Home / Madaniyat / Haj sirlariga ishora

Haj sirlariga ishora

hajBiling, yolgizlik va ajralishlik bilan Alloh khizmatida qoim bulish orqali Unga etiladi. Rohiblar Alloh (unsini) suhbatini topish talabida toglarda yolgizlikda bulishardi. Shuning uchun ham haj bu ummatga rohiblik etildi.
Uning yana odoblarini aytish mumkinki, hoji uzining hajida Alloh ibodatida bor vujudi bilan jam (qoim) bulishi uchun qalbini mashgul etadigan oldi-sotdi va himmatini buzadigan amallardan hamda kup zebu-ziynatdan kholi bulishi, sochlari chang-guborga belangan, kiyimlari tuzigan bulishi kerak.
Hoji, iloji boricha, zambil narvonga minmasligi lozim, magar uzrli bulsa, joiz (hozir gildirakli arobalar mavjud… – tarj.). Shu kabi taom va anjomlarini kutarib yuradigan hammol yollamasligi kerak, zero Paygambar sollallohu alayhi vasallamning ustiga eski egar urilgan ulovda haj etganlari malum.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat etgan hadisda Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan shunday naql etiladi: «Darhaqiqat, Alloh taolo hoji bilan maloikalar huzurida fakhrlanib: «Mening bandalarimga qaranglar! Dunyoning hamma eridan chang-tuzonga belanib Mening huzurimga kelishdi. Sizlarning guvohligingizda ayturmanki, Men ularning gunohlaridan utdim», deydi». Imom Ahmad «Musnad»larida rivoyat etganlar.
Alloh taolo Uz uyini sharafladi va uni uluglab Uzining bandalari uchun uni tikladi. Atrofini dakhlsiz ayladi va amrini mashhur qilib, shanini ulugladi. Atrofini uzining kengligiga ukhshagan maydon ayladi.
Biling! Haqiqatdan ham haj afollarining har birida eslovchi uchun eslatma, ibrat oluvchiga ibrat bor. Shu jumladan, safar uchun lozim bulgan zodu-rokhilani hozirlash okhirat uchun solih amallar darkorligini eslatadi. Unga hech bir foyda ham bermaydigan, u bilan birga bulmaydigan riyo, shuhrat yulida ado etilgan fosid amallardan ehtiyot bulishga davat etadi. Buning misoli safarning birinchi kunlaridayoq buzilib, yaroqsiz holga kelgan hul taomga ukhshaydi, bas, uning sohibi taomga hojati tushgan vaqtda nima qilarini bilmay hayronlikka tushadi. Hoji uz vatanidan uzoqlashib, chulu biyobonlarga kiradi va qanchadan-qancha tusiqlaru qiyinchiliklarga guvoh buladi. Bularning barchasi vafot etishi bilan dunyodan qiyomat miqotiga chiqishini hamda dunyo va qiyomat urtasidagi qurqinchu dahshatlarni khotirasiga keltiradi.
Shuningdek, kiyimlarini echib, ehrom boglash vaqti unga guyo kafaniga kirganini eslatadi. Zero, u Parvardigori huzuriga dunyo ahlining kiyimidan uzgacha libosda boradi. Agar u «Labbaykallohumma! Labbaykallohumma!» («Labbay, ey Allohim! Labbay, ey Allohim!») deb talbiya aytsa, uzining bu nidosi bilan Alloh taoloning «Odamlarga haj etishlariga izn bering» (Haj surasi, 27-oyat) degan suziga javob bergan buladi. Haji qabul bulishini umid etishi va duolari mustajob bulmasligidan qurquvda bulishi lozim. Shu kabi u Harami sharifga etib kelganida azob-uqubatdan omonda bulishini rajo (umid) etmogi va Allohga yaqin bandalar jumlasidan uzgacha bulib qolishdan, khavf-khatarda bulmogi zarur buladi. Qanday bulmasin, umid golib kelmogi lozim, zero, karam umumiy, ziyoratchining haqqi rioya etiladi va himoya surovchining talabi javobsiz qolmaydi. Inshaalloh!
Yana agar Baytullohni kursa, uning ulugligini qalbida (mujassam) hozir etadi. Ziyoratchilar safida uni ham bu muborak erga etkizgani uchun Alloh taologa behad shukronalar aytadi. Baytulloh tavofi ulug ekanligini chin dildan his qiladi, zero, u ibodatdir. Hajar ul-asvadni busa etganida u Alloh taolo toatiga bayat etdim, deb etiqod qiladi. Bayatga vafo etish borasidagi aziyatini ham takidlaydi. Kaba pushiga osilib, uning ostonasiga qalbini bosgan vaqtda guyo uzini gunohkor, Khujasi huzurida panoh topgandek, uziga mahbubi yaqin bulganidek his etadi.
Bu haqda ulardan bazilari quyidagi baytlarni aytadi:
Bayting pardalari sendan omonlik belgisi, bilding,
Ey Boriy Khudo! YOrdam istovchilarga ularni osib quyding.
Men etmasman gumon osilgan vaqtimda ularga,
Otashi duzakhdan qurqib, yaqin etding meni olovga,
Mana, men Bayting yonidaman, aytgan eding bizlarga:
«Baytullohni haj etinglar», deya,
Qushnilar rioyasini vasiyat aylading.
Shuningdek, hoji Safo va Marva toglari urtasida say etgan vaqtida ularni tarozi pallasiga ukhshatishi lozim. Urtasidagi borib-kelishni esa qiyomat arosatiga yoki qul uz khojasi uyi eshigiga tez-tez qatnashiga ukhshatishi lozim. Bu bilan u kholis khizmatini Unga izhor etadi va unga rahmat kuzi bilan qarashidan, hojatini ravo etishda Undan umidvor buladi.
Arofat togida qoim bulgan vaqtida odamlarning bir erda zich bulib turgani, ularning baland ovozlari, har khil lahjadagi suzlari, turli khalqlarning bir uringa jam bulishi va gunohlardan shafoat tilashlari hojiga qiyomat kunini eslatadi.
Shaytonga tosh otgan vaqtida esa bu bilan Alloh amriga buyin egishni, qullik va bandalikni izhor etishni, beorom nafsning Alloh amrlarini ado etishini lozim deb biladi.
Hoji Madinai munavvaraga Paygambar sollallohu alayhi vasallam ziyoratlari uchun tashrif etganida, uning birinchi manzaralari namoyon bulganida bu muborak shaharni Alloh taolo Paygambariga ikhtiyor qilib, u Zotga hijrat etishni amr etganini beikhtiyor esga oladi. U Zot alayhissalomning turbatlari shu erda bulishini Alloh iroda etganligini khotirlaydi.
Siz ham uz kunglingizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu shahar eriga quygan muborak qadamlari urnini namoyon eting hamda u Zotning khushu, tazim va tavozularini uzingizda tasavvur eting. Paygambar alayhissalomning ravzalarini ziyorat qilmoqchi bulsangiz, u Zotning tazimlarini va hurmatlarini qalbingizda hozir eting. Khayolingizga u Zoti sharifning mukarram suratlarini keltiring. Qalbingizda ulug darajalarini hozir qilib, u Zotga salom bering. Bilingki, u Zoti oliylari sizning hozir bulganingiz va salom berganingizni batahqiq biladilar, zero bu hadislarda voriddir.
Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat etishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: «Uylaringizni qabrga aylantirmang (yani sunnat va nafl namozlar uqib ularni obod eting… – tarj.), qabrimni uzlaringizga iydgoh qilib olmangizlar. Menga salovot aytinglar, sizlar qaerda turib menga salovot uqisangizlar, albatta, menga etib kelgusidir». Bas, qaysi joyda bulmasin, aytilgan salovot Paygambar sollallohu alayhi vasallamga etib kelar ekan. U Zot alayhissalomning muborak ravzalari oldida turib aytilgan salovotning etib borishi aloroq, balki u Zot bu salavot va salomlarni eshitarlar, zero anbiyolar tirik bulib, uz marqadlarida Allohga ibodat etadilar, chunonchi bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Isro kechalarida malum bulgan. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomning uz qabrlarida Allohga ibodat etayotganlarini eshitdilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари