Home / Jamiyat / Shahodatnoma va attestatlarning yangi namunasi tasdiqlandi

Shahodatnoma va attestatlarning yangi namunasi tasdiqlandi

Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9 va 11 sinf bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma va attestatlarning hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ikhtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan sertifikatning yangi namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Khalq talimi vazirligi akhborot khizmati khabar bermoqda.

Mazkur hujjatlarning namunasi 2019 yil 14 may kuni Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy urta talim tugrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlandi.

Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat hamda sertifikat 11 yillik majburiy umumiy urta talim tizimiga utilishi munosabati bilan tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga kura, umumiy urta talim tizimida ilk marotaba nodavlat umumiy urta talim muassasalari bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi shahodatnoma va attestatlarni berish nazarda tutildi.

Khalq talimi tizimida zamonaviy akhborot tizimlarini joriy etish va bitiruvchilar haqida malumot olishning oson va tezkor mekhanizmini yaratish maqsadida maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va attestat berishda elektron tizim joriy etiladi.

Elektron tizimga bitiruvchilar haqidagi malumot va baholarni kiritib boriladi. Har bir maktabda bitiruvchilarning malumotlar bazasi shakllantiriladi.

Makhsus muhofazalangan qogozda chop etilgan shahodatnoma va attestatning orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan malumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shu kunga qadar shahodatnoma va attestatga bitiruvchining familiyasi, ismi, bitirgan maktabi, uqigan fanlari buyicha uzlashtirgan baholari ruchkada (qulda) faqat uzbek tilida yozilgan bulsa, bundan keyin kompyuterda uchta tilda (uzbek, rus, ingliz) yozilib, makhsus printerda chop etish rejalashtirilmoqda. Bu esa uz navbatida bitiruvchilar khorijiy talim muassasalariga hujjat topshirishda yanada qulaylik yaratadi.

Shuningdek, qaror bilan fuqarolarning dublikat shahodatnoma va attestat olish buyicha murojaatlarini tezlashtirish, ortiqcha ovoragarchilik, byurokratizm va sarson-sargardon bulishini oldini olish maqsadida hujjat dublikatini berish tartibi soddalashtirildi.

Check Also

laktoza

Laktoza intoleransi nima, uni qanday aniqlash mumkin?

Tabiatda sutda yuqori miqdorda bulgan va sut shakari sifatida tanilgan laktoza energiya manbai hisoblanadi. Laktoza …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари