Home / Madaniyat / Tilga engil, amal tarozisida ogir zikrlar
Место рекламы

Tilga engil, amal tarozisida ogir zikrlar

tilga-engilAllohning zikri  ulug fazilat bulishiga qaramay, Alloh taolo uni shunday oson qildiki, uni qilish uchun biror narsa shart emas. Agar tahorat bilan qiblaga yuzlanib, fikrni bir joyga quyib, zikr qilishga qodir bulsa, juda yakhshi. Lekin uning iloji bulmasa, aylanib, yurib, turib, utirib va ish qilib bulsa ham, har holatda bu ibodatni qilish mumkin. Bu ibodat uchun tahorat ham shart emas.

Balki janobat va hayz hollarida ham zikr qilish joiz. Faqat yalangoch holatda, najosat urnida, masalan hojatkhonada til bilan zikr qilish durust emas. U vaqtda ham qalb bilan zikr qilish joiz. Shuning uchun inson ushbu ulug ibodat savobini har vaqt biror khos mehnat va mashaqqatsiz qulga kirita oladi.

Munosib gap shuki, ertayu kech bir oz vaqt ajratib, qoidaga binoan tahorat bilan qiblaga yuzlanib, khayolni bir joyga quyib zikr qilsa va boshqa vaqtlarda aylanib, yurib, yotib, utirib zikr aytsa, nemat ustiga nemat buladi.

Bir necha qisqa zikrlar quyida keltiriladi. Aylanib, yurib bulsa ham, ularni tilda aytib yurib, ularni tilning virdiga aylantirib olinadi.

1. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kursatmalari borki, Alloh taolo huzurida eng mahbub turt suz bor:
سُبْحَانَ اللهِ، وَالْحَمْدُ للهِ، وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ، وَاللهُ أَكْبَرُ

«Subhanallohi, valhamdulillahi, va laa ilaaha illallohu vallohu akbar»

Manosi: «Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir. Unga hamd bulsin. Allohdan uzga iloh yuq va Alloh ulugdir» (Muslim rivoyati).

2. Hadisda kelishicha, ikki suz Rohmanga juda mahbub, tilga engil, amal tarozisida esa ogirdir:
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ، سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيْمِ

«Subhanallohi va bihamdihi, subahanallohil aziym»

Manosi: «Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir. Unga hamd bulsin. Ulug Alloh pokdir» (Bukhoriy va Muslim rivoyati).

3. Hadisda borki, «Laa havla va laa quvvata illa billaah» ni kup uqinglar. Chunki bu suzlar jannat khazinalaridan bir khazinadir (Mushkot).

Manosi: «Toatga ham, gunohdan saqlanishga ham quvvat faqat Alloh tomonidandir».

4. Hadisda kelishicha, qaysi shakhs tongda quyidagi suzlarni uqisa, bas, unga Ismoil alayhissalomning farzandlaridan unta qulni ozod qilgan kishining savobi etadi, unta savob yoziladi, unta gunoh afv etiladi, un daraja kutariladi va shomgacha u shayton yomonligidan saqlanadi va shu suzlarni shomda aytsa, bas, tonggacha yuqoridagi foydalar hosil buladi.

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَشَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.

«Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu va huva ala kulli shayin qodir»

Manosi: «Allohdan uzga iloh yuq. U yolgiz, sheriksiz Zotdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir. (U) tiriltiradi va (U) uldiradi. U har bir narsaga qodirdir» (Abu Dovud rivoyati).

حَسْبِيَ اللَّهُ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ، عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ، وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ

«Hasbiyalloh, laa ilaha illa hu, alayhi tavakkaltu va huva Robbul arshil aziym»

Manosi: «Alloh menga kifoya qilguvchidir. Undan uzga iloh yuq. Unga tavakkal etdim va U ulkan Arshning Parvardigoridir».

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4S6J7wvgRLJySdzYpelxtEFZLzuBzNnr

Karantin sababli yaqinlaringizga pul junatish masalasida muammoga keldingizmi?

Karantin sababli viloyatlar, tumanlar urtasida transport orqali harakatlanish vaqtincha cheklanganligi sabab uz yaqinlariga pul junata …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари