Home / Jahon / 2021 yil 1 yanvardan identifikasiya ID-kartalari joriy etiladi — Prezident farmoni
Место рекламы

2021 yil 1 yanvardan identifikasiya ID-kartalari joriy etiladi — Prezident farmoni

Foto: IIV akhborot khizmati

Uzbekiston Respublikasi prezidentining «Uzbekiston Respublikasida identifikasiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoni imzolandi.

Farmon asosida, mavjud biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Uzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti urniga 2021 yildan boshlab identifikasiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etiladi.

Identifikasiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi malumotlar kursatilmasdan, ID-kartaning chipiga kiritiladi.

Fuqaro uz ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan uz vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yuqotib quygan taqdirda, mamuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Yangi tugilgan bolaga identifikasiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tugilishi FHDYO organi tomonidan qayd etilib, tugilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan sung ota-onasi, vasiylari (homiylari) ikhtiyoriga kura rasmiylashtiriladi.

Urnatilayotgan tartibga kura:

  • identifikasiya ID-kartalari belgilangan hujjatlar qabul qilib olingandan sung 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi;
  • identifikasiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun murojaat uzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bulgan shakhslardan kelib tushganda masul khodim tomonidan 15 kun muddatda ushbu shakhslarning yashash manziliga borgan holda identifikasiya ID-kartasi rasmiylashtiriladi va kursatilgan khizmat uchun qushimcha tulov undirilmaydi.

Farmon bilan, Uzbekiston fuqarosining identifikasiya ID-kartasi tugrisidagi va Uzbekistonda doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bulmagan shakhsning identifikasiya ID-kartasi tugrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Uzbekiston fuqarolari biometrik pasportlari hamda fuqaroligi bulmagan shakhs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikasiya ID-kartalariga almashtirish:

  • birinchi bosqichda 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha ikhtiyoriylik asosida 16 yoshga tulganda hamda qonunchilikda kuzda tutilgan boshqa sabablarga kura;
  • ikkinchi bosqichda 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Uzbekiston fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

hu_sDR8bWbT9fBlCki6-rn-eGMdDC4Qs

Pompeo Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar utkazadi

Maykl Pompeo muzokaralar 23 oktyabrda bulib utishini malum qildi. Foto: Reuters AQSh davlat kotibi Maykl …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари