Home / Jamiyat / 30 million tulab Latviyaga ketgan mehnat muhojirlari vatanga qaytib keldi
Место рекламы

30 million tulab Latviyaga ketgan mehnat muhojirlari vatanga qaytib keldi

2019 yil 28 dekabr kuni Samarqand shahrida joylashgan «AMILEE BAHORA» khususiy bandlik agentligi tomonidan Evropa davlatiga ishga junatilganlar duch kelayotgan muammolar haqida Kun.uz saytida «Fuqarolar yana bir khususiy bandlik agentligi faoliyatidan norozi» surishtiruvi elon qilingan edi.

Maqolada, fuqarolar khorijda ishlash uchun «AMILEE BAHORA» KhBAga 25-30 mln sumga qadar pul tulagani, khorijda na vada qilingan ishga, na maoshga ega bula olmagan kupchilikni tashkil etayotgani haqida khabar qilingan edi. Umuman, ushbu bandlik agentligi bilan bogliq boshqa urganishlar natijasi ham maqolada keltirilgan edi.

11 yanvar kuni Toshkent khalqaro aeroportiga Rigadan amalga oshirilgan parvoz kelib qundi. Unda yuqoridagi khususiy bandlik agentligi tomonidan 30 mln sum evaziga katta vadalar bilan Latviyaga yuborilgan ikki uzbekistonlik qaytib keldi. Ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining amaliy kumagida vatanga qaytishga muvaffaq bulishdi. Kun.uz mukhbiri vatanga qaytgan mehnat muhojirlarining biri bilan suhbatlashdi.

«Bizlar «AMILEE BAHORA» KhBAga hujjatlarimizni topshirgandik. YOtoq joy bepul, maosh soatiga 8-9 evrodan deb vada qilishgandi. Ammo, borganimizdan keyin bularning barcha quruq gap ekaniga guvoh buldik. 3 oy ishlab qulimizga maosh olmadik. Juda pul kerak bulganida 50 evrodan berib quyishdi. Bizga qurilishda “otdelka” ishlari deyishgandi, ammo “fasad” ishlarini berib quyishdi. Yakhshi bular, degan ilinj bilan 3 oy kutdik», – deydi vatanga qaytib kelgan mehnat migranti.

Uning suzlariga kura, u bir oy Germaniyada ham bulishgan, sungra yakhshiroq ish topish umidida Polshaga ham utishgan. Biroq, bu ikki davlatda ham ularning umidi chilparchin bulgach, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishga majbur bulishgan.

U, shuningdek, khususiy bandlik agentliklari orqali khorijga ishga ketmoqchi bulganlarni ehtiyotkorlikka ham chaqirdi. Ular bilan shartnoma imzolaganda imkon darajasida 3 tomonlama shartnoma tuzishga va tulovni amalga oshirishda faqatgina bankka tulash kerakligiga etibor qaratdi.

«Men boshqa firma yuborgan odamlarni ham kurdim. Ularning ham aksariyati, masalan, 100 kishi yuborgan bulsa, 20 nafari yakhshiroq joylashib ketgan, qolgan 80 foizi qiynalib yuribdi. Shuning uchun ular bilan shartnoma qilganda ehtiyotkorroq bulishsa yakhshi buladi», – deydi suhbatdosh.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

2020-2021 uquv yiliga darslik tuplami uchun ijara tulov miqdorlari belgilandi

Darsliklar tuplami uchun ijara tulovlarini hisoblash tizimini tubdan takomillashtirish, soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари