Home / Madaniyat / Istigfor va uning tasiri

Istigfor va uning tasiri

istigforHech shubha yuqki, «hamma ishlarimni Alloh kuzatib turibdi» deb etiqod qilguvchi mumin kishining khatolari kam buladi. Lekin gohida adashib bazi bir noloyiq ishlarni qilib quysa, darhol Allohni eslaydi, khatosini tan oladi, nadomat chekadi, istigfor aytib, ikkinchi bu ishni takrorlamaslikka ahd qiladi. Islomda gunohni yuvish uchun din arboblari huzurida etirof etish (tan olish)ning hojati yuq. Shuningdek, qilgan gunohi kishiga doimo yopishib yuradi, undan qochib qutulib bulmaydi, degan etiqod ham yuq. Har bir musulmon bevosita Allohga duo qilib, uz nadomatini izhor qilib, gunohidan utishini surash imkoniga ega. Quroni Karimda shunday deyilgan: «Kim yomonlik qilsa yoki uziga zulm etsa, sungra Allohga istigfor aytsa, Allohni magfiratli va rahimli Zot ekanini topadi» («Niso» surasi, 110-oyat).

Alloh taolo uzining magfiratiga sazovor buladigan muminlarni sifatlab shunday deydi: «Va ular fohisha ish yoki uzlariga zulm qilgan choglarida Allohni eslab, gunohlarini magfirat qilishni suraydilar, gunohlarini Allohdan uzga kim ham magfirat qilardi? Va ular, bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bulmaslar. Ana ushalarning mukofotlari Robbilaridan bulgan magfiratdir» («Oli Imron» surasi, 135, 136-oyatlar).

Alloh taolo tavba qilib uziga yolvorganlarning gunohlarini, albatta, kechadi. Bu haqda «Zumar» surasida shunday deyilgan: «Sen mening tarafimdan: «Ey, uz jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bulmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat etar. Albatta, uning Uzi uta magfiratli va uta rahimli Zotdir», deb ayt» (53-oyat).

Ulamolar: mumin kishining umidini kuchlantiruvchi oyatlarning eng zuri mana shu oyatdir, deganlar. Islom dinida gunohlardan khalos bulish, uz-uzini poklash imkoni ezgulik yulidagi ishlarga chambarchas bogliqdir. Ezgu ishlar gunohni yuvishi oyat va hadislarda alohida takidlangan Chunonchi, Alloh taolo Quroni Karimda: «Albatta, yakhshiliklar yomonliklarni ketkazadi», degan («Hud» surasi, 114-oyat). Boshqa bir joyda Alloh ezgu amallar magfiratga olib borishini aytadi: «Boshqalar esa gunohlarini etirof qildilar; ular yakhshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh magfiratli va rahimli Zotdir» («Tavba» surasi, 102-oyat).

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: «YOmon ishning ortidan yakhshi ish qilsang, yomonlikni yuvgan buladi».

Imom Bukhoriy rivoyat qilgan.

Zero, inson «Alloh barcha gunohlarni kechadi, men haqiqiy tavba qilsam, qabul qiladi» deb qatiy ishonmogi lozim. Hozirgi kunda tibbiyot ilmi muhtoj bulib turgan asab kasalliklarini davolash vositalaridan eng kuchlisi ham ana shu. Psikhologiya olimlari, khususan, mashhur Freydning fikricha, asab kasalliklarining asosiy sababi ruhiy tushkunlik bulib, uning davosi faqat asab kasalliklari buyicha mutakhassis kishining oldida uz khatolarini tan olish bilan buladi.

Bu narsa, mutakhassislarning aytishicha, ruhiy, mantiqiy bir ish bulib, kasalning khatolarini ochib tashlaydi, u uz khatolarini kurib, his qiladi. Shunda uning ruhi bilan vijdoni orasida uzaro kelishuv paydo buladi. Vijdon kechiradi, inson esa uzini ruhi oldida musaffo his qiladi, shu bilan asabiy tugun yuqoladi.

Asabiy tugunlar khayoliy narsa bulmay, balki kupgina kasalliklarning sababchisi hamdir. Masalan: bosh ogrigi, yurak notinchligi, qon bosimi va hozirgi kunda tarqalgan kupgina kasalliklar…

Buning davosi tabib huzuridagi etirof bulsa, tabib huzurida etirof qildi nimayu, Allohning huzurida etirof qildi nima? Allohning kechirishi bilan vijdonning sof bulishi orasida qanday farq bor?

Aslida, tabib huzurida yoki yolgiz holda uz vijdoni oldida tazarru qilayotgan odam uzi bilib-bilmagan holda Allohga yuzlanib iltijo etayotgan buladi. Zero, vijdon «Al-Miysoq»dan qolgan dindorlik tuygusining ayni uzidir.

Khatoni tan olish nazariyasi Quronning hikmatlaridan bulib, uning inson uchun foydasi juda ham kattadir. Misol uchun, Quron Yunus alayhissalomning uz khatolarini tan olganlari oqibatida gam-gussadan qutulib, najot topganlarini aytib utadi: «Zunnunni esla. Ushanda u gazablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni uziga (er yuzini) tor etmaydi, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib, Sendan uzga Iloh yuq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan buldim, deb nido qildi. Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga gamdan najot berdik. Muminlarga shunday najot berurmiz» («Anbiyo» surasi, 87, 88-oyatlar).

Bu oyatdagi «muminlarga shunday najot berurmiz» jumlasi barcha muminlarni yuqoridagi yuldan borishga va ogir, noqulay holatga tushib qolganda, uz gunohlarini tan olib, Allohdan yordam surashga davat etadi. Qurondagi yana bir misol, Odam ato va Momo Havo Allohning buyrugiga buysunmay, gunoh qilganlarida bu gunohni tan olib, duo qilganlarini eslatadi: «Ey Robbimiz, biz uzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magfirat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon kurganlardan bulamiz» («Arof» surasi, 23-oyat).

Quron gunohlarni kechishni surashni va uni qayta takrorlamaslikni, «Allohning rahmatiga etishish vositasi» deydi.

«Robbingizga istigfor aytinglar, sungra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U sizlarni malum muddatgacha yakhshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur» («Hud» surasi, 3-oyat).

Rivoyat qilishlaricha, Hazrati Umar (roziyallohu anhu) davrida bir kishi kelib, qurgoqchilikdan shikoyat qilibdi. Hazrati Umar unga «istigfor aytinglar» deb javob beribdilar. Ikkinchi bir kishi kelib kambagallikdan shikoyat qilibdi. Unga ham «istigfor aytinglar» deb javob beribdilar. Uchinchi bir kishi befarzandlikdan shikoyat qilibdi. Unga ham «istigfor ayt» debdilar. Yana bir kishi kamhosillikdan, boshqasi esa suv tanqisligidan shikoyat qilibdi. Ularga ham istigfor aytishni buyuribdilar. Shunda, hazrati Umar bilan utirganlardan biri: «Ey, muminlarning amiri, turli kishilar kelib, turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa barchasiga «istigfor ayt» dedingiz, bu qanday buldi?» deganida, hazrati Umar yuqoridagi oyatni uqigan ekanlar.

Alloh taolo Paygambarimiz Muhammad alayhissalomga qarata: «Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istigfor aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas», degan («Anfol» surasi, 33-oyat).

Paygambarimiz alayhissalom vafot etganlarida bazi sahobalar: «Bizni Allohning azobidan saqlab turuvchi ikki narsa bor edi, biri Paygambarimiz alayhissalom edilar, endi ikkinchisi, istigfor qoldi, u ham ketsa, halokatga uchraymiz», deyishgan ekan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари