Home / Siyosat / 2021 yilga muljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokama qilindi
Место рекламы

2021 yilga muljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokama qilindi

Bugun Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yilga muljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bagishlangan videoselektor yigilishi utkazildi.

«Koronavirus pandemiyasi kupgina rejalarga jiddiy tasir kursatdi. Lekin qabul qilingan qarorlar va uz vaqtida kurilgan choralar natijasida joriy yilgi byudjet parametlari ijrosi taminlanmoqda. Bu esa pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga 13,4 trillion sum mablag yunaltirishga imkon berdi.

Davlatimiz rahbari kelgusi yilgi byudjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini takidladi», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Yigilishda makroiqtisodiy barqarorlik va belgilangan byudjet tushumlarini tuliq taminlash chora-tadbirlari muhokama qilingan. Buning uchun 2021 yili iqtisodiyotda kamida 5,1 foiz, jumladan, sanoatda 5,8 foiz, khizmatlar va qurilishda 6,5 foizdan usishga erishish kerak buladi. Inflyasiya darajasi va byudjet defisitini prognoz kursatkichlaridan oshirmaslik ham muhim hisoblanadi.

Mutasaddilarga ushbu vazifalar buyicha topshiriqlar berilgan. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish urnini legallashtirish, 53ta idoraning malumotlar bazasini integrasiya qilish, markirovka qullanadigan mahsulotlar turini kengaytirish hisobiga byudjetga qushimcha mablaglar tushirish mumkinligi aytib utildi.

Yirik korkhonalarda ishlab chiqarishni kupaytirish ham rejalashtirilmoqda. Misol uchun, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tabiiy gazga bulgan ehtiyojini tuliq qoplash hamda hisob-kitobni tugri yulga quyish orqali aksiz soligidan qushimcha 500 milliard sum mablag tushirish imkoni mavjud. Shu bilan birga, elektr energiyasi bilan ichki bozordagi ehtiyojni uzluksiz taminlash hisobiga qushilgan qiymat soligidan qushimcha 250 milliard sum byudjetga daromad tushishi kutilmoqda.

Energetika vazirligiga shu buyicha kursatmalar berilgan. Transport vazirligiga keyingi yili qatnovlarni tiklash, yangi marshrutlarni ochish hisobiga byudjetga tushumlarni 2019 yildagi kursatkichlarga etkazish vazifasi quyilgan.

Pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan kharajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha talim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda khususiy sektor ulushini 25 foizga etkazish maqsad qilingan. Khalq talim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash buyicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard sum, jihozlashga 200 milliard sum yunaltirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, ilm-fanni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida kelgusi yili innovasion rivojlantirish va novatorlik goyalarini qullab-quvvatlash jamgarmasiga byudjetdan 2 baravar kup mablag yoki 100 milliard sum ajratiladi.

Sogliqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion sum, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion sum hamda dori-darmon kharidiga 1,8 trillion sum belgilanishi kuzda tutilgan.

Ilk bora onkogematologiyaga qariyb 90 milliard sum ajratilmoqda. Shuningdek, tamaki savdosidan olingan aksiz soligining 7 foizi Onkogematologik va davolash qiyin bulgan kasalliklarga chalingan bemorlarni soglomlashtirishga kumaklashish jamgarmasiga utkazib beriladi. Shu bilan birga, kelgusi yilda birinchi marta gemodializga muhtoj kasallarga tibbiy khizmatlar kursatish qamrovini 100 foizga etkazish uchun 130 milliard sum yunaltiriladi.

Yigilishda kambagallikni qisqartirish, tadbirkorlikni qullab-quvvatlash hamda aholi bandligini taminlash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Kambagallikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. Kelgusi yil 1 yanvardan yagona ijtimoiy reestrni barcha hududlarda ishga tushirib, ijtimoiy nafaqalar ajratish tizimini tuliq avtomatlashtirish zarurligi qayd etildi.

Tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trillion sumdan ortiq subsidiyalar berilishi muljallanmoqda. Bundan tashqari, Bandlikka kumaklashish jamgarmasi hamda Jamoat ishlari jamgarmasiga 250 milliard sumdan mablag yunaltirish rejalashtirilgan.

Yangi ish urinlari ochish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga kam taminlanganlar sonini qisqartirish zarurligi takidlandi.

Qayd etilishicha, kelgusi yili chin etim bolalarni uy-joy bilan taminlash uchun byudjetdan birinchi marta 30 milliard sum ajratilishi belgilangan. Mutasaddilarga bu borada yangi tartib va ruykhatlar ishlab chiqish topshirildi.

Byudjetni shakllantirishda mahalliy kengashlar vakolatlarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududlar uzi uchun qushimcha rezervlarni aniqlashi, ularning hisobiga joylardagi muammolarni hal qilishga urganishlari maqsadga muvofiqligi aytib utildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev byudjet kharajatlari ochiq-oshkora bulishi, vazirlik va idoralar, hududlar uning har bir sumini oqilona sarflashi kerakligini takidladi.

«Yana bir muhim masala – moliyaviy intizom va nazoratni kuchaytirish. Moliya vazirligiga tashkilotlarda ichki audit tizimini mustahkamlash, noqonuniy kharajatlar va kamomadlarga yul quymaslik buyicha kursatmalar berildi.

Bundan buyon kharajatlar tarkibi va natijadorligi davlat idoralarining rasmiy saytlarida elon qilish tartibi joriy qilinadi va bunga amal qilmagan rahbarlarga jarima qullaniladi. Buni Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengashlar nazorat qiladi», deyiladi khabarda.

Bosh vazir urinbosarlariga keyingi yil uchun markazlashgan, khorijiy va khususiy investisiya dasturlarini shakllantirish vazifasi quyildi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

PdCBR896toa1TDp0lzvilWtqqojBTYbS

Tigray qirgini: Efiopiyada yangi urush olovi. U erda nimalar bulmoqda?

Efiopiyada hukumat va ayirmachilarning «Tigray ozodlik khalq fronti» kuchlari urtasida ziddiyat avj olmoqda. Tigray provinsiyasini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари