Home / Madaniyat / Dushanba va payshanba kunlari ruzasi

Dushanba va payshanba kunlari ruzasi

duaAbu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan dushanba va payshanba kuni ruzasi haqida suraldi. U Zot: «Usha kunda tugildim va usha kunda menga Quron nozil qilindi», dedilar».

Abu Dovud va Muslim rivoyat qilishgan.

Sharh: Kurinib turibdiki, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan dushanba va payshanba kunlari nima uchun ruza tutiladi, degan manoda suralgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa dushanba kuni nima uchun ruza tutilishi hikmatini bayon qilib berganlar. YOki dushanba ham payshanba kuni nima uchun ruza tutilishi hikmatini bayon qilgan bulsalar ham, bu rivoyatda javobning faqat dushanba kuni haqidagi qismi kelgan.

Khush, dushanba kuni nima uchun nafl ruza tutishga amr qilingan ekan? Chunki u – ulug kun. Uning ulugligining birinchi alomati Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam usha kunda tugilganlar.

Ha, okhirgi zamon Paygambari, Sarvari olam Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam Fil yili, Robiul avval oyi, dushanba kuni dunyo­ga kelganlar. Bu kun dunyo tarikhidagi eng ulug kunlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham u kunning ruzasini har hafta tutish targib qilinadi.

Shuningdek, dushanba kuni nafl ruza tutishning yana bir sababi usha muborak kunda Quroni karim nozil bulgandir.

Ha, Alloh taoloning okhirgi va qiyomatgacha mujiz va boqiy qolguvchi, insoniyatga ikki dunyo saodatini kursatib berguvchi kitobi Quroni karimning birinchi oyatlari tushishi Ramazon oyining un ettinchi kuni, dushanba kunida sodir bulgan.

Bu kun ham dunyo tarikhidagi eng ulug, eng muborak kunlardandir. Alloh tomonidan insoniyatni hidoyatga boshlovchi ilohiy dasturning tusha boshlash kunidir. Shuning uchun bu kunning ruzasini har hafta tutish targib qilinadi.

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu uz molining talabida Vodiy al-Quro tomon junadi. U dushanba va payshanba kunlari ruza tutar edi. Khodimi unga:

«Nima uchun qari chol bulaturib dushanba va payshanba kunlari ruzasini tutasiz?» dedi.

«Allohning Paygambari bu ikki kunning ruzasini tutar edilar. Bu haqda suralganlarida:

«Albatta, bandalarning amallari dushanba kuni va payshanba kuni arz qilinadi, mening amalim arz qilinganda ruzador holda bulishni yakhshi kuraman», dedilar» dedi».

Sunan egalari rivoyat qilishgan.

Sharh: Avvalo, hadisi sharifning roviyi, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mahbublari Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:

Usoma ibn Zayd ibn Horisa ibn Shurahbil al-Qalbiy, kunyalari Abu Muhammad. Onalari Ummu Ayman, yani Rasulullohning murabbiyalari.

Bu zot ulug sahobalardan bulib, Makkada tavallud topdilar. Islomda usdilar. Chunki otalari Islomga avvalgi kirgan zotlardan edilar. Rasululloh bu Usomani khuddi nevaralari Hasan va Husaynlarni yakhshi kurgandek, qattiq yakhshi kurar edilar. Usoma Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Madinaga hijrat qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida Usomaning yoshlari hali yigirmadan oshmagan edi. Rasululloh alayhissalom hayotlik paytlarida Usomani askarlar ustidan qumondon qilib tayinlagan edilar. Mana shu amalda Abu Bakr va Umar roziyallohu anhularning khalifalik davrlarida ham utirdilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan sung Vodiy al-Quroga kuchib, mana shu erda istiqomat qildilar. Sungra Damashqqa kuchib utdilar. Sung yana Madinaga kuchib, vafotlariga qadar mana shu erda yashadilar.

Hammasi bulib, 128 ta hadis rivoyat qildilar. Bu hadislarni otalari, onalari va Ummu Salama onalarimizdan rivoyat qildilar.

Bu zot hijratning 54-yili Muoviyaning khalifalik davrida vafot etdilar.

Vodiy al-Quro Madinai Munavvara bilan Shom orasidagi bir vodiy bulib, u erda Madina ahlining molu mulklari bular edi.

Ulug sahobiy Usoma ibn Zayd roziyallohu anhu uz khizmatchilarining nima uchun qarib qolsangiz ham, qiynalib dushanba va payshanba kunlari ruza tutasiz, degan savoliga Paygambar sollallohu alayhi vasallam usha kunlar ruzasini tutganlari uchun tutishlarini aytdilar.

Ha, sahobai kiromlar uchun – chin musulmonlar uchun Paygambar sollallohu alayhi vasallamga har bir narsada ergashish katta bakht va shonu sharaf edi. Ular kattayu kichik ishlarini uz habib Paygambarlari Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallamning sunnati saniyalariga moslab qilishga harakat etganlar. Sunnatga khilof ish qilishni zalolat, deb bilganlar.

Qolaversa, Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuga u kishining khodimlari bergan savolni Pay­gambar sollallohu alayhi vasallamga bazi sahobalar ham berib, nima uchun dushanba va payshanba kunlari ruza tutish afzal kurilishini bilishga qiziqqanlar.

Javob bitta, hadisda zikr qilinganidek, har dushanba va payshanba kunlari bandalarning qilgan amallari Alloh taolo huzurida arz qilinar ekan.

Albatta, usha arz qilinadigan amallarning qabul buladigani bor, qabul bulmaydigani bor. Arz paytida amalning egasi ruza tutgan holida Alloh taologa iltijo qilib tursa, uning sababidan amali kuproq qabul bulishi mumkin ekan.

Shuning uchun har dushanba va payshanba kunlari ruza tutishga harakat qilinadi. Bu ruzaning ushbu rivoyatda zikr qilinayotgan hikmatidan tashqari taqvo, mehr, sabr va sogliqqa tegishli va boshqa hikmatlari ham borki, uni unutmasligimiz kerak.

Ummu Salama roziyallohu anho:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga har oydan uch kun ruza tutmogimni, ularning birinchisi dushanba va payshanba bulishini amr qilar edilar», dedi.

Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.

Sharh: Bu rivoyatda ham dushanba va payshanba kunlari ruzasiga targib borligi kurinib turibdi.

Oisha roziyallohu anho:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir oydan shanba, yakshanba va dushanba kuni, boshqa oydan esa seshanba, chorshanba va payshanba kuni ruza tutar edilar», dedi.

Termiziy rivoyat qilgan va hasan degan.

Sharh: Bu rivoyatda ham oldingi rivoyatlardagi mano takid qilinmoqda. Islom ummatidagi solih kishilar dushanba va payshanba kunlari ruzasini doimo tutib kelganlar va tutmoqdalar. Alloh taolodan bizni ham usha solihlar qatoridan qilishini surab, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga binoan, ushbu ikki kunning ruzasini tutishda bardavom bulaylik.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари