Home / Madaniyat / «Yasin» va «Dukhon» suralari fazli

«Yasin» va «Dukhon» suralari fazli

suraAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Har bir narsaning qalbi bor. Quronning qalbi «Yasin»dir. Kim «Yasin»ni qiroat qilsa, Alloh unga bu qiroati uchun Quronni un marta qiroat qilgan(savobi)ni yozadi», dedilar».

Termiziy va Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Sharh: Har narsaning qalbi uning asosiy azolaridan biri buladi. «Yasin» surasi ham Quronning qalbi bulishi ila ana usha martabaga erishgan. Bu surai karimada iymon va unga bogliq narsalar, kishi hayotida uchrab turadigan turli holatlar va Allohga suyanishga chorlovchi oyatlar bulgani uchun ham oliy maqomni olgan.

«Yasin» surasini doim qiroat qilishni uziga vazifa qilib olganlarning zurligi ham shundan. Tasavvuf yulini tutgan zotlar har kuni bomdod namozidan keyin bu surai karimani uqishni uzlariga kundalik vazifa qilib olganlar.

Maqil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Yasin» Quronning qalbidir. Kim uni Allohni va okhirat kunini umid qilib uqisa, albatta, magfirat qilinadi. Uni uliklaringizga uqinglar», dedilar».

Imom Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Sharh: «Yasin» surasi faqat bu dunyoda emas, u dunyoda ham foyda berar ekan. Kim uni niyat va tadabbur ila Allohni va okhirat kunini umid qilib uqisa, albatta, magfirat qilinar ekan.

«Yasin» surasini uliklarga uqishni ikki khil tushunilgan. Biri ulim tushagida yotganlarga uqish bulsa, ikkinchisi utib ketganlarga bagishlab uqishdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim «Yasin»ni kechasi Allohning roziligi talabida uqisa, uni magfirat qilinadi», dedilar».

Imom Molik va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

Sharh: «Yasin» surasining fazli haqida kupgina hadislar rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida «Yasin» surasi Quronning qalbi ekani takidlangan. Shuning uchun «Quron qalbi» suraga ikkinchi nom bulib qolgan.

Imom al-Bazzor Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Har bir narsaning qalbi bor. Quronning qalbi «Yasin»dir. Men uni ummatimdan har bir insonning qalbida bulishini istardim», deganlar.

Mazkur hadisi shariflar va shunga ukhshash boshqa targib hadislarga amal qilaroq, musulmonlar ichida bu surai karimani yodlash, uni doimo uqib yurish keng odat tusiga kirgan.

Agar bu amalga suraning manolarini anglab etish va tadabbur qilish ham qushilsa, ayni murod hosil bular edi. Zero, «Yasin»ni uqishga bunchalar targib qiluvchi hadislar bekorga kelmagan.

«Yasin» surasining manolarini urganib chiqqan odam nima uchun bu surai karima «Quronning qalbi» deb atalgani, nima uchun uning fazli haqida hadisi shariflar vorid bulganini anglab oladi.

Surada mujaz kalimalar bilan Alloh taoloning biru borligi, har bir narsaga qodirligi, Paygambarlik va vahiyning haqligi, kishilar Paygambar etkazgan vahiyni uzlariga dastur qilib yashamoqlari lozimligi, ulgandan keyin qayta tirilish kabi masalalar muolaja etiladi.

Bular har bir kishining qalbida turishi lozim bulgan va har bir kishi ertayu kech eslab turishi zarur bulgan masalalardir.

Ushbu masalalarni uz ichiga olgan «Yasin» surasini kim iymon bilan uqisa, gunohlari magfirat bulishiga loyiqdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim «Haa miym Dukhon»ni kechasi qiroat qilsa, tong otguncha unga etmish ming farishta istigfor aytib chiqadi», dedilar».

Termiziy va Nasaiy rivoyat qilishgan.

Sharh: Bu hadisi sharifda «Dukhon»ni kechasi qiroat qilsa» deganda qanday kecha ekani aytilmagan. Qaysi kechasi ekanini kelgusi hadisi sharifdan bilib olamiz.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim «Haa miym Dukhon»ni juma kechasi qiroat qilsa, uni magfirat qilinadi», dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Sharh: Ana endi aniq malum buldi. «Dukhon»ni juma kechasi qiroat qilsa, uni magfirat qilinar ekan. Usha magfirat qilinadigan gunohlar sagira – kichik gunohlar ekanini ulamolarimiz alohida takidlaganlar.

Tobaroniyning rivoyatida:

«Kim «Haa miym Dukhon»ni juma kechasi yoki juma kuni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», deganlar».

Sharh: «Dukhon» surasini faqat ertaga juma degan kechasi emas, juma kuni kunduzi uqilsa ham buladi. Alloh taolo uni usha vaqtda qiroat qilgan bandaga jannatda bir uy bino qilar ekan.

Imkonini topgan kishilar ushbu hadisi shariflarga amal qilib yursalar, albatta, katta savobga ega buladilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари