti-soati ulchab berilgan bu jon insonni khuddi shu tartibda tark etar ekan. Avvalo oyoqdan, sungra boshqa azolardan chiqib, okhirulamr inson vafot etadi. Endi uni «mayyit» deb ataydilar.

Bemor bandalikni bajo keltirgach, uning yaqinlari va ahli ayollari, farzandlari baravariga faryod qilavermasdan, shariatimiz kursatmalarini bajarishga kirishishlari kerak. Oilaning kattalaridan biri mayyit yotgan uyga kirib, uning yuzi boshqa tomonga qarab qolgan bulsa, qiblaga qaratib, kuzlarini ohista silab yumib quymogi, qul-oyoqlarini tugrilab, iyaklarini rostlab quymogi darkor. Bordiyu, khonadonda yuqoridagi amallarni qilishga qodir odam bulmasa, qushnilardan surash lozim, toki mahallada bunday savobli ishga tayyor bulgan, kupni kurgan, bu kabi ishlarni avval ham qilib yurgan kishilar kelib, bu ishlarni ado etsinlar. Lekin mayyitga avvalo oila azolarining uzi qaragani afzalroq.

Dafn marosimiga tez fursatda kirishmoq kerak. Jon tanani butunlay tark etganiga shubha tugilgan holdagina dafnni kechiktirish mumkin.

Janozaga tadorik kurilayotgan paytda, mayyitni gassollar quliga topshirishdan avval qarindosh-uruglar, khesh-aqrabolar, qadrdonlar u bilan vidolashib oladilar.

Hadislarda «Kim musibat etgan birodariga taziya bildirsa, Alloh taolo qiyomat kuni unga hurmat-ehtirom libosini kiydirib quyadi», deyilgan.

Janoza namozi musulmonlar uchun farzi kifoyadir. Mayyitni gusl qildirib, kafanlab bulish vaqtini muljallab, mayyit istiqomat qilgan mahalla hamda tobutkashlarga, tanish-bilishlarga janoza haqida khabar beriladi. Janoza namozi uchun azon chaqirilmasligi barchamizga malum. Buning boisi shulki, khonadonda farzand tavallud topganda uning qulogiga azon aytiladi. Ana shu azon bu kishi uchun kifoyadir.

Janoza uqilib, duo qilingach, jamoat tobutni elkaga olib, qabriston tomon yul oladi.

Tobut kuchaga olib chiqilgandan sung marhumning ugillari va yaqin qarindoshlari oldinda, tobutkashlar esa orqada jadal surat bilan mayyitni qabriston sari eltadilar.

Rasuli akram sollallohi alayhi vasallam ushbu hadisni zikr etganlar: «Mayyitni sunggi yulga tezroq olib boringlar, chunki agar u ahli solihlardan bulsa, uni kutilayotgan joyga tezroq olib bormoq darkor. Agar bunday bulmasa, elkangizni nokhush yukdan tezroq kholi qilgan bulasiz».

Tobutkashlar tobutni navbat bilan elkama-elka olib boradilar. Tobutni kutarmoqchi bulganlar imkon qadar avval mayyitning ung elkasi tomondan, sung ung oyoq tomonidan, keyin esa chap elkasi va chap oyoq tomonidan kutarishga harakat qiladilar.

Kuchadan tobut olib utilayotganini kurgan har bir mumin-musulmon imkoniyatiga qarab tobutni elkaga olishi hurmat va odobdan hisoblanadi. Tobutni olib kelayotgan kishilar ularga navbat berishlari ham yakhshi odatlarimizdan sanaladi.

Mayyit erga berilgandan sung jamoat taziyador khonadonga qaytib keladi. Quroni Karim tilovatidan sung taziyani boshqarayotgan kishi duo-fotiha qilib, jamoatga rukhsat beradi. Yumushi borlar azadorlarga hamdardlik bildirib, tarqaladilar. Zarur yumushi bulmagan qadrdonlar azadorlarga hamdard va hamdam bulib, bir oz muddat turishlari mumkin.

Azador khonadonga quni-qushnilarning taom tayyorlab chiqarishi ham shariatimizning kursatmalaridandir. Zero, mazkur khonadon ahlining taom tayyorlashga fursati ham, sharoiti ham bulmaydi. Bunday yumush kungillariga sigmaydi ham.

Kezi kelganda aytib utish kerakki, har qanday holatda ham mayyitning ortidan dod-faryod qilish musulmonchilik nuqtai nazaridan joiz emas. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday talim beradilar:

 «Oiladagilarning haddan tashqari dod-faryodi uchun u dunyoda marhum javob beradi». Demak, ortiqcha dod-faryodimiz bilan marhumning qismatini ogirlashtiramiz, kholos.

Tugri, insoniy his-tuygular Sarvari Koinot uchun ham begona emas edi. U Zoti bobarokot ham marhuma onalari va qizlarining qabrlari ustida yiglaganlar, faqat unsiz yiglaganlar. Shuning uchun ham bunday paytlarda unsiz yoki past ovozda yiglashga yul quyganlar. Ammo qattiq ovoz bilan aytib yiglash, uzini-uzi urib yiglashni taqiqlab, shunday deganlar: «Kimki chakkalariga urib yiglasa, kiyimlarini pora-pora qilsa, mushriklarga ukhshab aytib yiglasa, bizdan emas». Alloh asrasin!

Odatda, mahalla ahli, masjid qavmi taziyaga kupchilik bulib kirib keladi. Ularga imomlar, ahli ilmlar, hurmatli qariyalarimiz yulboshchilik qiladilar. Katta jamoatni boshlab kelayotgan kishilar juda ziyrak va hushyor kishilar buladilar. Ular bunday katta izdihomlarda surashish va salomlashish odobini juda yakhshi uzlashtirgan bulib, agar uzlari kutib oluvchilar bilan qul berib surashib quysalar, orqadagilar ham beikhtiyor shunday qilishga majbur bulib qolishi, oqibatda keluvchi va ketuvchilar mahtal bulib qolishini tajribadan biladilar. Shuning uchun bunday holatlarda kuz bilan va qulimizni kuksimizga quyib, masofadan turib surashganimiz maquldir.

Dinimizning taziya odobi borasidagi kursatmalaridan yana biri yurtga ehson dasturkhoni yozib, savobini vafot etgan yaqinlariga bagishlash niyatida qilingan marosimlarga oiddir. Bunday marosimlarni, albatta, shariat ahkomlariga, ahli sunna val jamoat etiqodiga, mazhabimizda rasm bulgan qoidalarga muvofiq tarzda utkazish zarur. Taziya marosimlarini bidatlardan kholi ravishda, ahli ilm hamda mahalla uluglari bilan bamaslahat, imkon qadar engil, kamtarona, kamchiqim holda utkazmogimiz maqul.

Musibatkhonalarda payshanbalik, yakshanbalik nomi bilan qilinayotgan, dafndan keyin malum kun yoki oyni sanab, ayniqsa, ikki hayit kunlarida utkazilayotgan khudoyi marosimlari diniy kitoblarimizning birortasida buyurilmagan.

Musibat etgan khonadonda muayyan kunga boglamasdan, oilaning iqtisodiga zarar etkazmaydigan holatda khudoyi qilib utkazilsa, kifoya qilur.

YOshini yashab, oshini oshab, okhirat manziliga yaqinlashgan insonni parvarish qilish, qazosi etgandan sung esa uning hurmatini urniga quyish, toat-ibodatlarimizdan sung haqqiga duo qilib, ruhini shodlab turish khalqimizning eng ezgu qadriyatlaridan biridir. Buni har bir erkak – oilaboshi bilishi zarurdir.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари