Home / Jamiyat / 7 sinf uquvchisining tugib quyishi ortidan tatildagi uqituvchilar chaqirib olindi

7 sinf uquvchisining tugib quyishi ortidan tatildagi uqituvchilar chaqirib olindi

Namangan viloyat, Chortoq tumanidagi maktablardan birining 7-sinfni tugatgan uquvchisi farzand kurgani ortidan, tumandagi barcha maktablarning tatilda bulgan uqituvchilari ishga chaqirib olindi.

1019277

Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilgan uqituvchilarning aytishicha, ularga uyma-uy yurib ota-onalarga farzandlarini ehtiyotlashni tushuntirish, tushuntirish ishlari utkazilgani isboti sifatida uquvchi va ota-onalar bilan suratga tushib, uni tuman khalq talimi bulimiga topshirish vazifasi yuklatilgan.

Chortoq tuman ichki ishlar bulimi mulozimi 7-sinfni tugatgan uquvchi qiz farzandli bulganini tasdiqladi.

Tuman khalq talimi bulimi mudiri ham uqituvchilarning tatildan chaqirib olinganini tasdiqlar ekan, tatildagi ishlangan kunlar keyingi tatillarga qushib berilishini aytdi.

Chortoq tumanidagi maktablardan birining 7-sinfini tugatgan uquvchisi (maktabning raqami va uquvchining ism-familiyasi Ozodlikka malum – tahr.) farzand kurgani haqidagi khabarni tuman ichki ishlar bulimining ismi sir qolishini suragan mulozimi tasdiqladi:

“Hozir bu ish yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Uquvchini homilador qilib quyganlikda gumonlangan shakhslardan DNK analizlari olib tekshirilmoqda. Boshqa tafsilotlar ochiqlanmaydi”, dedi ichki ishlar mulozimi.

Ozodlikka murojaat qilgan, ismi sir qolishini suragan uqituvchining aytishicha, bu voqea sodir bulgandan takhminan 10 kun utib, ular tatildan chaqirib olingan:

“Maktabimiz direktori tatildagi uqituvchilarni chaqirtirib oldi. Hozir uyma-uy kirib, ota-onalarga shunaqa voqea bupti, qizingizni nazorat qilib boring, ehtiyot qiling deb tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Uquvchi qizlar balogat yoshiga etgan bulsa, olib borib UZI qildiryapmiz. Ota-onalar bilan suhbatlashgandan sung, bitta oq varaqqa suhbat mazmunini yozib, uquvchi, uning ota yoki onasi bilan birga rasmga tushib, albom shaklida zavuchlarga topshiryapmiz. U esa tuplab khalq talimi bulimi mudirasi Shohista Turgunovaga topshiryapti”, deydi uqituvchi.

Ismi sir qolishini suragan boshqa uqituvchining aytishicha, ular ota-onalardan kafolat khatlari olgan bulsa ham, yana qaytadan khuddi shunday ishni takror qilishga majburlanyapti:

“Men boshlangich sinf uqituvchisiman. 25 mayda ota-onalarni chaqirtirib, mana bolalarni sizlarga eson-omon topshirdik, deb kafolat khatlari yozdirib olganmiz. Endi yana uyma-uy yurib, ota-onalardan bolalaringizni ehtiyot qiling deb, rasmga tushib yuribmiz. Tasavvur qiling, mening sinfimda 32 ta uquvchi bulsa, akhir uni aylanib, suhbatlarni yozib, rasmga tushib bulguncha kamida un kun vaqt kerak buladi. Men bu issiqlarda besh kundan buyon yuribman, hali tugatolmadim. Tatilda bunaqa ortiqcha dahmazaning nima keragi bor? Nega biz tatil vaqtida ham bekorga ishlashimiz kerak?, deb savol beradi uqituvchi.

Chortoq tumani khalq talimi bulimi mudirasi Shohista Turgunova 18 iyul kuni Ozodlik bilan suhbatda, 7-sinf uquvchisining farzandli bulganini yashirishga urindi:

“Yuq, u qiz tugmagan, shunchaki ginekologik tarafdan muammo bulgani uchun, uzimni uldiraman, deb aytgan ekan, shunga shov-shuv bulib ketdi. Biz borib hammasini tinchitdik. Shu voqeadan keyin haqiqatan ham ayrim uqituvchilarni tatildan chaqirtirib oldik, ular uquvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qiladi, tatillari qanday utayotgani bilan qiziqadi. Lekin, ular bu ishga necha kun sarflagan bulsa, yangi uquv yilida unga shu ishlagan kunlari uchun tatil beriladi”, dedi khalq talimi bulimi mudirasi Shohista Turgunova.

Chortoq tumani hokimining khotin-qizlar ishlari buyicha urinbosari Adiba Asraqulova, Ozodlik bilan suhbatda, mukhbirning 7-sinf uquvchisi farzand kurgani haqidagi savolini eshitishi bilanoq, aloqani uzib quydi.

Ozodlik 13 yoshida tugib quygan uquvchi qizning oilaviy sharoiti haqida malumot ololmadi.

Uzbekistonda maktab uquvchilarining balogat yoshiga etmay homilador bulib qolish holatlari favqulodda yangilik emas.

Uzbekiston Manaviyat-targibot markazi raisi Qahramon Quranboev 2015 yilning 1 iyulida sanatkorlar bilan utkazgan tadbirda bu haqda shunday degan edi:

– 2013 yilgi malumotni aytaman. 13 ëshli 200 dan oshiq qizimiz tugib quydi. 13 ëshida 200 tadan oshiq uzbekistonlik qiz tugdi! Bu qizlar aksariyatining ë otasi ketgan ë onasi ketgan ëki ota-onasi ketgan¸ bola bu erda sarson. Mana yaqinda eshitgan bulsanglar¸ Khorazmda 12 yashar qiz uzining akasidan tugdi. Toshkent shahrida utgan yili bulgan voqea – Yunusobodda ikkita 13 yashar qizimiz uzini otasidan tugdi. Mana endi savol tugiladi – manaviyat kerakmi ë kerak emasmi?, degan edi Respublika Manaviyat-targibot markazi rahbari Qahramon Quronboev.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари