Home / Madaniyat / Qurbonlik haqida

Qurbonlik haqida

kurbonlikQurbonlik Alloh taologa atab qilingani uchun uni sog-salomat, hech bir nuqsonsiz bulishiga urinish Alloh taologa nisbatan yuksak odobni kursatadi. Qurbonlikning gushti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emasligi va etmasligi aniq. U Potga faqat taqvo etadi, kholos. Gushti va qoni etmasa ham, qurbonlik qilinadigan hayvonning aybu nuqsonsizini topish esa taqvoning barkamolligi uchun urinishdir…

Alloh taolo: «Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz uqi va jonliq suy», degan.
Sharh: «Kavsar»ni tafsirchilarimiz «kup yakhshilik» deb aytishlari, bu esa paygambarlik, Quron, hikmat, ummatning kupligi, shafoat va Paygambarimizga berilgan boshqa son-sanoqsiz yakhshiliklardan iboratligi va boshqalar tugrisida yuqorida gapirildi.
«Bas, Robbingga namoz uqi va jonliq suy».
Kavsarni bergan Allohga har qancha shukr qilsa, shuncha oz, kholis Allohning Uzi uchun ibodat qilib, namoz uqish, faqat Khudoning yulida jonliq suyib, beva-bechoralarni tuygazish shukrning bir kurinishidir.
Ulamolarimiz ushbu oyati karimadagi «namoz»dan murod, iydi qurbon namozi, «jonliq»dan murod qurbonlikka suyiladigan hayvon, deganlar.

Mikhnaf ibn Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men u Zotning: «Ey odamlar, har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik va atiyra lozimdir. Atiyra nimaligini bilasizlarmi? U sizlar «rajabiya», deb ataydigan narsadir» – deganlarini eshitdim».

Sunan egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda zikr qilingan «atiyra» haqida utgan faslda batafsil suz yuritildi. Rajab oyida johiliyat ishlarini aralashtirmay suyish suyib, uzi eb, kambagallarga bersa, hechqisi yuqligi bayon qilindi.
Yuqorida kelgan «Kavsar» surasining oyat va ushbu hadis Hanafiy mazhabi ulamolarining hur, muqim, boy musulmon odamga qurbonlik qilish vojibdir, degan gaplariga hujjatdir.
Shuningdek, Paygambar sollallohu alayhi vasallam uzlarining boshqa hadislarida: «Qurbonlik qilinglar! Chunki u otangiz Ibrohimning sunnatidir», deganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja va al-Hokimlar rivoyat qilgan hadisda esa:
«Kim imkonga ega bulib turib, qurbonlik qilmagan bulsa, zinhor namozgohimizga yaqinlashmasin», deyilgan.
Boshqalar qurbonlik qilishni «sunnati muakkada» deganlar. Ularning ham uzlariga yarasha dalillari bor.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohda qurbon namoziga hozir buldim. U Zot khutbalarini tugatib, minbarlaridan tushganlarida bir quchqor keltirildi. Bas, u Zot uni uz qullari bilan suydilar va: «Bismillahi va Allohu Akbar! Bu mendan va mening qurbonlik qilmagan ummatimdan», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Paygambar sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti namozini masjidda emas, namozgohda uqiganlari.
2. Iyd namozidan keyin khutba qilinishi.
3. Iyd namozi khutbasi minbarda qilinishi.
4. Paygambar sollallohu alayhi vasallam qurbonlikka quchqor suyganlari.
5. Qurbonlikni egasi uz quli bilan suysa, afzalligi.
6. Qurbonlikni suyishda «Bismillahi va Allohu Akbar!» demoq kerakligi.
7. Qurbonlikni suyish paytidan kimdanligini aytish mumkinligi.
8. Paygambar sollallohu alayhi vasallam qurbonlik qilmagan ummatlari nomidan qurbonlik qilganlari.

Ibn Umardan qurbonlik haqida «u vojibmi?» deb suraldi. U kishi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar qurbonlik qilganlar», dedi.
Bas, surovni yana qaytardi. Bas, u kishi: «Aqlingni ishlatyapsanmi?! «Nabiy sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar qurbonlik qilganlar», dedi».

Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu rivoyatdan qurbonlik vojib yoki vojib emasligini aniqlash qiyin, hamma narsa Ibn Umar roziyallohu anhuning niyatlariga, nimani qasd qilganlariga bogliq, deydi bazi ulamolarimiz.
Ehtimol, shuning uchun ham surovchi ikkinchi marta yana qaytadan suragan bulsa kerak.
Lekin Paygambar sollallohu alayhi vasallam va musulmonlar qurbonlik qilganlari takidli ish ekani ochiq-oydin kurinib turibdi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qurbonlik kunini iyd qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun qilgandir», dedilar. Bir kishi: «Aytingchi, men urgochi maniyhadan uzga narsa topmasam, uni qurbonlik qilamanmi?» dedi. U Zot: «Yuq! Lekin sochingni va tirnoqlaringni olasan. Muylabingni qisqartirasan. Qovugingni tozalaysan. Ana ushalar, Allohning nazdida sening qurbonligingning tugal bulganidir», dedilar».

Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Paygambarimiz alayhissalom sahobai kiromlarga Islom talimotlaridan tushuntirish olib boruvchi suhbatlaridan birida Qurbon bayrami haqida, uning musulmon ummati hayotida tutgan urni haqida suz yuritib quyidagilarni aytdilar:
«Qurbonlik kunini iyd qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun qilgandir», dedilar».
Demak, Qurbonlik kunini bayram qilishni Alloh taolo amr qilgan ekan. Odamlar uzlaricha maslahat qilishib qaror qilmagan ekanlar. Hattoki, Paygambar sollallohu alayhi vasallamning uzlarining fikrlari yoki qarorlari ham emas, balki Alloh taoloning Paygambar sollallohu alayhi vasallamga qilgan amri ekan.
Khuddi shu nuqta Islomiy bayramlar bilan noislomiy bayramlar orasini farqlovchi nuqtadir. Islomiy bayramlar Alloh taoloning amri bilan, noislomiy bayramlar esa bandaning amri bilan buladigan bayramlardir.
Alloh taolo Islom ummatidan boshqa ummatga bunga ukhshash bayram qilmagan.
Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan bu bayonotlarni eshitgan sahobalardan birlari ragbati quzib ketib savol berdi:
«Ayting-chi, men urgochi maniyhadan uzga narsa topmasam, uni qurbonlik qilamanmi?» dedi».
«Maniyha» birov tomonidan sogib ichib turish uchun berilgan sogin hayvondir.
Aftidan, savol beruvchi kishi qurbonlik qilishga uta qiziqqan odamga ukhshaydi. Imkoni bulsa, birovning molidan bulsa ham, qurbonlik qilishni khohlaydi. Shuning uchun ham Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan urgochi maniyhani bulsa ham, qurbonlik qilish haqida surab olmoqda. Agar u Zot, buladi, desalar, birovning uziga sogib ichib turish uchun bergan sogin hayvonini qurbonlik qilib yubormoqchi. Albatta, birovning mulkini qurbonlik qilib bulmaydi. Shuning uchun Paygambar sollallohu alayhi vasallam bu savolga:
«Yuq!» deb javob berdilar va ortidan qurbonlik qilishga moddiy imkoni yuq kishilarning kungillarini kutaruvchi ajoyib gap aytdilar:
«Lekin sochingni va tirnoqlaringni olasan. Muylabingni qisqartasan. Qovugingni tozalaysan. Ana ushalar, Allohning nazdida sening qurbonligingning tugal bulganidir», dedilar».
Albatta, qurbonlik qilgan kishilar ham, ushbu shakhsiy tozalikka oid ishlarni bayramdan oldin qiladilar. Ammo Paygambar sollallohu alayhi vasallam aynan qurbonlik qila olmay kungli uksigan kambagal kishilarning kungillarini kutarish uchun, ularning ushbu hamma uchun lozim bulgan shakhsiy tozalik ishlarini qurbonlik urniga utadigan darajaga kutardilar. Bu esa uncha-buncha ilmi nafs mutakhassisining khayoliga ham kelmaydigan ishdir.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam bunga ukhshash masalalarni juda ajoyib uslub ila hal qilganlariga hamma tan beradi.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Qurbon bayrami kunini iyd qilish Alloh taoloning amri ekanligi.
2. Qurbon bayrami Islom ummati uchun khos qilingani.
3. Birov sogib ichib turish uchun bergan hayvonni qurbonlik qilish mumkin emasligi.
4. Erkak kishilar bayramga tayyorgarlik qilish jarayonida sochini oldirib yoki tekislatib, muylabini qisqartib, tirnoqlarini va harom muylarni olishi kerakligi.
5. Mazkur ishlarni amalga oshirish qurbonlik qila olmaydigan kambagallar uchun qurbonlik qilgan urniga utishi.

Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida qurbonlik qandoq bulgan edi?» deb suraldi. Bas, u kishi:
«Kishi uz nomidan va ahli bayti nomidan bir quy qurbonlik qilar edi. Uzlari ham eb, uzgalarga ham berar edilar. Endi bulsa, kurib turganingdek, odamlar orasida fakhrlanishga aylanib ketdi», dedi».
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Ilmli va tajribali kishilardan avval bulib utgan narsalarni urnak olish uchun surab turish kerakligi.
2. Paygambar sollallohu alayhi vasallamning davrlarida riyokorlik bulmagani.
3. Oila boshligi bir dona quyni qurbonlikka suysa, hamma oila azolari nomidan utishi.
4. Qurbonlikning gushtidan uni qilgan odam uzi ham esa joizligi.
5. Qurbonlikning gushtidan boshqalarga berish kerakligi.
6. Paygambar sollallohu alayhi vasallamdan keyin amali bilan fakhrlanish boshlangani.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamzot suyish kuni qon chiqarishdan kura Allohga mahbubroq ish qilgan emas. Albatta, u(hayvon)lar qiyomat kuni shokhlari, junlari va tuyoqlari bilan kelurlar. Albatta, qon erga tushishidan oldin Allohning huzuridagi makonga etur. Uni chin kungilla chiqaringiz», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Paygambar sollallohu alayhi vasallam uz ummatlarini qurbonlik qilishga targib qilmoqdalar.
«Odamzot suyish kuni qon chiqarishdan kura Allohga mahbubroq ish qilgan emas».
«Suyish kuni» arabchada «Yavmun Nahri» nahr kuni deb aytiladi. «Nahr» tuya suyishga ishlatiladigan suz ekanini oldin urganganmiz. Arablarda qurbonlikka odatda kuproq tuya suyilgani uchun ushbu istiloh ishlatiladigan bulib qolgan.
Demak, Qurbon hayitining birinchi kuni Alloh taolo uchun eng mahbub ish – qurbonlik suyish ekan.
Bu kuni qurbonlikka suyilgan hayvonlar esa shundoqqina suyilib ketavermas, balki «Albatta, u(hayvon)lar qiyomat kuni shokhlari, junlari va tuyoqlari bilan kelurlar».
Va qurbonlik qilgan banda foydasiga guvohlik berurlar. Ammo bu qilingan qurbonlikning savobi qiyomat kuni aniqlanadi degani emas.
«Albatta, qon erga tushishidan oldin Allohning huzuridagi makonga etur».
Qurbonlik qilinayotgan hayvon tomogiga pichoq tortilganda chiqqan qon erga tushmasdan turib, uning savobi Alloh taoloning huzuridagi makonga etib boradi. Bas, shundoq ekan,
«Uni chin kungilla chiqaringiz».
Usha qon chiqarishni sidqi dildan, ikhlos ila amalga oshiringiz.
Ushbu hadisi sharifda har bir imkonini topgan mumin-musulmon qurbonlik qilishi naqadar savobli ish ekani ochiq-oydin kurinib turibdi.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ushbu kunimizda eng avval boshlaydigan narsamiz, namoz uqimoqligimizdir. Sungra qaytamiz va suyish suyamiz. Bas, kim ushandoq qilsa, bizning sunnatimizni topibdir. Kim undan oldin suysa, uz ahliga gusht taqdim qilibdi, kholos. Ibodatdan hech narsa yuqdir»– dedilar. Abu Burda suyib bulgan edi. Bas, u: «Mening musinnadan yakhshiroq jazaam bor?» dedi.
«Uni suy! Ammo sendan keyin, biror kishidan kifoya qilmas», dedilar u Zot
».
Sharh: Ushbu hadisi sharifda qurbon hayiti kuni bajarilishi lozim ishlar tartibi va ularga oid bazi tafsilotlar bayon qilinmoqda. Bu bayon esa Paygambar sollallohu alayhi vasallamning uzlari tomondan bulmoqda:
«Albatta, ushbu kunimizda eng avval boshlaydigan narsamiz, namoz uqimoqligimizdir».
«Ushbu kunimiz»dan qurbon hayit kuni iroda qilingan. Chunki suyish suyiladigan bayram kuni usha kundir. Demak, u kunda birinchi qilinadigan ish iyd namozini uqish bulmogi lozim ekan. Bu iydga uziga khos, salobat, salmoq va ruhoniylik beradi. Islomda har bir ish Allohning zikri bilan buladi. Bayram ham bundan mustasno emas. Bundoq bulishligi musulmonlarning bayrami naqadar ulug bayram ekanligini izhor etadi. Boshqalar uz bayramlarini Alloh taologa gunoh qilish bilan utkazsalar, musulmonlar bayramdan ham savob olishdek ulug bakhtga muyassar bulganlar.
«Sungra qaytamiz va suyish suyamiz».
Yani iyd namozini uqib bulganimizdan sung namozgohdan uyimizga qaytamiz va qurbonlik suyamiz. Bu namozdan keyin ikkinchi urinda qiladigan ishimizdir.
«Bas, kim ushandoq qilsa, bizning sunnatimizni topibdir».
Yani kim oldin namozni uqib, keyin qurbonlk suysa, biz musulmonlarni sunnatiga amal qilibdi. Uzining moliyaviy ibodatini ado etibdir.
«Kim undan oldin suysa, uz ahliga gusht taqdim qilibdi, kholos. Ibodatdan hech narsa yuqdir».
Yani kim namoz uqishdan oldin qurbonlik suysa, uning suygan qurbonligi ibodat urniga utmaydi. Unga qurbonlik suyganlik savobi berilmaydi. Usha khato ishni qilgan odam oddiy holatda ahli ayoli uchun gushtga suyish suygandek buladi, kholos. Chunki har bir ibodatni shariat kursatmasiga muvofiq qilmoq kerak. Har kim uzicha qilishiga rukhsat yuq.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam ushbu gaplarni aytib bulishlari bilan, ularning tasdigiga misol ham tayyor turgani malum buldi.
Sahobalardan Abu Burda roziyallohu anhu namozdan oldin qurbonlikni suyib bulgan edi. Bas, u:
«Mening musinnadan yakhshiroq jazaam bor?» dedi».
Qurbonlikka tuyaning musinna nomli turini suymoq lozim edi. Abu Burda roziyallohu anhu musinnani namozdan oldin suyib quygan edilar. U suyganlari qurbonlik urniga utmasligi ayon buldi. Qayta suyishga musinna tuya yuq. Lekin jazaa turidagi tuya bor. Usha jazaani musinna urniga qurbonlikka suysa, bulaveradimi? Abu Burda roziyallohu anhuning bu savollariga Paygambar sollallohu alayhi vasallam:
«Uni suy! Ammo  sendan keyin biror kishidan kifoya qilmas», dedilar».
Demak, bu rukhsat Abu Burayda roziyallohu anhuning uzlariga khos bulgan.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Iyddan oldin olim kishilar kupchilikka, unga oid hukmlarni yakhshilab bayon qilib berishlari lozimligi.
2. Qurbon bayrami kuni birinchi qilinadigan ish iyd namozini uqish bulishi kerakligi.
3. Namozdan qaytgandan sung qurbonlik qilishga kirishmoq yakhshi ekanligi.
Qurbonlikni hayit kunlari ichida qilsa bulaveradi. Ammo eng afzali birinchi hayit kuni namozdan keyin qilinmogidir.
4. Oldin iyd namozini uqib, keyin qurbonlik suymoqlik musulmonlarning sunnati ekanligi.
5. Iyd namozidan oldin suyilgani gusht urniga utib, ibodat urniga utmasligi.
6. Qurbonlik qilinadigan hayvonlarning sifatini biladigan kishilardan surab olish kerakligi.
7. Namozdan oldin suygan odam, qayta qurbonlik suymogi lozimligi.
8. Abu Burayda roziyallohu anhuning fazllari.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizlarga suyish kuni namozdan keyin khutba qilib: «Kim namozimizni uqisa, qiblamizga yuzlansa va qurbonligimizni qilsa, namoz uqilmasidan oldin suymasin!» dedilar». Turtovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi sharif ham utgan rivoyatdagi manoni yana ham takidlab kelmoqda.

QURBONLIKKA KIFOYa QILADIGAN VA KIFOYa QILMAYDIGAN NARSALAR

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkita shokhli ola quchqorni qurbonlik qildilar. Ularni uz qullari bilan suydilar, tasmiya aytdilar, takbir aytdilar va oyoqlarini buyniga quydilar». Beshovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu rivoyatda vasfi kelayotgan hayvonlar qurbonlik uchun eng munosib hisoblanadi. Chunki Paygambar sollallohu alayhi vasallamning qilganlari shundoq.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikkita shokhli ola quchqorni qurbonlik qildilar».
Ilojini topgan odam shokhli ola quchqor qurbonlik qilsa, yakhshi. Bulmasa, kifoya qiladigan qanday hayvon bulsa ham, bulaveradi. Paygambar sollallohu alayhi vasallamning nima uchun bitta emas ikkita quchqorni qurbonlik qilganlari hikmati keyinroq ayon buladi.
«Ularni uz qullari bilan suydilar»
Demak, suyishni biladigan odam qurbonligini uz quli bilan suymogi afzaldir.
«tasmiya aytdilar, takbir aytdilar»
Suyish paytida, «Bismillahi, Allohu Akbar!» demoq kerakdir. Chunki Paygambar sollallohu alayhi vasallam shundoq qilganlar.
«va oyoqlarini buyniga quydilar».
Yani Paygambar sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlarni qurbonlikka suyilayotgan quchqorning buynining ung tomoniga quydilar. Chunki suyiladigan hayvonni sekin, lutf ila chap biqiniga yotqiziladi. Suyuvchi ung quli bilan pichoqni, chap quli bilan hayvonning boshini ushlab turib suyadi.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qora bilan bosadigan, qora bilan chukalaydigan va qora bilan nazar soladigan quchqor olib kelishga amr qildilar. Bas, uni qurbonlik qilish uchun keltirildi va u Zot: «Ey Oisha, pichoqni keltir! Toshga qayrab yubor!» dedilar. Men ushandoq qildim. Bas, u Zot uni oldilar. Sungra quchqorni yonboshiga yotqazib, suydilar va: «Bismillahi! Ey bor Khudoyo! Muhammadddan, oli Muhammaddan va ummati Muhammaddan qabul qilgin», dedilar va uni qurbonlik qildilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Bu hadisi sharifdan qurbonlikka oid bir necha masalalarni urganamiz.
1. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qora bilan bosadigan, qora bilan chukalaydigan va qora bilan nazar soladigan quchqor olib kelishga amr qildilar».
Rivoyatdagi «qora bilan bosadigan, qora bilan chukalaydigan va qora bilan nazar soladigan» degani, oyogi qora, qorni qora va kuzining atrofi qora, deganidir. Demak, ushbu vasfga ega quchqorni qurbonlik qilish afzaldir. Shuningdek, usha vasfdagi hayvonni izlab topishga urinish ham afzal.
Rivoyatdagi «amr qildilar» degan iboradan qurbonlikni birovga aytib oldirish mumkinligi chiqadi.
2. «Bas, uni qurbonlik qilish uchun keltirildi»
Muqtado, mashgul kishilarning qurbonliklarini qulidan shu ish keladigan kishilar keltirib berishlari mumkinligi ushbu iboradan anglanadi.
3. «U Zot: «Ey Oisha, pichoqni keltir! Toshga qayrab yubor!» dedilar».
Ayollarga qurbonlik suyishda kerak buladigan pichoqni qayrab, olib berishni topshirish mumkinligi. Shuningdek, jonliq suyishdan oldin pichoqni qayrab olish lozimligi.
4. «Men ushandoq qildim. Bas, u Zot uni oldilar».
Muslima ayollar erlariga boshqa ishlarda bulgani kabi, qurbonlik suyishda ham faol yordam berishlari.
5. «Sungra quchqorni yonboshiga yotqazib, suydilar»
Qurbonlikka suyiladigan hayvonni yonboshiga yotqazib suymoq kerakligi.
6. «Bismillahi! Ey bor Khudoyo! Muhammaddan, oli Muhammaddan va ummati Muhammaddan qabul qilgin», dedilar».
Qurbonlik suyadigan kishi boshqa vaqtlardagi suyishdagi kabi «Bismillahi»ni aytmogi shartligi.
Qurbonlik qiluvchi kishi Alloh taolodan uz qurbonligini qabul etishni suramogi kerakligi.
Qurbonlik qiluvchi kishi ahli ayolining nomidan ham qilsa, yakhshi bulishi.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam uz ummatlari nomidan ham qurbonlik qilganlari.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga quylarni Uz sahobalariga qurbonlik qilishlariga taqsimlab berish uchun berdilar. Bas, bir yoshli uloqcha ortib qoluvdi, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qildi. U Zot: «Uni sen qurbonlik qil», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan ikki narsani istifoda qilamiz:
Birinchisi: Boshliq-rahbar odam uz odamlariga qurbonlik qilish uchun jonliq olib, tarqatishi mumkinligi.
Paygambar sollallohu alayhi vasallamning Uqba ibn Omir roziyallohu anhuga bir necha adad quy-echkilarni berib, sahobai kiromlarga qurbonlik qilish uchun taqsimlab berishga amr qilishlari shuni kursatadi.
Ikkinchisi: Bir yoshli uloqchani qurbonlik qilish mumkinligi.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam Uqba ibn Omir roziyallohu anhu sahobai kiromlarga taqsimlab bulganlaridan keyin bir yoshli uloqcha ortib qolganining khabarini berganlarida, Paygambar sollallohu alayhi vasallamning: «Uni, sen, qurbonlik qil» deyishlari shunga dalolat.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musinnadan boshqani suymanglar. Faqat sizga qiyin bulib qolgandagina quyning jazaasini suysangiz bulur», dedilar».

Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: «Musinna» tuyadan bulsa, besh yoshli, qoramoldan bulsa, ikki yoshli, quy-echkidan bulsa, bir yoshli bulganidir.
«Jazaa» Abu Hanifa rahmatullohi alayhining aytishlaricha, quy- echkidan bulsa, olti oyligi buladi.
Demak, imkoni bor odam kamida bir yoshli quy yoki echki qurbonlik qilishi kerak. Agar kambagalligi tufayli, quli qisqalik qilib, bir yoshli quyo echkining ilojini qila olmasa, olti oylik bulsa ham, kifoya qilaveradi.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Hudaybiyada bir tuyani etti kishi nomidan, bir sigirni etti kishi nomidan suydik».

Abu Dovud, Muslim va Termiziylar rivoyat qilgan.
Sharh: «Hudaybiya» Makkai Mukarramaga yaqin bir joyning nomi bulib, Paygambar sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalar Madinai Munavvaradan Umra uchun kelganlarida mushriklar yulni tusganlari uchun usha erda turib qolganlar. Orada sulh tuzilib, unda bu yil musulmonlar Makkai Mukarramaga kirmay qaytib ketadilar, degan band bulgani uchun, Paygambar sollallohu alayhi vasallam atalgan qurbonliklarini shu erning uzida suyib, sahobalarni ham shundoq qilishga amr etganlar.
Ana ushanda Jobir roziyallohu anhuning aytishlaricha, etti kishidan bitta tuya yoki qoramol suyilgan ekan. Ana usha narsa shariatimiz hukmidir. Tuya va qoramol qurbonlik qilinadigan bulsa, ulardan har biriga etti kishi sherik bulsa, bulaveradi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan safarda edik. Qurbon bayrami kelib qoldi. Bas, sherik bulib bir qoramolni etti kishi va bir tuyani un kishi suydik».

Termiziy va Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu rivoyatda bir sigirni etti kishi sherik bulib qurbonlik qilishi durust ekanligi takidlanmoqda. Ammo, bir tuyada un kishi sherik bulishini mutabar mazhablardan birortasi ham olmagan.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimizda turib, barmoqlarim u Zotning barmoqlaridan qisqa, barmoq uchlarim u Zotning barmoq uchlaridan kichkina: «Turt narsa qurbonlikka joiz emas; gilayligi ochiq-oydin hayvon, bemorligi ochiq-oydin hayvon, chuloqligi ochiq-oydin hayvon va miyasi chatoq hayvon», dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Roviy Baro ibn Ozib roziyallohu anhuning, barmoqlarim u Zotning barmoqlaridan qisqa, barmoq uchlarim u Zotning barmoq uchlaridan kichkina, degan mutariza jumlalari Paygambar sollallohu alayhi vasallam sahobalar ichida tik turib gapirayotganlarida juda ham yaqinlarida turganiga dalolatdir. Baro ibn Ozib roziyallohu anhu Paygambar sollallohu alayhi vasallamga uta yaqin turganlaridan uz barmoqlarini Paygambar sollallohu alayhi vasallamning barmoqlari bilan, uz panja uchlarini Paygambar sollallohu alayhi vasallamning panjalari uchlari bilan solishtirib, uzlarining barmoqlari ham, barmoq uchlari ham Paygambar sollallohu alayhi vasallamnikidan kichik ekanligini aniqlab olganlar.
Ushbu rivoyatdan qurbonlik qilinishi kuzlangan hayvon nafaqat yosh jihatidan, balki soglik va kurinish jihatidan ham talabga javob berishi, kamchilik va nuqsonlardan kholi bulishi lozimligi bilinadi.
«Turt narsa qurbonlikka joiz emas»
Yani turt khil aybga ega hayvonlarni qurbonlik qilib bulmaydi.
1. «gilayligi ochiq-oydin hayvon»
Demak, kuzida ochiq-oydin bilinib turadigan gilayligi bor hayvonni qurbonlik qilib bulmaydi. Agar sezilar-sezilmas bulsa, mayli, deydi ulamolarimiz. Modomiki, sezilarli darajada gilay bulgan hayvonni qurbonlik qilib bulmas ekan, undan kura kattaroq aybga ega bulgan, misol uchun, kuzi kur bulgan hayvonni qurbonlik qilib bulmasligi turgan gap buladi.
2. «bemorligi ochiq-oydin hayvon»
Yani kurganda kasalligi bilinib turadigan hayvonni ham qurbonlik qilib bulmaydi. Bas, shundoq ekan, kasalligi tufayli urnidan tura olmay qolgan va shunga ukhshash holdagi hayvonlarni qurbonlik qilib bulmasligi aniq buladi.
3. «chuloqligi ochiq-oydin hayvon»
Yurishidan chuloqligi aniq bilinib turadigan hayvonni qurbonlik qilib bulmaydi. Agar chuloqligi bilinar-bilinmas bulsa, qurbonlik qilsa bulaveradi.
Hayvonning oyoqlaridagi nuqsoni ochiq-oydin chuloqlikdan yuqori, misol uchun, bir oyogi kesik bulsa, mutlaqo qurbonlik qilib bulmaydi.
4. «miyasi chatoq hayvon»
Miyasida nuqsoni bor hayvonni ham qurbonlik qilib bulmaydi. Kupincha chorvadorlar bundoq hayvonlarni «aylanbosh» deb ataydilar.
Demak, qurbonlik qilish uchun hayvon tanlash paytida mazkur kamchiliklar bulmasligiga alohida etibor bermoq lozim ekan.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni kuz va qulogini yakhshilab kurib olishimizga; gilayni, muqobalani, mudobarani, kharqoni va sharqoni qurbonlik qilmasligimizga amr qildilar. Men: «Muqobala nima?» dedim.
«Qulogining bir tomoni kesilgan», dedi.
«Mudobara nima?» dedim.
«Qulogining uchi kesilgan», dedi.
«Sharqo nima?» dedim.
«Qulogi yorilgan», dedi.
«Kharqo nima?» dedim.
«Qulogi belgi uchun yirtilgan», dedi
».

Sunan egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Qurbonlik qilinishi kuzlangan hayvonning kuzidagi aybi qanchalik etiborda ekanini avval gapirib utildi. Bu hadisi sharifda asosan qurbonlik qilishga olinadigan hayvonning qulogidagi ayblariga etibor berish haqida ketmoqda.
Ulamolarimiz, agar qurbonlik qilinadigan hayvon ushbu hadisi sharifda zikr qilingan barcha ayblardan kholi bulsa, ayni muddao buladi, qurbonlik barkamol buladi, deganlar.
Shu bilan birga, mazkur ayblardan bazisi bor hayvonlarni qurbonlik qilsa, buladi, ham deganlar. Barkamol bulmaydi-yu, lekin qurbonlik urniga utadi.

Yana usha kishidan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qulogi kesik va shokhi siniqlarni qurbonlik qilishdan qaytardilar».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh:Bu masalaga muhaddislar, agar qulogining yarmidan kupi kesik va shokhining yarmidan kupi siniq bulsa, degan izohni kiritishgan. Faqihlar esa bu hadisi sharifda gap barkamollik haqida ketmoqda. Shuning uchun ham kifoya qilsa, buldi, deydigan bulsak, qulogi kesik va shokhi siniq ham kifoya qilaveradi, deydilar.
Ushbu qurbonlikka tanlangan hayvonning barkamol bulishi lozimligi haqidagi hadisi shariflardan ikkita hikmatni mulohaza qilamiz.
Birinchi hikmat: Musulmonlarning Allohga nisbatan yuksak odoblari.
Qurbonlik Alloh taologa atab qilingani uchun uni sog-salomat, hech bir nuqsonsiz bulishiga urinish Alloh taologa nisbatan yuksak odobni kursatadi. Qurbonlikning gushti ham, qoni ham Alloh taologa kerak emasligi va etmasligi aniq. U Zotga faqat taqvo etadi, kholos. Gushti va qoni etmasa ham, qurbonlik qilinadigan hayvonning aybu noqsonsizini topish esa taqvoning barkamolligi uchun urinishdir.
Ikkinchi hikmat: Kambagallarning kungillarini kutarish. Ularga yaroqsiz bulib qolgan, nuqsonli hayvonlar gushtini emas, eng afzal hayvonlar gushtini sovga qilish yakhshi ish. Bunda kambagallarning kungillari kutariladi. Uzlarini muhtaram kishilar sifatida his etadilar.

QURBONLIKNING ODOBLARI VA UNI SAQLASh JOIZLIGI HAQIDA

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam suyish kuni ikkita shokhli, ola, bichma quyni suydilar. Ikkisini yuzlantirganlaridan sung: «Albatta, men yuzimni osmonlaru erni yaratgan Zotga, Ibrohimning millatida bulgan, tugri yulga moyil bulgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman. Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir. Uning sherigi yuq. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman. Ey bor Khudoyo, bu Sendan va Senga Muhammaddan va uning ummatidan. Bismillahi va Alohu Akbar», dedilar sungra suydilar».

Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi shirifdagi yangilik gaplardan bichilgan hayvonni ham qurbonlik qilish mumkinligi haqidagi hukmni takidlashimiz lozim.
Ikkinchi narsa esa qurbonlik suyish vaqtida uqiladigan duo. Ana usha duoni urganib olib qurbonlik suyayotganda uqilsa, maqsadga muvofiq buladi.

Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kimning suyadigan qurbonligi bulsa, Zul-Hijjaning oyi kuringandan boshlab, to qurbonlik qilgunicha, sochidan ham, tirnogidan ham hech narsani olmasin», dedilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Qurbonlik suyishni niyat qilgan odam va uning oila azolari Zul-Hijja oyi kirgan kundan boshlab, to qurbonlik qilinguncha sochlari va tirnoqlarini oldirmay yurishlari lozim. Kim bu ishni, yani soch va tirnoq oldirishni qilsa, makruh ishni qilgan buladi. Zul-Hijja oyining birinchi un kunida soch va tirnoqlarni olmay yurishning sababi esa qurbonlik qilganda undan kuproq azo ishtirok etsin, toki qiyomatda Alloh taolo qurbonlik sababidan uni duzakhdan ozod qilganda kuproq azosi ozod bulsin, degan yakhshi umiddir.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir kishi uz qurbonligidan uch kundan sung emasin», dedilar».

Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisi sharif vaqtinchalik va malum sababga kura aytilgan bulib, qurbonlik qilgan kishi uch kun ichida uzi emasa, qurbonlik gushtini sadaqa qilib yuborishni taqozo qiladi.

Salama ibn al-Akva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim qurbonlik qilsa, uchinchi kundan keyin uyidan undan biror narsa bulgan holida tong otdirmasin», dedilar. Kelasi yili bulganda: «Ey Allohning Rasuli, utgan yili qilganimizdek qilaylikmi?» deyildi. U Zot: «Englar! Taomlantiringlar! Saqlab quyinglar! U yili odamlar qiyinchilikda edilar. Ularga yordam berishingizni khohlagan edim», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, Paygambar sollallohu alayhi vasallam musulmonlar ocharchilik tufayli qiyinchilikka duchor bulgan yillari qurbonlikning gushtini uch kundan ortiq saqlab turishni man qilganlar. Mazkur holat utib tuqchilik bulganda esa ham uzlari eb, ham uzgalarga berib, ham saqlab quyishga rukhsat berganlar.
Ushbu hadisi sharifga binoan, ulamolarimiz, oddiy holatlarda Qurbonlikning gushtini uchga bulib, bir qismini egani, ikkinchi qismini kambagallarga bergani, uchinchi qismini saqlab quygani yakhshi, deydilar.
Muhtojlar kupayganda esa ularning rioyasini qilish zarurdir.

QURBONLIK HAQIDA QUShIMChA MALUMOTLAR

Qurbonlik qurbon hayiti kunlari suyiladigan hayvondir.
Fuqaholar istilohida qurbonlik «Makhsus hayvonni makhsus vaqtda suyishdir».
Qurbonlik shariatga ikkinchi hijriy sanada kiritilgan.
Hanafiy mazhabi buyicha qurbonlik qilish vojibdir.
Qurbonlik qilish hur, balogatga yoshiga etgan, oqil, muqim va zakot nisobiga molik bulgan musulmon shakhsga vojib buladi. Hanafiy mazhabi buyicha musofirga qurbonlik qilish vojib bulmaydi.
Qurbonlik qilishning vaqti hayit kunining tongi otish bilan kiradi va uchinchi hayit kunining quyoshi botishi bilan chiqadi. Faqat qurbonlikni hayit namozini uqib bulgandan keyingina qilina boshlanadi.
Agar qurbonlikka atalgan hayvon qochib ketib urniga boshqasi olingan bulsa, keyin avvalgisi ham topilib qolsa, ikkisini ham suyiladi.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar mol, qutos, tuya, quy va echkilardan iboratdir. Bu hayvonlarning erkagi ham, urgochisi ham, bichilgani ham, bichilmagani ham qurbonlik qilinsa, bulaveradi. Boshqa hayvonlarni qurbonlik qilib bulmaydi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари