Home / Madaniyat / Amallar niyatga bogliq
Место рекламы

Amallar niyatga bogliq

amallar-niyatAlloh taolo iymon ahliga niyat suratida shunday kimyoviy elementni ato etganki, u yordamida inson ozgina tavajjuh ila tuproqni tillaga aylantira oladi.

Bu haqda hadisi sharifda shunday deyilgan:

عَنْ عُمَرَ رضي الله عنه عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّمَا اْلأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ وَإِنَّماَ لِكُلِّ امْرِئٍ مَا نَوَى فَمَنْ كَانَتْ هِجْرَتُهُ إِلَى اللهِ وَرَسُولِهِ فَهِجْرَتُهُ إِلَى اللهِ وَرَسُولِهِ وَمَنْ كَانَتْ هِجْرَتُهُ لِدُنْيَا يُصِيبُهَا أَوِ امْرَأَةٍ يَنْكِحُهَا فَهِجْرَتُهُ إِلَى مَا هَاجَرَ إِلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.

Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, amallar niyatga bogliqdir. Albatta, har bir kishining niyat qilgan narsasi buladi. Bas, kimning hijrati Alloh va Uning Rasuli uchun bulsa, uning hijrati Allohga va Uning Rasuliga buladi.

Kimning hijrati dunyo uchun bulsa, unga erishadi. YOki ayol uchun bulsa, uni nikohlab oladi. Bas, uning hijrati nima uchun qilingan bulsa, ushanga buladi», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Bazilar bu kabi hadislarni notugri talqin qilib, niyat bilan yomon ishlar khayrli amallarga, gunohlar esa savobga aylanadi, deydilar. Bu gap mutlaq notugridir. Gunoh ish har qanday holatda ham gunoh hisoblanadi.

Nechoglik gunoh ishni yakhshi niyat bilan qilinmasin, baribir, u gunohligicha qoladi. Masalan, bir kishi sadaqa qilib yuborish niyatida birovning uyiga ugirlikka kirdi va ugirlangan narsalarni sadaqa qilib yubordi. Qilingan niyat bilan ugrilikning gunohi kechirilmaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuqorida kelgan irshodlarini quyidagi tarzda tushunish lozim:
1. Qilgan yakhshi ishga tugri niyat bilan savob olinadi, yani Allohni rozi qilish niyatida uqilgan namozga savob olinadi. Agar insonlarni kuzi uchun namoz uqilsa, savob urniga gunoh buladi.

2. Niyat bilan qilingan yakhshi ishga ajr olish muboh amallarda uz isbotini topadi. Chunki muboh va joiz ishlarga na savob va na gunoh buladi. Lekin muboh amallar yakhshi niyat bilan savobli, ajrli ibodatga aylanadi va niyat bilan qilingan ishga ajr beriladi.

Masalan, ovqatlanish muboh amallardandir. Agar biror kishi:«Ovqat vositasida tanamda Alloh taolo buyurgan amallarni qilishga kuch paydo buladi», degan niyatda ovqatlansa, egan ovqati ham savobga aylanadi yoki bir kishi: «Alloh taolo meni zimmamga nafsimni haqqini yuklagan.Men uni ado qilishim lozim» degan niyat ila ovqatlansa yoki «Ovqatlangandan keyin tanam yayraydi va qalbim bilan Alloh taologa hamd aytaman» degan niyat ila ovqatlansa, bas, egan ovqatiga savob beriladi.

Bilingki, biror muboh ish yuqki, yakhshi niyat bilan ibodatga aylanib, uni qilgan kishiga savob bulmasa! Ha, albatta, barcha yakhshi niyat ila qilingan muboh ishlar ibodatga aylanib, uni qilgan kishiga savob beriladi. Masalan, kundalik qiladigan barcha muboh ishlarimiz yakhshi niyat bilan ibodatga aylanib, ularga savob beriladi.

Ularning bazisi bilan quyida tanishib chiqamiz:
1. Kundalik ishlar khoh u tijorat bulsin, khoh amaldorlik, khoh dehqonchilik. Agar inson u ishlarga: «Alloh taolo nafsimni va bola-chaqalarimni haqlarini ado etishni meni zimmamga yuklagan», degan niyat ila kirishsa, zimmasiga yuklangan haqlarni ado etish bilan bir qatorda, qilgan ishlari ibodatga aylanib, ularga savob beriladi.

Agar u kishi: «Qilgan mehnatidan chiqqan foydani uz ahlimga sarf qilib, oshganini boshqa muhtojlarga va boshqa khayrli ishlarga harj qilaman», degan niyat bilan ishga otlansa, qilgan niyati tufayli ziyoda savobga ega buladi.

2. Bir kishi khalqqa khizmat qilish niyati ila ilm olsa, masalan, khalqqa dinni etkazish maqsadida diniy ilmni olsa, yoki doktor bulib, kasallarga khizmat qilish maqsadida tibbiyot sohasini urgansa, yoki davlatga, khalqqa khizmat qilish maqsadida mashinasozlik sohasini urgansa, yoki insonlar hojatini chiqarish niyatida biror bir hunar urgansa, inshaalloh, qancha vaqt ularni urganishga sarf qilsa, qilgan khayrli niyati sababli ushancha vaqt unga savob etib turadi.

3. Bir kishi qandaydir kasbni tanladi. Shunda buni fikr qildiki, rizq Alloh taoloning zimmasida, qanday bulmasin, u uz egasiga etadi. Rizqni qulga kiritishning juda kup yullari bor. Lekin men falon yulni tanladim va uning vositasida Alloh taoloning makhluqlariga khizmat qilaman, deb niyat qilsa, usha tanlagan kasbi ajru-savobga sabab buladi.

Masalan, bir kishi tabib bulib:«Rizqni juda kup yullari bor. Men bu tanlagan kasbim bilan kasallikdan tinkasi qurigan insonlarga yordam beraman», deb niyat qilsa, garchi bemorlar tomonidan tabibga mukofot yoki haq berilsa ham, tabib qilgan niyatiga, inshaalloh, ajr oladi. Shunday niyatli inson bazan hech qanday evazsiz muolaja qilsa va bazan katta haq evaziga davolasa, u qilgan niyatiga savob olaveradi.

4. Bir kishi kiyim-kechak sotishni khohlab: «Har bir kishiga sharan kiyim kiyishi vojib. Kup hunarlar ichidan kiyim-kechak sotish tijoratini insonlar zimmasidagi vojib amalni ado etishga kumaklashish uchun tanladim», degan niyat bilan ishga kirishsa, inshaalloh bu hunarga ajr oladi.

5. Bir kishi rasmiy ishda ishlaydi. U uz ishiga:«Ushbu vazifam orqali insonlarning hojatlarini chiqaraman», degan niyatda kirishsa, inshaalloh, niyatiga savob oladi.

6. Bir kishi chiroyli kiyimni:«Alloh taolo menga bu nematni ato etdi. Unga qarovchilar khursand buladilar», degan niyatda kiysa, niyatiga ajr oladi. Lekin kiyimimga qarab, kim ekanimni bilib oladilar yoki insonlarga kuz-kuz qilaman, degan niyatda kiyinsa, inshaalloh, ajrdan bebahra qoladi.

7. Bir kishi:«Bolalarni erkalash va suyishlik Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatidan», degan niyatda farzandlarini erkalasa, inshaalloh, niyatiga savob oladi.

8. Kishi uy ishlarini:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylariga qachon kelsalar, uydagilarning  ishlariga kumaklashar edilar», degan niyatda qilsa, inshaAlloh niyatiga ajr oladi.

9. Ayol uz bolalari bilan:«Yakhshi muomala qilish Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va u Zot muomalani yakhshi qilishga amr qilganlar», degan niyatda muomalani yakhshi qilsa, inshaalloh, niyatiga ajr oladi.

10. Bir kishi:«Mehmonlarga ikrom kursatish sunnat va qolaversa, muminning haqqi», degan niyatda mehmonlarni ochiq chehra bilan kutib olsa, inshaalloh qilgan niyatiga ajr oladi.

11. Bir kishi uyiga:«Insonlar yoki hayvonlarga foyda buladi va qolaversa, qarovchilarning kuzini quvontiradi», degan niyatda kuchat utqazsa, inshaalloh, niyatiga ajr oladi.

12. Bir kishi yozuvini:«Uquvchilarga engil buladi», degan niyatda chiroyli qilsa, inshaalloh, niyatiga ajr oladi.

13. Ayol erini mamnun qilish niyatida uy ichida rukhsat berilgan zeb-ziynatlar bilan ziynatlansa, er esa ayolim khursand va mamnun buladi deb, pokiza bulsa, inshaalloh, qilgan niyatlariga ajr oladilar.

14. Bir kishi: «Zimmadagi farzlarni ado etishga kuch-quvvat paydo qiladi», degan niyatda rukhsat berilgan uyin-kulgini qilsa, inshaalloh, niyatiga ajr olinadi.

15. Bir kishi namoz vaqtlarini bilish, vaqtning qadriga etib, uni yakhshi ishlarga sarflash maqsadida,quliga soat taqsa, inshaalloh, qilgan niyatiga savob buladi.

Imom Gazzoliy uzlarining «Ihyoul ulum» kitoblarida niyat tugrisida quyidagi urinli iborani keltirganlar:«Inson hayotida biror muboh amal yuqki, niyat bilan savobli ishga aylanmasa! Er-khotin uzaro bir-birlari bilan: «Biri ikkinchisini haqini ado etish yoki iffatni saqlash» niyatida yaqinlik qilsalar, qilgan ishlariga savob oladilar».

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

bx_-tNwjJVWz4egYAK6IJgMpRni9CyY0

Propiska tizimini soddalashtirishga oid loyiha elon qilindi. Jiddiy uzgarishlar kutilmoqda

“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi uzining rasmiy saytida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари