Home / Madaniyat / Har narsani bilguvchi Zot
Место рекламы

Har narsani bilguvchi Zot

eshitguvchi-zotIslom dini aqidalaridan suz ochilganda, qaysi mavzuda bahs yuritilmasin, gap Alloh taoloning cheksiz qudratiga borib taqaladi va shu haqiqatni tasdiqlaydi. Allohning har ishdagi qudratining bir qirrasini uning mutloq bilguvchiligi tashkil etadi, yani Allohning ilmi cheksizdir.

Alloh taolo hamma narsani bilguvchidir. U hech qachon biror narsani bilmay qolmagan. Uning esidan ham hech narsa chiqmaydi. U kechagi narsani hamda bugun va ertaga buladiganini, ochiq va makhfiy narsalarni, osmondagi va erdagi narsalarni, bu dunyodagi va  u dunyodagi narsalarni barcha-barchasini biladi. Bu borliq va undagi barcha ajoyibotlar Allohning ilmi va hikmati cheksiz ekanligiga yorqin dalildir. Quroni Karimda Allohning ilmi hamma narsani uz ichiga olishiga misol qilib aytiladiki: Alloh hamma narsani Uzi yaratgan. Shu narsalarni yaratgan Zot, albatta, ularning sir-asrorlarini ham hammadan yakhshi biladi.

«Mulk» surasida shunday deyiladi:

«Va siz suzingizni sir tutasizmi yoki oshkora aytasizmi, albatta, U kungillardagini ham bilguvchi Zotdir. Yaratgan Zot Uzi bilmasmidi? Va U daqiqlargacha biluvchi va khabardor Zotdir» (13, 14-oyatlar).

Tafsirchilar bu oyati karimaning nozil bulish sababi haqida shunday rivoyat qiladilar: Bazi kofirlar uzaro suhbatlarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qarshi gaplarni gapirayotganlarida, «Sekinroq gapiringlar, Muhammadning Khudosi eshitib qolmasin», der ekanlar. Quroni Karim ularning kaltafahmliligini shu oyat bilan rad etgan.

Alloh taolo insonning barcha sirlarini, jumladan, qalbidagi narsalarni ham bilib turishi haqidagi bu tushuncha inson qalbiga Alloh taolodan qurqib turish hissini soladi. Bu esa yuqorida takidlaganimizdek, barcha gunohlardan chetda bulishga chorlaydi.

Ojiz inson biror asbob ikhtiro qilsa, usha narsaning hamma tarafini, kam-kustini, qandoq ishlashini, qachon buzilishini va hokazolarni biladi-yu, hammani yaratgan Alloh Uz bandalarining holini bilmaydimi?

Quroni Karim Alloh taolo insonning sir-asrorini va ochiq gaplarini ham bilishligini aytishdan tashqari, borliqdagi barcha narsalarni bilishini ham bayon etgan:

«Alloh har bir urgochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida ulchovlidir. U Zot goyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir. Sizdan kim gapni sir tutsa, kim uni oshkor qilsa yoki kim kechasi berkinuvchi bulsa-yu, kim kunduzi oshkor yuruvchi bulsa, baribir» («Rad» surasi, 8–10-oyatlar).

Alloh taolo uzi yuq (goyibdagi) narsani ham biladi, hozirda mavjud narsani ham biladi. U butun mavjudotdan kattadir, ulugdir. Undan katta, Undan ulug hech bir mavjudot yuqdir. Alloh taolo butun borliqdan yuqoridir. Undan yuksak hech bir narsa yuqdir. Alloh taolo barchaning gaplari va qilmishlarini birdek bilib turadi.

Alloh taolo borliqning barcha makhfiy sirlarini ham juda yakhshi biladi.

«Gaybning kalitlari Uning huzurida bulib, ularni uning Uzidan boshqa hech kim bilmas. U erdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Er tubidagi bir dona don bormi, hulu quruq bormi – barchasi ochiq kitobda bordir» («Anom» surasi, 59-oyat).

Ushbu oyati karimadan Alloh taoloning ilmi cheksizligi va bu ilm uziga khos yagona vasfga ega ilm ekani bilib olinadi. Bu ilmning bosh sifatlaridan biri:

«Gaybning kalitlari Uning huzurida bulib, ularni Uning Uzidan boshqa hech kim bilmas».

«Gayb»–insondan goyib hodisalar, inson sezgi azolari bilan his eta olmaydigan, bilish imkonlari bilan idrok qila olmaydigan hodisalar. Inson uzining nechoglik bilimdonligi bilan gururlanmasin, uning bilganidan bilmagani kup bulib qolaveradi. Usha goyib narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bulsa, ilohiy vahiydir. Qolgan barchasi takhmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.

Gaybga ishonish insonni hayvondan ajratib turadigan asosiy jihatlardan biridir. Quli bilan ushlab, kuzi bilan kurganidan boshqa narsaning borligiga ishonmaydigan moddaparastning hayvondan nima farqi bor?

Mumin-musulmonlar gaybga iymon keltirish bilan boshqalardan ajralib turadilar. Chunki aqida bobi, asosan, gaybga, yani kuzi bilan kurib, quli bilan ushlamagan narsalarga ishonishdan iboratdir. Allohga iymon keltirish ham gaybga iymondir. Shuningdek, farishtalarga, ilohiy kitoblarga, Paygambarlarga, qiyomat kuniga, jannatga, duzakhga, yakhshiyu yomon qadarning Allohdan bulishiga iymon keltirish ham gaybga ishonishdir.

Ushbular va bundan tashqari, insonni har tarafdan urab turgan, utmishni, hozirni va kelajakni ilohiy parda ortida tutib turgan son-sanoqsiz narsalar gaybiyotdir.

Inson gaybni bilish borasida goyat ojizdir. U birinchi inson – Odam Atoning qaerda va qachon paydo bulganini bilmaydi. Bilishi mumkin bulgan narsa – Quroni Karimdagi malumotlar. Boshqa hammasi takhmin, gumon, faraz va hokazo. Uzining utmishini bilmagan inson uchun utmishning asosiy qismi gayb bulishi turgan gap. Alloh taolo esa hammasini biladi. Inson hozirgi lahzada uz tanasida kechayotgan sonsiz-sanoqsiz uzgarishlarni bilmaydi. Katta-katta uzgarishlarni bilishi mumkin, ammo kuplab narsalarni, umuman, bilmaydi. Misol uchun, tanasidagi hujayralarning harakati uning uchun gaybdir. Uz tanasini mukammal bilmagan inson hozirgi davrda borliqda ruy berayotgan hodisalardan qanchasini bila oladi? Hech qanchasini bilmaydi. Ammo Alloh taolo ularning hammasini biladi.

Inson hatto uz boshiga kelajakda qanday hodisalar kelishini bilmaydi. Uziga tegishli narsalarni bilmaganidan keyin, olamdagi boshqalarga aloqador narsalarni, umuman, bilmaydi. Alloh taolo esa ularning hammasini bilguvchidir. Moddaparastlar ilm nomidan gapirayotganlarini davo qiladilar, lekin har bir ilmiy kashfiyotning atrofini kuplab gaybiyot urab turishini unutib quyadilar. Shuning uchun ham har bir ilmiy kashfiyot atrofida takhminlar va farazlar kupayadi. Alloh taolo esa usha takhminlarning haqiqatini biladi. Gaybning kalitlari Alloh taoloning Uzidaligi shundandir. Bu kalitni hatto Paygambarlar ham bilmaydilar.

«U erdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir.»

Yani makonga taalluqli hamma narsalarni biladi. Inson ularning hammasini bilmaydi. Hozirgi kunda ham quruqlik va dengizdan inson avval bilmagan yangidan-yangi narsalar paydo bulib turgani shunga dalolat qiladi.

«Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir.»

Demak, Alloh borliqdagi har bir zarra harakatini ham biladi. Dunyo miqyosida birgina yaproqning uzilib tushishi sezilarli hodisa emas. Ammo Alloh taolo shu hodisani ham, hatto undan ham daqiq narsalargacha yakhshi biladi.

«Er tubidagi bir dona don bormi, hulu quruq bormi – barchasi ochiq kitobda bordir.»

«Ochiq kitob»dan murod – Lavhul Mahfuzdir. «Er ostida yashirin turgan bir dona don bulsa ham, hulu quruqni bulsa ham biladi» degani «uning bilmaydigan narsasi yuqdir» deganidir. Bu tarif faqat Allohning Uzigagina khosdir.

Mana shu oyatlardan malum buladiki, Alloh haqidagi Islom nazariyasi quruq falsafiy, metafizik nazariya emas. Bazi bir dindagilar etiqod qilishlaricha, Alloh olamni yaratib, Uzi osmonga chiqib ketganmish-u, hozir olam bilan ishi yuq emish. Islom etiqodi buyicha esa Alloh doimo bu olamga uz tasirini utkazib turadi. Dunyoda bulayotgan barcha voqealar Allohning ilmidan chetda qolmaydi.

Mazkur haqiqatning bevosita yoshlarga dahldor ahamiyati borki, u haqida qisqacha tukhtalish zarur. Hozir har kuni, har soatda yuz berib turgan bir-biridan dahshatli jinoyatlarda jinoyatchilarning qariyb barchasi «shu ishimni birov kurmayapti-yu» degan tushunchada buladi. Bordi-yu shunday buldi ham, deylik (Aslida, astoydil ketiga tushilsa, ochilmaydigan jinoyat yuq). Jinoyatchi izsiz yuqoldi, qutulib ketdi ham, deylik. Biroq, u qutulolmaydi, chunki u har qancha ustomonlik qilmasin, qilmishlariga Alloh guvohdir. Binobarin, jinoyatning jazosi bandasidan qaytmasa, Allohdan qaytgusidir.

Khulosa shuki, Allohning har narsani kurib-bilib turuvchiligini bilgan hech bir yosh «hech kim kurmayapti-yu» degan aldoqchi ishonchda jinoyatga qul urmaydi, bundan saqlanadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

4xlouBgifH2lC03k0iWhumCJqDryv-Kv

Fotoshopsiz va bir qarashda aqlni shoshiradigan 20ta surat

Ming marta eshitgandan bir marta kurgan afzal, deyishadi. Biroq bazi fotosuratlar shu qadar hayrat uygotadiki, …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари