Home / Madaniyat / Turt mazhab namozi

Turt mazhab namozi

mazgab-namozlarTakbiri tahrima – Namozni boshlaganda ikki qulni elka barobarida kutarib, keyin aytiladigan takbir. Hanafiy va Molikiy mazhabi ulamolari:«Bosh barmogining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizadi», deganlar.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallamning namozni takbir ila ochganlarini, takbir aytayotganlarida ikki qullarini elkalari barobari qilayotganlarini, qachon rukuga takbir aytsalar, khuddi shundoq qilishlarini, qachon «Camiallohu liman hamidah», desalar ham, shundoq qilib turib, «Robbana lakal hamd», deyishlarini, boshqa bir rivoyatda: «Qachonki ikki rakatdan tursalar, ikki qullarini kutarganlarini va buni sajda qilayotganlarida va sajdadan turayotganlarida qilmasliklarini kurdim».

Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar.

Muslim va Abu Dovudning rivoyatida: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam qachon takbir aytsalar, qullarini kutarar edilar. Sungra kiyimlariga uranib chap (qullar)ini ung (qullar)i bilan ushlar edilar», deyilgan.

Hanafiy mazhabida kindikdan pastga boglanadi. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi: «Sunnat – namozda kaftni kaft ustiga qilib, kindikning ostiga quyib turishdir», dedi».

Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.

Shofeiy mazhabida kindikdan yuqori quyiladi. Molikiy mazhabida qulni boglamaslik joriy qilingan.

Namozni boshlash duosi

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozga tursalar, takbir aytar, sungra: «Yuzimni osmonlaru erni yaratgan Zotga botil dinlarda moyil bulmagan musulmon holimda yuzlantirdim. Men mushriklardan emasman. Albatta, mening namozim, ibodatlarim, tirigim va uligim olamlarning Robbisi, Allohnikidir. Uning sherigi yuqdir.Mana shunga amr qilindim. Men musulmonlardandirman. Ey, bor Khudoyo, Uzing podshohsan. Sendan Uzga ibodatga sazovor Zot yuq. Sen mening Robbimsan. Men Sening bandangman. Men uz jonimga zulm qildim va gunohimni etirof qildim. Bas, mening hamma gunohlarimni magfirat qilgin. Gunohlarni Sening Uzingdan boshqa magfirat qilmas. Meni eng guzal akhloqlarga hidoyat qilgin. Guzal akhloqlarga Sening Uzingdan boshqa hidoyat qilmas. Mendan ularning yomonini chetlatgin.

Ularning yomonini Sening Uzingdan boshqa chetlatmas. Senga, labbay, deyman. Sening amringga tayyorman. Yakhshilikning barchasi Sening ikki qulingda. YOmonlik senga nisbat berilmas. Men Sendanman va Senga borurman. Muborak bulding va Oliy bulding. Senga istigfor aytaman va tavba qilaman», der edilar».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.

Shofeiy mazhabi ushbu duoni «Men musulmonlardandirman» degan joyigacha sano duosi qilib olgan. Abu Saad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi qachon namozga tursalar, takbir aytar edilar va sungra: «Subhanakallohumma va bihamdika va tabaroka ismuka va taala jadduka va laa ilaha goyruka», der edilar. Keyin esa «Allohu akbaru kabiyran, undan keyin, Auzu billahis samiyil aziym minash shaytonir rojiym min hamzihi va nafsihi va nafkhihi», der edilar».

Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilganlar.

Hanafiy va Hanbaliy mazhabi sanoga ushbu duoni uqishni ikhtiyor qilganlar. Hanafiy mazhabida sano duosini uqishlik sunnat hisoblanadi. Molikiy mazhabi sano uqish makruhdir, degan. Ular «Nabiy sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr, Umar namozni «Alhamdu lillahi Robbil alamiyn» bilan boshlar edilar» degan hadisni bunga hujjat qilib keltirganlar. Lekin bu sano uqimas edilar, degani emas.

«Auzu billahi»ni aytish Hanafiy mazhabida sunnat amal. «Bismillahi»ni aytish Hanafiy mazhabida sunnat amal. Shofeiy mazhabi «Bismillah»ni oyat hisoblab, namozda suraga qushib ovoz chiqarib uqiydilar.

«Fotiha» surasini uqish

Hanafiy mazhabida vojib hisoblanadi. Boshqa mazhablarda esa bu farz deyiladi. Aslida ularda vojib amalning uzi yuq. Ularda farz va sunnat amallar bor. Shofeiy mazhabida muqtadiy ham uqiydi.

«Fotiha»dan keyin ominni aytish

Mustahab amal. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon imom «omin» desa, sizlar ham «omin» denglar. Chunki kimning omini farishtalarning ominiga muvofiq kelsa, uning utgan gunohlari magfirat qilinadi», dedilar».

Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.

Hanafiy mazhabida har qanday namozda makhfiy aytiladi. Shofeiy va Hanbaliy mazhablarida qiroati makhfiy bulgan namozlarda omin ham makhfiy aytiladi, qiroati oshkora namozlarda omin ham oshkora aytiladi, deyilgan.

«Fotiha»dan sung zam sura uqish

Hanafiy mazhabida vojib amal. Boshqa mazhablarda esa sunnat.

Rukuga ketishdagi takbirda va rukudan turishdagi takbirda ikki qulni kutarishni shofeiy va hanbaliy mazhablari olgan.

Hanafiy mazhabida ruku va sajdaga takbir aytish, ruku va sajdada tasbih aytish sunnatdir. Imom Shofeiy, Imom Ahmad va Imom Abu Yusuflar ruku va sajdada khotirjam bulish farzdir, deganlar. Imom Abu Yusuf ruku va sajdadagi khotirjam turishning farzligi bir marta «Subhana robbiyal aziym» yoki «Subhana robbiyal alaa»ni shoshilmay aytguncha, deganlar.

Ikki sajda orasida utirish

«Ikki tovonga iqo» degani oyoqni tik qilib, ikki tovonga orqani quyib utirishga aytiladi. Joiz iqo utirishni ikki sajda orasida bulishi Shofeiy mazhabida sunnatdir.

Istirohat utirishi – ikkinchi sajdadan bosh kutargandan keyin birdan turib ketmay, oldin bir utirib olib, keyin turiladi. Shofeiy va Hanbaliy mazhablari qabul qilgan.

Qadai avval Hanafiy mazhabida vojib amal. «Tashahhud» – Hanafiy mazhabida vojib amal. Shofeiy mazhabi «tashahhud»ning quyidagi siygasini qabul qilgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam bizga tashahhudni khuddi Quronni talim bergandek urgatar edilar. U Zot: «at-tahiyatu al-mubarakotu as-salovotu at-toyyibatu lillahi. as-salomu alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuhu. as-salomu alaynaa va ala ibadullokhis solihiyn. Ashhadu anlaa ilaha illallohu. (Bir rivoyatda, «Vahdahu laa shariyka lahu»ni ziyoda qildi). Va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh», der edilar».

Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy rivoyat qilgan.

Ishorai sabboba – Hanafiy mazhabida sunnat amal hisoblanadi. «Tashahhud»miqdorida okhirgi qadada utirish – farz. Shofeiy va Hanbaliy mazhablarida namoz okhirida «tashahhud» farz.

Salavot Shofeiy mazhabida vojib, boshqalarda sunnat.

Duoni Abu Hanifa rahmatullohi alayhi, faqat Quron va sunnatda kelgan duolarni qilish joiz, deganlar.

Salom Hanafiy mazhabida namozdagi vojib amallardan hisoblanadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари