Home / Jamiyat / Uzbekiston haydovchilarni 100 ballik tizimda baholashga utishi mumkin

Uzbekiston haydovchilarni 100 ballik tizimda baholashga utishi mumkin

haydovchilarUzbekiston Ichki ishlar vazirligi haydovchilarni baholashning ballik tizimini tatbiq etish imkoniyatlarini kurib chiqmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB akhborot multimedia markazi rahbari Bakhtiyor Inogomov 17 may, payshanba kuni bulib utgan brifing chogida malum qildi.

Inogomovning suzlariga kura, ushbu taklif Uzbekiston ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov tomonidan 16 may kuni Olmazor tumani aholisi bilan bulib utgan uchrashuv chogida aytib utilgan.

Amaldagi Yul harakati qoidalariga muvofiq, haydovchi bir yil davomida uch marta bir khil turdagi qoidabuzarlikka yul quysa, u haydovchilik guvohnomasini qaytadan qulga kiritish uchun imtihon topshirishi kerak buladi. Hozirgi vaqtda loyihasi urganib chiqilayotgan ballik tizim aynan shu jarayon urnini egallashi kuzda tutilgan.

«Deylik, haydovchining hisobida 100 ball bor. Har bir qoidabuzarligidan sung uning ballari kamayib boradi, kursatkich 0 ga tushib qolgach — limitini tuliq tugatgach — haydovchi qaytadan imtihon topshirishi kerak buladi. Bu hali loyiha darajasidagi taklif, kurib chiqilyapti. Avval urganiladi, joriy qilish maqsadga muvofiq deb topilsa, qoidalarga ham kiritiladi», — dedi Bakhtiyor Inogomov.

Qayd etish joiz, Ichki ishlar vazirligi ushbu goyani kurib chiqish jarayonida haydovchilarning bunga munosabatini ham urganishni maqsad qilgan.

«Gazeta.uz»ning qayd etishicha, Gruziyada 2017 yil iyulidan beri haydovchilarning harakati 100 ballik tizimda baholab boriladi. Agar haydovchi 100 ballik qoidabuzarliklarni sodir etsa, u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.

Masalan, transport vositasini alkogol ichimlik tasirida boshqarish 30 ballning yuqotilishiga, mashina boshqaruvini giyohvand modda tasiridagi shakhsga ishonib topshirish esa 40 ballning echib olinishiga sabab buladi. Haydovchi yoki old urindiqdagi yulovchi khavfsizlik kamarini taqmasa, haydovchi 5 balldan mahrum buladi.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари