Home / Madaniyat / Zulhijjaning un kuni

Zulhijjaning un kuni

zulhijjaZulhijjaning un kuni deyilganida, bu oyning birinchi un kunligi kuzda tutiladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir kundagi solih amal Alloh uchun ushbu un kunlikchalik mahbub emas», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, Allohning yulidagi jihod ham-a?!» deyishdi.
«Allohning yulidagi jihod ham. Magar bir odam joni va moli ila chiqsa-yu, undan biror narsa qaytmasa, bundan mustasno», dedilar
».

Termiziy, Bukhoriy va Abu Dovud rivoyat qilgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, ushbu un kunchalik, deganlari Zulhijja oyining birinchi un kunligi, deganlaridir.
Mulohaza qiladigan bulsak, bu hadisda mazkur kunlarda ruza tutish haqida bevosita suz yuritilayotgani yuq. Balki solih amal qilish haqida suz ketmoqda. Nafl ruza tutish esa eng solih amallardan biri hisoblanadi.

Zulhijja oyining birinchi un kunida kuproq solih amal qilishga qattiq targib etishdan murod, usha kunlari qilinadigan solih amallar Alloh uchun eng mahbub solih amal ekanligi sababidandir.  Sahobai kiromlar bu suzlarni eshitgunlaricha Alloh uchun eng mahbub solih amal Allohning yulida jihod qilish, deb yurganlari uchun, mazkur un kunlikdagi solih amal Alloh huzurida uning yulida qilingan jihoddan ham mahbubroqmi?, deb suradilar.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Zulhijja oyining birinchi un kunligida qilingan solih amallar Allohning yulidagi jihoddan ham afzal ekanini tasdiqlash bilan birga, birgina holat bundan mustasno ekanini takidladilar. U ham bulsa, Allohning yulida uz moli ila jihodga chiqib, shahid bulgan odamning ishi ustun ekanligidir. Demak, Zulhijja oyining birinchi un kunligida kuproq solih amallar qilishga urinmogimiz lozim.

Ummu Salama yoki Hafsa roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zulhijjaning tuqqiz kunida va Ashuro kunida ruza tutar edilar».

Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilgan.

 Albatta, bu ruza tutish Hajga bormagan paytlarida bulgan. Chunki Zulhijja oyi Haj oyi bulib, uning tuqqizinchi kuni Arafot kuni buladi va u kuni ruza tutish mumkin emasligi avvalgi hadislarda zikr qilindi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh uchun Zulhijjaning un kunichalik Unga ibodat qilish mahbubroq kun yuq. Ularning bir kunlik ruzasi bir yillik ruzaga tengdir. Ularning bir kechasining bedor utkazish esa Laylatul Qadrni bedor utkazishga tengdir», dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Ushbu va undan oldingi hadislarda Zulhijja oyining birinchi un kunligida kup ibodat qilishga, khususan, usha un kunlikning kunduzlarini ruza tutib, kechalarini bedor ibodat bilan utkazishga targib qilinmoqda. Albatta, Zulhijjaning uninchi kuni iydi Qurbon bayrami bulib, u kunning ruzasini tutish mumkin emasligi hammaga malum va mashhur bulganidan aytib utilmagan.

Hojidan boshqaga Arafa kuni ruzasi

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Allohdan umid qilamanki, Arafa kunining ruzasi undan oldingi sananing va undan keyingi sananing kafforoti bulur» , dedilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

 Bu, albatta, Hajga bormagan kishilar uchundir. Demak, Hajga bormaganlar Arafa kunining ruzasini tutsalar, ulkan fazlga ega bulurlar.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Arafada ogizlari ochiq buldi. U Zot Ummu Fazl yuborgan sutni ichdilar». Turtovlari rivoyat qilgan.

Rivoyatda nomlari kelgan Ummu Fazl roviy Abdulloh ibn Abbosning ugay onalari, hazrati Abbos ibn Abdulmuttalibning khotinlaridir. Mazkur hodisa Hajda bulib utgan. Kishilar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruza tutgan yoki tutmaganlari haqida ikhtilof chiqqan. Shunda kupchilik qatori Arafaga chiqqan Ummu Fazl roziyallohu anho bir idishda u Zot sollallohu alayhi vasallamga sut yuboradilar. Paygambar sollallohu alayhi vasallam u sutni ichadilar. Shunda u Zot Arafa kuni Arafotda turib ruza tutmaganlari hammaga ayon buladi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan Arafa kuni ruzasi haqida suraldi. Bas, u kishi: «Men Paygambar sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr, Umar va Usmonlar bilan birga Haj qildim. Ular Arafa kuni ruza tutmaganlar. Men ham u kuni ruza tutmayman, tutishni amr ham qilmayman, nahiy ham qilmayman», dedilar».

Nasaiy va Termiziy yakhshi sanadda rivoyat qilgan.

Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu ham Hajda yurgan kishining Arafa kuni ruza tutmasligi haqida gapirmoqdalar. Urgangan hadislarimizdan khulosa shuki, Haj qilmagan odam Arafa kuni ruza tutgani, Haj qilgan odam esa tutmagani afzal.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари