Home / Texnologiyalar / 21 iyun – ilk khususiy kosmik parvoz amalga oshirilgan sana
Место рекламы

21 iyun – ilk khususiy kosmik parvoz amalga oshirilgan sana

Yaqindagina, aniqrogi, 30 may sanasida katta bir tarikhiy voqea yuz berdi. Ikhtirochi, muhandis, milliarder Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Crew Dragon kosmik kemasi ilk bora uchuvchili parvozni amalga oshirib, astronavtlarni KhKSga eltib quydi. Crew Dragon KhKS bilan avtomat rejimda muvaffaqiyatli tutashdi va bu hodisa kosmik parvozlar sohasida mutlaqo yangi erani boshlab berdi. Endilikda NASA odamlarni kosmosga eltish borasida khususiy kompaniyalar bilan rasman ish boshladi. Bu, shubhasiz, ulkan tarikhiy voqeadir.

Foto: Google Photos

Lekin, bilasizmi, qanchalik «tarikhiy», «ulkan hodisa» bulmasin, Crew Dragon va Ilon Mask bu borada hech qanaqasiga birinchi emas! Ilon Maskning mazkur muvaffaqiyatidan naq 16 yil muqaddam, aniqrogi, 2004 yilning 21 iyunida SpaceShipOne kosmik kemasi insoniyat tarikhida ilk bora khususiy orbital parvozni amalga oshirgan. Bu parvozning asosiy tasischisi va moliyalashtiruvchisi esa Ilon Mask singari «tagi baquvvat» amerikalik milliarder emas, balki eronlik ayol bulgan desam ishonasizmi? Ishonavering, bu haqiqatan ham shunday!

SpaceShipOne kosmik parvoz loyihasini asosiy moliyalashtiruvchisi va titul homiysi 1966 yilda Mashhad shahrida tugilgan Anusha Ansoriy ismli ayol bulgan. Albatta, eronlik bu ayol usha  paytda allaqachon Amerikada yashab, urnashgan, katta biznes egasiga aylanib bulgan edi. Qolaversa, adolat yuzasidan aytish joizki, loyihada undan tashqari yana boshqa puldorlar ham hissa qushishgan.

Lekin nima bulganda ham, tarikhda ilk khususiy kosmik parvozga eng katta pul tikkan shakhs – aynan Ansoriy buladi va shu sababli ham ilk khususiy kosmik parvozni amalga oshirish loyihasining moliyaviy qismini «Ansoriy Kh mukofoti» (Ansari X prize) deb nomlangan. Unga kura, khususiy kompaniya uzi yasagan, kup marta foydalansa buladigan uchuvchili kosmik kemada ikki hafta ichida ikki marotaba suborbital kosmik parvozni amalga oshirishi kerak edi (Karman chizigidan tepaga chiqishi kerak bulgan). Yutuqqa oz emas, kup emas – 10 million dollar quyilgan. Bundan maqsad kosmik turizmni rivojlantirish va kosmik parvozlar faqat davlat ahamiyatidagi ish emasligi, khususiy kompaniyalar ham bunday parvozlarni amalga oshira olishini kursatib berish edi.

Ansoriy mukofotini 1982 yilda tashkil qilingan Scaled Composites LLC firmasi yutib olgan. Ushbu kompaniya mutakhassislaridan iborat «Tier One» guruhi loyihalagan va yasagan SpaceShipOne kosmik kemasi ilk bora 2003 yilning 29 iyulida 14 km balandlikka parvoz qilish bilan suborbital parvozlarga tayyorlana boshlagan. Konstruksiyaga kura, atmosferaning yuqori qatlamlarigacha SpaceShipOne kosmik kemasini boshqa bir samolyot – WK (White Kinght) «elkasida kutarib» eltib quygan. Shuningdek, muhandislar ushbu kosmik kema uchun avvallari qullanilmagan uziga khos yangiliklar, mutlaqo yangi tekhnik echimlarni uylab topgan. Masalan, SpaceShipOne polibutadien va azot oksidi (N2O) gazlarida ishlovchi gibrid dvigatel bilan jihozlangan.

SpaceShipOne kemasini 14 km balandlikkacha yuqorida aytilganidek, WK samolyoti kutarib chiqqan. Rejaga kura, usha balandlikda kosmik kema va WK uzaro ajralgan hamda SpaceShipOne’ning reaktiv dvigatellari ishga tushirilishi kerak bulgan. Natijada, kosmik kema vertikal holatga kelib, takhminan 3 500 metr taqsim sekund tezlanish bilan yana 50 km yuqoriga uchib chiqishi kuzda tutilgan.

«Karman chizigi»gacha bulgan keyingi 36 km masofani esa SpaceShipOne uz inersiyasi evaziga bosib utishi kerak bulgan. Eslatib utamiz, «Karman chizigi» bu – Er atmosferasi va koinot urtasidagi chegarani anglatuvchi shartli balandlik masofasi bulib, khalqaro kelishuvlarga kura, dengiz sathidan 100 km yuqoridagi balandlik Er va koinot chegarasi hisoblanadi va aynan shu chegarani «Karman chizigi» deyiladi. Kimki, ushbu balandlikdan nariga uchib chiqa olsa, koinotga parvoz qilgan hisoblanadi.

Muhandislar va uchuvchilar barcha zaruriy tayyorgarlikni va sinovlarni amalga oshirib, 2004 yilning 21 iyun sanasida ilk bora uz kosmik kemalarini haqiqiy kosmik parvozga olib chiqishdi. Uchuvchi Mayk Melvill boshqaruvidagi SpaceShipOne shu kuni Toshkent vaqti bilan takhminan 20:00 da startga chiqib, 51 daqiqadan sung usha 100 kilometr balandlik marrasini kesib utdi. U deyarli 103 km balandlikka uchib bordi va takhminan uch daqiqa mobaynida koinotda parvoz qildi. Keyin esa qayta atmosferaga kirib, 17 km balandlikkacha «shungish» rejimida tushib keldi. Ushbu balandlikda kosmik kema endi oddiy samolyot singari qanotlar kuchidan foydalangan holda odatiy parvoz qila boshlab, aerodromga qaytib qungan.

Albatta, bu Ansoriy mukofotini qulga kiritish uchun dastlabki urinish, tabir joiz bulsa, sinov testi bulgan. Keyinchalik, aniqrogi, 2004 yilning 29 sentyabr va 4 oktyabr sanalarida SpaceShipOne yana ikki bora shunday kosmik parvozlarni amalga oshirishni uddaladi. Hatto 4 oktyabrdagi parvozda uchuvchi Brayan Binni SpaceShipOne’ni 112 km balandlikkacha olib chiqa oldi. Parvozlarning hammasi tuliq shtat rejimida, mukammal aniqlikda amalga oshgan. Biror bir kutilmagan voqealar bulmagan. Bu orqali muhandislar Ansoriy mukofotini qulga kiritish bilan birga, ungacha 41 yil mobaynida amalda turgan suborbital parvoz balandlik rekordini ham yangilashgan.

Shu tariqa, SpaceShipOne va uning uchuvchilar jamoasi haqli ravishda insoniyat tarikhidagi ilk khususiy kosmik parvozni amalga oshirgan qahramonlar sifatida qayd etiladi!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

DYJtDQ9-O0fk5TFjNTQDvc4WfHxnEPOi

Gruziya Rossiyani prezident saytiga kiberhujum sodir etishda aybladi

Gruziya tashqi ishlar vazirligi Rossiyani 2019 yilda Gruziya prezidenti va OAVlari saytlariga sodir etilgan kiberhujumlarga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари