Rossiyaning «Yabloko» partiyasi asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bulib utgan uchrashuvi haqida gapirib berdi, deb yozadi «Vedomosti».

yavlinskiFoto: «RIA Novosti»

Uning asosiy mazmunini Yavlinskiy quyidagicha ifodaladi: «Ukrainadagi urushni tugatish kerak». Masalani kim bu tarzda quyganiga siyosatchi aniqlik kiritmadi, «biz gaplashib oldik», — dedi kholos.

Putinning tashabbusi bilan uyushtirilgan uchrashuvda u Rossiya Ukrainadagi nizo tomonlaridan biri ekanligini tan olmagan. «U aytmadi, balki men unga aytdim», — dedi siyosatchi. Uning talqiniga kura, prezident Ukrainadagi nizoni «tugatish kerakligi»ga qushilgan, ammo u erda «urush» borayotganini baribir etirof etmagan.

Yavlinskiyning fikricha, Putin Rossiyadagi vaziyat «porokh solingan bochka»ni eslatishini anglamayapti. Hatto anglagan taqdirda ham, prezident chiqarayotgan khulosalarni Yavlinskiy tugri deb hisoblamagan bulardi.