Home / Iqtisodiyot / 9ta korkhonada monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etiladi – Hukumat qarori loyihasi
Место рекламы

9ta korkhonada monopoliyaga qarshi komplaens tizimi joriy etiladi – Hukumat qarori loyihasi

Raqobat tugrisidagi qonunchilik talablari buzilishi khavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Raqobat sohasida khavflarni boshqarish va qonunchilik talablari buzilishining oldini olish tizimini joriy etish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori loyihasi elon qilindi.

Belgilanishicha:

a) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari va khujalik yurituvchi subektlarda raqobat tugrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taminlash ichki tizimini joriy etish monopoliyaga qarshi tartibga solishning ustuvor yunalishlaridan biri hisoblanadi;

b) monopoliyaga qarshi komplaens tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat boshqaruvi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va khujalik yurituvchi subektlar tomonidan raqobat tugrisidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish;

raqobat tugrisidagi qonunchilik talablarini buzish bilan bogliq khavflarni samarali boshqarish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va khujalik yurituvchi subektlar uchun uz obru-etiborga doir yuqotishlarini oldini olish;

biznes yuritishning insofli amaliyotini shakllantirish;

v) monopoliyaga qarshi komplaens tizimi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va khujalik yurituvchi subektlarida vakolatli shakhsni tayinlash orqali joriy etiladi va quyidagilarga qaratiladi:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari va khujalik yurituvchi subektlar tomonidan uz faoliyatini amalga oshirishda raqobat tugrisidagi qonunchilik talablarini buzish bilan bogliq khavflarni aniqlash va baholash;

davlat organi va khujalik yurituvchi subekt tomonidan monopoliyaga qarshi komplaens faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish buyicha choralarga rioya etish;

davlat organi va khujalik yurituvchi subektlarda monopoliyaga qarshi komplaensning amal qilishi muhim kursatkichlariga rioya etish hamda samaradorligini baholash;

g) 2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish quyidagilar uchun majburiy hisoblanadi:

davlat boshqaruvi organlari;

mahalliy hokimiyat organlari;

davlat ishtirokidagi korkhonalar;

d) 2022 yil 1 yanvardan boshlab monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish quyidagi mezonlarga javob beradigan barcha subektlar uchun majburiy hisoblanadi:

tabiiy monopoliya subektlari;

tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bulgan khujalik yurituvchi subektlar;

okhirgi uch yilda tovar (ishlar, khizmatlar) sotishdan olingan jami tushumining urtacha yillik miqdori hajmi 30 milliard sumdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.

Belgilab quyilishicha, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida hamda yuqoridagi mezonlarga javob beradigan barcha khujalik yurituvchi subektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimining samarali yulga quyish uchun shakhsan rahbar masul hisoblanadi.

Monopoliyaga qarshi komplaens tizimi 2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida joriy etilayotgan davlat ishtirokidagi korkhonalar ruykhati

1. «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati

2. «Kvars» aksiyadorlik jamiyati

3. «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki

4. «UzAuto motors» aksiyadorlik jamiyati

5. «Uztransgaz» aksiyadorlik jamiyati

6. «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati

7. «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati

8. «Uzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

9. «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyati.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

20200118_111009

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари